Dizontogenez


G.L. Rozengrad-Pupko bolada nutq rivojlanishini ikki davrga ajratadi


Download 5.3 Mb.
bet5/6
Sana22.11.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1793691
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-MARUZA

G.L. Rozengrad-Pupko bolada nutq rivojlanishini ikki davrga ajratadi:


A.N. Leontyev bola nutqining shakllanishini 4 davrga bо‘lib kо‘rsatadi;
Tayyorgarlik davri
1 yoshgacha
Bog’chagacha davr 3 yoshgacha
Maktabgacha davr 7 yoshgacha
Maktab davri
Birinchi davr-tayyorgarlik davri (bola tug‘ilgandan bir yoshgacha).
Birinchi,ikki hafta о‘tgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga e’tibor bera boshlaydi. Unga gapirayotganda quloq soladi, yig‘lashdan tо‘xtaydi. Bir oyligining oxiriga borib, uni mayin qо‘shiq (alla) ostida tinchlantirish mumkin bо‘lib qoladi. Keyinchalik u boshini gapirayotgan odam tomonga buradi yoki uni kо‘zlari bilan kuzatadi. Tez kundv bola intonatsiyaga e’tibor bera boshlaydi: mayin gapirganda tinchlanadi, keskin intonatsiyaga-yig‘laydi. 2 oylik atrofida gu-gulash, 3-oyning boshida bug‘inlarning talaffuzi paydo bо‘ladi (aga-aga, ta-ta, ba-ba va boshqalar). bola hayotining 4 chi oyi chug‘urlash davrining boshlanishi bо‘lib sanaladi.
Ikkinchi davr-bog‘chagacha bо‘lgan davr (bir yoshdan 3 yoshgacha)
Bolada birinchi sо‘zlar paydo bо‘lgandan sо‘ng, tayyorlov davri tugab, aktiv nutqni egallash davri boshlanadi. Bu vaqtda bola atrofdagilar artikulyatsiyasiga e’tibor beradi. U gapirayotganlar orqasidan sо‘zlarni kо‘p marotaba takrorlaydi va о‘zi ham sо‘zlarni talaffuz qiladi. Talaffuz vaqtida bola ba’zi tovushlarni notо‘g‘ri talqin etadi, о‘rnini almashtiradi yoki о‘z nutqida qо‘llamaydi. Bu vaqtda bola bir sо‘z yoki tovushlar birikmasi bilan predmetni ham, iltimosni ham, his-tuyg‘uni ham ifodalashi mumkin. Bola hayotining 2-3 yiliga kelib, uning lug‘at boyligi sezilarli darajada boyib boradi.
bolalarning lug‘at boyligini bog‘chagacha bо‘lgan davrda о‘sishi qо‘yidagi raqamlarni kо‘rsatadi:
1 yosh-u 6 oyda—10 - 15 ta suz, 2-yilning oxiriga kelib — 300 ta suz, 3 yoshga borganda- 1000 ta suz.
Bola hayotining 3-yiliga kelib, nutqning grammatik to-moni shakllana boshlaydi. Avval bola о‘z xohish va iltimoslarini bir sо‘z bilan ifodalaydi. Keyinchalik 1—2 ta suzdan iborat sodda jumlalar paydo bula boshlaydi.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling