Дорожный инжинерия


Bo’ylama profilni taxt qilish


Download 97.86 Kb.
bet5/9
Sana23.11.2023
Hajmi97.86 Kb.
#1795924
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Дорожный инжинерия-fayllar.org

Bo’ylama profilni taxt qilish
I.Bo’ylama profilda qizil ruchka bilan quyidagilar ko’rsatiladi:
1) trassa o’qi (1-14 grafalarda), ishchi belgilar , loyiha chizig’i vertikal egrilar va bu egrilarga tegishli yozuvlar, sun’iy yo’l chetidagi ariqlar tubining loyiha belgilari va ularning nishabliklar boshi va oxiri, yo’l poyining qabul qilingan ko’ndalang kesimlari turi;
2) kesimlardagi qolgan barcha belgilar qora ruchka bilan yoziladi.
II AD markali asosiy komplekt chizmalaridagi ГОСT 2.303-68 da ko’rsatilgan chiziqlar bilan chiziladi;
1.Yo’lni avtomobil yuradigan qismi, ko’ndalang qismi kesimning konturlari sidirg’a qalin ciziq bilan ko’rsatiladi; bo’ylama profillarda:, loyiha chizig’i loyiha chizig’ning singan nuqtalaridan o’tkazilgan ordinata chiziqlari, rejadagi to’g’ri va egrilar yo’lning yoyilma rejasi;
- ko’ndalang kesimlarda loyiha chiziqlari sinish nuqtalaridan o’tkazilgan ordinatalar chiziqlari 1 va 14 grafalardagi loyiha chizig’i va trassa chizig’i qalinligi 0,4-0,6 mm li qilib chiziladi;
2. Quyidagilar sidirg’a ingichka chiziq bilan ko’rsatiladi: bo’ylama va ko’ndalang kesimlarda yerning haqiqiy yuzasini bildiruvchi chiziq, uning sinish nuqtalaridan o’tkazilgan ordinatalar chiziqlari, tuproq qatlamining to’shami.
3. Quyidagilar “shtrix” chiziqlar bilan tasvirlanadi ko’ndalang kesimda o’simlik o’sgan tuproqning qirqib olinadigan qatlami, o’yilgan joy sirti.
Chizmada va bo’ylama profil grafalarida raqamlar balandligi 3 mm qilib yoziladi
Yo’l poyining ko’ndalang kesimini loyihalash
Yo’lning namunaviy ko’ndalang kesimlari trassaning o’ziga xos bo’lgan uchastkalari uchun muayyan piketlarga bog’lab tuziladi.
Masalan baland ko’tarilgan yo’l poyi , chuqur o’yma, shuningdek qiya adirlar. Yo’l poyini loyihalashda yo’l toifasi, yo’l qoplamasining turi, ko’tarma balandligi va o’yma chuqurligi, tuproq hossalari, shuningdek injener- geologik sharoitlarning o’ziga xos hususiyatlarini hisobga olinadi.
Yo’l chetidagi ariqlar va rezervlarning o’lchamlari mahalliy sharoitlarga (sizot suvlar sathi, tuproq hossalari , yo’l uchun ajratilgan kengligi va hakazolarga) qarab belgilanadi.
Yo’l poyining konstruktsiyasi yo’l mintaqa toifasiga, yo’l qoplamasining turiga, mahalliy tabiiy sharoitlarga qarab, hudud yo’l iqlim mintaqalariga va joylar turiga bo’linishini, yer yuzasidagi suvlarni oqib ketish hususiyatlarini va joyning namlanish toifasini hisobga olib qabul qilinadi.
Yo’l- iqlim mintaqalari chegaralarida yo’l qoplamasi sirtining eng kam ko’tarilishi, metr hisobida {7} ga keltirilgan
10- rasm. Yo’ poyining ko’ndalang kesimi namunasi. Rasmdagi jumlalar;1- unumdor qatlamga o’t ekish; 2-yo’lga ajratilgan joy chegarasi; 3- unumdor qatlamni qirqish, 4- yo’lga ajratilgan joy chegarasi; 5- unumdor qatlamga o’t ekish; 6- yo’lga ajratilgan joy chegarasi .
7- unumdor qatlamni qirqish.



Download 97.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling