Дунё минтақаларида демографик ўтиш даврининг хусусиятлари


Janubiy osiyoning tabiy resurslari va uning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri


Download 0.92 Mb.
bet24/57
Sana23.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1386472
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57
Bog'liq
Ziyotova Gulhayo

14 Janubiy osiyoning tabiy resurslari va uning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri.
Janubiy Osiyo - Osiyo qitʼasi dagi tabiiy mintaqa. Unga Hindiston va Hindixitoy yarim orollari, Himolay togʻlari, Hind-Gang tekisligi, Malay arxipelagi, shuningdek, Hind okeanining sharqiy qismidagi vulkan va marjon orollari kiradi. Maydoni 4.5mln. km². Janubiy Osiyoning geologik tuzilishi va relyefi har xil. Butun oʻlka iqlimi musson sirkulyasiyasi taʼsirida. Tropik, subekvatorial, ekvatorial iklim va landshaft tiplari mavjud. Gʻarbiy qismi choʻllardan iborat. Hayvonot dunyosi asosan Hindiston Malay fauna oblastiga kiradi. Janubiy Osiyoda (asosan tekislikqismida) tropik ekinlar va sholi yetishtirish yetakchi oʻrinda. Janubiy Osiyo hududida Bangladesh, Butan, Nepal, Hindiston, Maldiv, Pokiston, Shri Lanka davlatlari joylashgan. Baʼzan Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarini ham Janubiy Osiyo tarkibiga kiritadilar.
Janubiy Osiyo Yevrosiyoning janubida joylashgan. U tabiiy sharoiti bir-biridan tubdan farq qiladigan eng baland Himolay tog‘ tizmalarini, yassitog‘likdan tashkil topgan Hindision yarimorolini va allyuvial yotqiziq lardan hosil bo‘lgan Hind-Gang pasttekisligini o‘z ichiga oladi. Quyida ularga umumiy tabiiy-geografik tavsif beramiz.
Himolay «qorlar makoni» demakdir. U Tibet tog‘ligi va Hind-Gang pasttekisligi oralig‘ida joylashgan bo‘lib, uzunligi 2400 km ga va eni 200-300 km ga cho‘ziladi. O‘rtacha balandligi 6000 m. Bu tog‘ tizmasida har biri 8000 m dan baland 11 ta cho‘qqi bor. Eng balandi Jomolungma cho‘qqisi - 8848 m. Himolay tog‘lari Alp burmalanishida shakllangan bo‘lib, yosh tog‘lar tizimiga kiradi.Alp-Himolay geosinklinal mintaqasi shu hududdan o‘tadi. Bu mintaqa o‘ta faol bo‘lib, unda kuchli zilzilalar bo‘lib turadi. Himolay tog‘larining iqlimi tropik (g‘arbiy bo‘lagi) va subekvatorial (sharqiy bo‘lagi) iqlim mintaqalariga xos. Musson shamollarining ta'siri juda kuchli. Bu holat Himolay tog‘lari tabiatining juda xilma-xilligiga sabab bo‘lgan. Bu yerda tog‘ etaklariga xos bo‘lgan botqoqlangan terayalardan tortib, tog‘ yonbag‘irlaridagi doimiy yashil o‘rmonlarni, butazor va baland tog‘ o‘tloqlarini hamda doimiy qorlar va muzliklarni ko‘ramiz. Himolay tog‘larida Himolay ayig‘i, tog‘ qo‘yi, yovvoyi yaklar va turli kemiruvchi hayvonlar yashaydi.
Janubiy Osiyo davlatlari. Janubiy Osiyo subregionining umumiy maydoni 4,5 mln km.kv.ni tashkil etadi. Mintaqada 2 mlrdga yaqin aholi istiqomat qiladi. Mazkur subregion tarkibiga Hindiston yarimoroli, Hind-Gang tekisligi, Shri-Lanka, Maldiv, Andaman, Nikobar hamda Lakkadiv orollari kiradi. Uning hududida 7 ta davlat joylashgan. Mintaqa davlatlari orasida bitta monarxiya davlat tuzumiga ega bo‘lgan Butan Qirolligi bilan 6 ta respublika mavjud. Ma’muriy-hududiy tuzilishiga ko‘ra esa Hindiston va Pokiston federativ, qolganlari unitar davlatlar hisoblanadi.
Janubiy Osiyoning dunyo miqyosida tutgan o‘rni quyidagicha: bu subregion Yer shari quruqlik maydoning 3,1 % ni egallaydi; dunyo aholisining 25,4 % ushbu mintaqa aholisidan tarkib topadi; dunyo bo‘yicha YMM ning 9 % dan ortig‘i shu subregion hissasiga to‘g‘ri keladi.
Dunyo okeaniga bevosita chiqish imkoniyatining mavjudligi, Hind okeani havzasi qirg‘oqbo‘yi hududlarining markazida joylashganligi, uning hududida qadimiy tarixiy markazlarning mavjudligi, mintaqa geografik o‘rnining o‘ziga xos jihatlari hisoblanadi.
Janubiy Osiyo iqtisodiyotida rivojlanish darajasiga ko‘ra, Osiyoning boshqa subregionlariga nisbatan past ko‘rsatkichlar qayd etadi. Butan va Nepal agrar, Maldiv agrar-industrial, Bangladesh, Pokiston, Hindiston hamda Shri-Lanka industrial-agrar davlatlar hisoblanadi. Janubiy Osiyo davlatlari jahon iqtisodiyotida asosan konchilik (Hindiston, Nepal, Butan), qora va rangli metallurgiya (Pokiston, Hindiston, Shri-Lanka), kimyo (Hindiston, Pokiston), yengil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlari (barcha davlatlarda) rivojlanganligi bilan ajralib turadi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda dehqonchilik sohasi ustun hisoblanadi. Janubiy Osiyo jahondagi donli ekinlar (ayniqsa, sholi) yetishtiruvchi yirik mintaqa sifatida tanilgan. Bundan tashqari, bu yerda jut (Hindiston, Bangladesh), tabiiy kauchuk, kokos (Shri-Lanka), shakarqamish, paxta, yeryong‘oq ham yetishtiriladi. Hindiston va Shri-Lanka jahon choy hosilining 40% ni yetishtirib, uning eksporti bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Shuningdek, subregion turli xil ziravorlar yetishtirish bo‘yicha ham jahonda peshqadamlik qiladi. Chorvachilikda qoramolchilik, qo‘y va echkichilik, baliqchilik kabi tarmoqlari rivojlangan. Shu bilan birga, mintaqa davlatlarida xizmat ko‘rsatish tarmoqlaridan turizm, tibbiyot, transport xizmatlar ko‘rsatish katta o‘rniga ega.
Mazkur mintaqaga musson tipli iqlim xos bo‘lib, yil davomida ob-havoning keskin o‘zgarishi bilan ajralib turadi. Bu yerda aniq ifodalangan ikki iqlimiy mavsum (nam yoz va quruq qish mavsumlari) ajratiladi. Mintaqa iqtisodiyoti rivojlanishida tabiiy resurslar, ayniqsa, mineral resurslar katta ahamiyatga ega. Bu yerda yoqilg‘i-energetika resurslaridan boshlab (ko‘mir, tabiiy gaz, tarkibida radioaktiv toriy mavjud bo‘lgan monatsitli qumlar) qimmatbaho metall hamda toshlar mavjud (oltin, zumrad, olmos). Subregion jahonda qora metall rudalar (temir, marganes, xrom) zaxirasiga ko‘ra ajralib turadi. So‘nggi yillarda mintaqaning dengiz shelf zonasida neft va gaz qazib olish rivojlanmoqda.
Suv resurslari bilan nisbatan yaxshi ta’minlangan. Hind, Gang, Brahmaputra eng yirik daryolari hisoblanadi. Subregionda yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan allyuvial tuproqlar, qora tuproq xususiyatli gilli tuproq lar – regurlar keng tarqalgan. Janubiy Osiyoning barcha davlatlarida milliy, diniy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot omillari bilan bog‘liq holda, aholining tabiiy o‘sish sur’atlari yuqori. Janubiy Osiyo faqatgina er maydonining 3,4 foizini egallagan bo'lsa-da, mintaqa dunyo aholisining qariyb 24 foizini (1,749 milliard) tashkil etadi va bu er yuzida eng zich joylashgan joy hisoblanadi. Janubiy Osiyodagi sakkiz mamlakatni bir joyga to'plash umumiy nishon ostida deyarli adolatsiz ko'rinadi; mintaqaning madaniy xilma-xilligi hayratlanarli.
Misol uchun, Hindistonning eng yirik hindlari bo'lgan Janubiy Osiyoda (Hindistonning kattaligi hisobga olinmaganligi ajablanarli emas), bu dunyodagi eng katta musulmon aholisi ham bor.
Janubiy Osiyo vaqti-vaqti bilan Janubi-Sharqiy Osiyodagi xato bilan aralashtiriladi, biroq ularning ikkitasi Osiyo hududida joylashgan. Janubiy Osiyodagi davlatlar. Hind yarim qit'asidan tashqarida Janubiy Osiyoni aniqlash uchun qattiq geologik chegaralar mavjud emas. Ba'zida fikrlarning xilma-xilligi mavjud, chunki madaniy chegaralar har doim siyosiy chegaralar bilan ishlamaydi. Tibet Xitoyni muxtor mintaqa deb hisoblaydi, odatda Janubiy Osiyo hududi hisoblanadi.
Janubiy Osiyo - Osiyo qitʼasi dagi tabiiy mintaqa. Unga Hindiston va Hindixitoy yarim orollari, Himolay togʻlari, Hind-Gang tekisligi, Malay arxipelagi, shuningdek, Hind okeanining sharqiy qismidagi vulkan va marjon orollari kiradi. Maydoni 4.5mln. km². Janubiy Osiyoning geologik tuzilishi va relyefi har xil. Butun oʻlka iqlimi musson sirkulyasiyasi taʼsirida. Tropik, subekvatorial, ekvatorial ikdim va landshaft tiplari mavjud. Gʻarbiy qismi choʻllardan iborat. Hayvonot dunyosi asosan HindistonMalay fauna oblastiga kiradi. Janubiy Osiyoda (asosan tekislikqismida) tropik ekinlar va sholi yetishtirish yetakchi oʻrinda. Janubiy Osiyo hududida Bangladesh, Butan, Nepal, Hindiston, Maldiv, Pokiston, Shri Lanka davlatlari joylashgan. Baʼzan Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarini ham Janubiy Osiyo tarkibiga kiritadilar.
Etnik umummilliyliklar Kishilarning qadim zamonlarda vujudga kelgan umumiyliklari etnik birliklardir. Kishilarning eng qadimiy etnik – birligi – urug’ kategoriyasidir. Bu kategoriya asosan ibtidoiy jamoa tuzimida vujudga kelib odamlarning qon qardonligiga asoslangan edi. Hozirgi davrda faqat Osiyo, Afrika va Amerikada urug’chilik uchraydi. Odamlar etnik birligining ikkinchi yuqoriroq bosqichi – qabiladir. Urug’larning qabilalarga aralashuvi ham kishilarning ibtidoiy jamoa tuzimiga xos umumiyligidir. Dastlabki qabilalarni bir necha urug’ birlashtirar, ular o’zaro dual ekzogamiya asosida bog’langan bo’lar edilar. Urug’ va qabilalar kategoriyalaridan keyin elat kategoriyalari vujudga kelgan. Elat – urug’ va qabila birliklariga nisbatan yuqoriroq bosqichdir. Janubiy Osiyo iqtisodiyotida rivojlanish darajasiga ko‘ra, Osiyoning boshqa subregionlariga nisbatan past ko‘rsatkichlar qayd etadi. Butan va Nepal agrar, Maldiv agrar-industrial, Bangladesh, Pokiston, Hindiston hamda Shri-Lanka industrial-agrar davlatlar hisoblanadi. Janubiy Osiyo davlatlari jahon iqtisodiyotida asosan konchilik (Hindiston, Nepal, Butan), qora va rangli metallurgiya (Pokiston, Hindiston, Shri-Lanka), kimyo (Hindiston, Pokiston), yengil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlari (barcha davlatlarda) rivojlanganligi bilan ajralib turadi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda dehqonchilik sohasi ustun hisoblanadi. Janubiy Osiyo jahondagi donli ekinlar (ayniqsa, sholi) yetishtiruvchi yirik mintaqa sifatida tanilgan. Bundan tashqari, bu yerda jut (Hindiston, Bangladesh), tabiiy kauchuk, kokos (Shri-Lanka), shakarqamish, paxta, yeryong‘oq ham yetishtiriladi. Hindiston va Shri-Lanka jahon choy hosilining 40% ni yetishtirib, uning eksporti bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Shuningdek, subregion turli xil ziravorlar yetishtirish bo‘yicha ham jahonda peshqadamlik qiladi. Chorvachilikda qoramolchilik, qo‘y va echkichilik, baliqchilik kabi tarmoqlari rivojlangan.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling