Dusattor o‘g‘lining (bitiruvchining F. I. Sh.) Bitiruv malakaviy ishi
Granulalangan sorbsion materialni termik faollashtirish
Download 442.91 Kb.
|
701-19 KT guruhi talabasi Ibodullayevtay
Granulalangan sorbsion materialni termik faollashtirish
Granula holiga keltirilgan yarim mahsulot termik faollashtirilgandan keyin tayyor sorbentga aylanadi. Kuydirish jarayonida granulalar zichlashadi va mustahkamligi oshadi, bu esa ularning hizmat qilish muddatini uzaytiradi. Termik faollashtirish jarayonida xarorat, qizdirish vaqti kabi parametrlar oxirgi mahsulotning xususiyatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Glaukonit granulalarini termik faollashtirish SNOL-1.6/1100 markali mufel pechida olib borildi. 2.4 bo‘limda keltirilgan glaukonitning termik taxlilidan ko‘rinib turibdiki, 150-2000S da hosil bo‘lgan endoeffektlar adsorbsion suvlarning yo‘qotilishini ko‘rsatadi. Shuning uchun kuydirishni 500-7000S oralig‘ida olib bordik, bunda sorbsion mineralning kristall strukturasida yo‘naltirilgan o‘zgarishlar ketadi, ya’ni tartibliligi yaxshilanadi, natijada sorbsion materialning mustahkamligi ortadi. 2.7-jadvalda glaukonit granulalarining maydalanishi, yemirilishi kabi mexanik ko‘rsatkichlari bo‘yicha kuydirishning optimal texnologik parametrlarini aniqlash natijalari keltirilgan. 2.7-jadval Glaukonit granulalari mexanik ko‘rsatkichlarining termik qayta ishlash sharoitlariga bog‘liqligi
2.7-jadvalda keltirilgan natijalar shuni ko‘rsatadiki, 6500S xaroratda 1,0 soat kuydirilgan glaukonit granulalari namunalari mexanik mustaxkamligi jihatidan o‘rnatilgan talablarga javob beradi va ularni suv tozalash uskunalarida sorbent yuklanadigan filtrlarda qo‘llash mumkin. Kuydirishni 1,0soatdan oshirish granulalarning mustahkamligini aytarli darajada oshirmaydi, faqat energiya sarfining oshishiga olib keladi. Shunday qilib, granulalangan glaukonitni termik faollashtirishning optimal xarorati 6500S, kuydirish vaqi esa 1,0 soatni tashkil qildi. Quyida keltirilgan 2.8-jadvalda granulalarning yemirilish darajasining kuydirish parametrlariga bog‘liqligi keltirilgan bo‘lib, kuydirish vaqti muddati 1,0 soat optimal deb topilgan. 2.8-jadval Granulalarning yemirilish darajasining kuydirish parametrlariga bog‘liqligi.
Granulalangan glaukonitdan iborat sorbsion materialni kimyoviy modifikasiyalash Ma’lumki, minerallardan iborat granula holdagi filtrlovchi materiallarnining adsorbsion xususiyatlarini oshirish uchun ularni kimyoviy reagentlar bilan modifikasiya qilinadi. Odatda qatlamli alyumosilikatlarni kimyoviy qayta ishlash uchun kislotalar, ishqorlar, tuzlar kabi reagentlar qo‘llaniladi. Sorbsion materiallarni kimyoviy qayta ishlash qatlamlar orasidagi masofaning ortishiga, kationlar ajralib chiqishining yaxshilanishiga, solishtirma yuzaning ortishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida adsorbsion hajmning ortishiga olib keladi. Adabiyotlardan ma’lumki, tabiiy minerallarni kislota yordamida modifikasiya qilinganda alyumosilikatlar strukturasiga samarali ta’sir qiladi va sorbsion minerallarning kristall panjaralarida defektlar hosil qilib, faolligini oshiradi. Bundan tashqari kislotali faollantirilganda mineral strukturasida anchagina o‘zgarishlar kuzatiladi. Alyumosilikat minerallarini kislotalar yordamida qayta ishlanganda undagi ishqoriy va ishqoriy yer metallari, alyuminiy, temir siqib chiqariladi va ularning o‘rniga vodorod kationlari joylashadi, natijada mineralning solishtirma yuzasi faollashtirishdan oldingiga qaraganda deyarli 2 marta ortadi. Modifikasiyalash jarayoni faollashtirish jarayonidan farq qilib, bunda dastlabki materialning strukturasi o‘zgarmaydi, jarayon organik moddalar va tuzlar ishtirokida olib boriladi. Ma’lumki, kislota va tuzlar yordamida modifikasiyalash jarayonlaridan birgalikda foydalanish ko‘p hollarda maqsadga muvofiq bo‘ladi. Muallif tomonidan montmorillonitni ketma-ket, avval kislota bilan, so‘ng tuz yordamida qayta ishlab, og‘ir metallarni samarali tozalaydigan sorbsion material olingan. Biz olib borgan izlanishlarmizda granulalangan glaukonitimizni, 20 % li xlorid kislota bilan, so‘ngra 10 % li NaCl eritmasi bilan qayta ishladik. Buning uchun oldindan termik faollantirilgan granulalangan namunalar kislota eritmasiga 2 soat, tuz eritmasiga 1 soat joylashtiriladi. Sorbsion materialimizni modifikasiyalash uchun adsorbent:eritma 1:40 nisbatda olib borildi. (2.4-rasm). Bunda quyidagi namunalar olindi: 1. Boyitilgan granulalangan glaukonit BG; 2. Boyitilib, termik faollantirilib, granulalangan glaukonit BFG; 3. Boyitilib, modifikasiya qilinib, granulalangan glaukonit BMG. 2.4-rasm. Tabiiy mineral rudadan modifikasiyalangan glaukonit olishning prinsipial texnologik sxemasi III.BOB. IQTISODIY QISM3.1. Modifikasiyalangan glaukonit yordamida sanoat texnik suvlarini yumshatib, qo‘llashdan keladigan iqtisodiy hisobi Yildan yilga iqlim o‘zgarishi tufayli, shuningdek antropogen ta’sirlar natijasida ichimlik suvining kamayib borishi kuzatilmoqda, bu muammo yil sayin dolzarb bo‘lib boraveradi, shuning uchun mavjud ichimlik suvidan oqilona foydalanish hozirgi davrning asosiy talabi bo‘lib qolmoqda. korxonada oyiga 5000 m3 suv ishlatiladi, quduq qazib tortib olinadigan suvning tarkibida turli karbonat birikmalar ko‘p bo‘lib, qattiqligi 11 mg-ekv/l ga teng bu suvni texnologik jarayonlarga va uskunalarni sovutishda qo‘llash bir qancha noqulayliklar keltirib chiqaradi, xususan sovutish uskunalariga doimiy qo‘llanilganda issiqlik almashinish quvurlari quyqa bilan qoplanib qoladi va ularning ish samaradorligi pasayib ketadi. Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasida va uskunalarni sovutishda texnik suvni avval qayta ishlab, keyin qo‘llanilsa, katta ijtimoiy samaradorlikka, ya’ni borgan sari tanqis bo‘lib borayotgan ichimlik suvini tejashga va ma’lum miqdorda iqtisodiy samaradorlikka olib keladi (jadval.3.1). Har oyda 5000 m3 texnik suvni yumshatish uchun harajatlar 2000000 so‘mni tashkil etadi. Bunda qo‘llaniladigan suvning tannarxi 400 so‘m/m3 dan iborat. Agar yiliga 60000 m3 ichimlik suvi ishlatiladigan bo‘lsa, suv uchun 180 000 000 so‘m harajat qiladi, tozalangan suvning tannarxi 60000x400=24 000 000 so‘mni tashkil etadi. 3.1-jadval Korxonada har oyda 5000 m3 suv ishlatilsa, yaratilgan texnologiyani ishlab chiqarish jarayonida qo‘llashdan kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradorlik
Download 442.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling