Dusattor o‘g‘lining (bitiruvchining F. I. Sh.) Bitiruv malakaviy ishi


-jadval Ichimlik suvi namunasining tahlili


Download 442.91 Kb.
bet7/11
Sana18.06.2023
Hajmi442.91 Kb.
#1597860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
701-19 KT guruhi talabasi Ibodullayevtay

2.2.-jadval

Ichimlik suvi namunasining tahlili



t/r

Ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi Miqdori Davlat standarti

O‘lchov birligi Miqdori Davlat standarti

O‘lchov birligi Miqdori Davlat standarti

1

Xidi

- yo‘q -

- yo‘q -

- yo‘q -

2

Ta’mi

- yo‘q -

- yo‘q -

- yo‘q -

3

Loyqaligi

- yo‘q -

- yo‘q -

- yo‘q -

4

Cho‘kma

- yo‘q -

- yo‘q -

- yo‘q -

5

PH

- 7,0 -

- 7,0 -

- 7,0 -

6

Erkin xlor

mg/l 0 GOST 18190-72

mg/l 0 GOST 18190-72

mg/l 0 GOST 18190-72

7

Bog‘langan xlor

mg/l 0 GOST 18190-72

mg/l 0 GOST 18190-72

mg/l 0 GOST 18190-72

8

Azot

mg/l 0 GOST 4151-72

mg/l 0 GOST 4151-72

mg/l 0 GOST 4151-72

9

Umumiy qattiqligi

mg.ekv/l 3.5 GOST 4192-82

mg.ekv/l 3.5 GOST 4192-82

mg.ekv/l 3.5 GOST 4192-82

10

Quruq qoldiq

mg/l 87.0 GOST 18164-72

mg/l 87.0 GOST 18164-72

mg/l 87.0 GOST 18164-72

11

Sulfatlar

mg/l 0 GOST 4389-72

mg/l 0 GOST 4389-72

mg/l 0 GOST 4389-72

12

Mis

mg/l 0 GOST 4011-72

mg/l 0 GOST 4011-72

mg/l 0 GOST 4011-72

13

Rux

mg/l 0 GOST 18293-72

mg/l 0 GOST 18293-72

mg/l 0 GOST 18293-72

14

Molibden

mg/l 0 GOST 18308-72

mg/l 0 GOST 18308-72

mg/l 0 GOST 18308-72

15

Mishyak

mg/l 0 GOST 4152-89

mg/l 0 GOST 4152-89

mg/l 0 GOST 4152-89

16

Qo‘rg‘oshin

mg/l 0 GOST 18293-72

mg/l 0 GOST 18293-72

mg/l 0 GOST 18293-72

17

Xloridlar

mg/l 2.3 GOST 4386-89

mg/l 2.3 GOST 4386-89

mg/l 2.3 GOST 4386-89

18

Formaldegid

mg/l 0 GOST 22648-77

mg/l 0 GOST 22648-77

mg/l 0 GOST 22648-77

2.1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, quduqdan olingan texnik suv nisbatan toza, lekin qattiqligi 10,75-11,0 mg.ekv/l ni tashkil etadi, quruq qoldiq esa 240 mg/l bo‘lib, bu yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi va ularni sovutish uskunalarida qo‘llash ularning quyqa bilan tez qoplanishiga, issiqliq o‘tkazish darajasining pasayib ketishiga va ularning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. 2.2.2-jadvalda olingan natijalar esa korxona xududidagi ichimlik suvi o‘rnatilgan talablarga javob berishini qo‘rsatdi, uning umumiy qattiqligi 3.5 mg/ekv.l ni tashkil etib, quruq qoldiq miqdori 87 mg/l ga teng va og‘ir metallar deyarli uchramaydi. 2.2.3-jadvalda esa “Polimer plast” MCHJ texnik suvining tarkibi keltirilgan bulib, qattiqligi 11 mg ekv/l, rN=6.5, xloridlar 2.1 mg/l va ba’zi organik birikmalar borligi aniqlandi.


2.3. Glaukonitli sorbsion materiallar namunalarining xarakteristikalarini aniqlash


Respublikamizning turli konlari glaukonitlarining fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq qilish uchun Parkent (Changi koni), Buxoro, Qoraqalpoq (Qirontau) konlaridan glaukonit namunalari olib kelindi va ularning fizik kimyoviy xossalari o‘rganilib, bir-biri bilan taqqoslandi. Bu konlarning zahirasi yetarli miqdorda bo‘lib, sanoat miqiyosida o‘zlashtirish imkoni mavjud.
Tanlab olingan glaukonit namunalarining kimyoviy tarkibi rentgeno-flourossent usulida aniqlandi va tahlil natijalari 2.3.-jadvalda keltirilgan.
2.3-jadval
Turli konlardan olingan glaukonit namunalarning kimyoviy tarkibi

t/r




Namuna tarkibiga kiruvchi elementlar



Glaukonit tarkibidagi elementlar miqdori, %

1


2


3


1

Si

34,7

35,1

37,6

2

Fe

23,9

23,4

26,3

3

K

10,3

8,1

7,6

4

Al

9,6

10,2

9,7

5

Ca

12,2

13,1

14,4

6

Boshqa

9,3

11,1

4,4

2.4-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan shunday xulosa qilish mumkinki, namunalar olingan konlardagi glaukonitlarning kimyoviy tarkibi bir-biriga yaqin bo‘lib, 1 namuna nisbatan istiqbolli hisoblanadi, tarkibida kaliyning miqdori nisbatan ko‘proq bo‘lib, asosiy elementlarning tarkibi esa bir-biridan bir oz farq qiladi. Bizning yerlarimizda kalsiyli va glaukonitli cho‘kma porodalar ko‘proq birga uchraganligi sababli boshqa davlatlardagi konlarga qaraganda kalsiyning miqdori nisbatan ko‘proq uchraydi. Bu konlardagi xom ashyoning kimyoviy tarkiblari bir-biriga yaqin bo‘lganligi kelajakda barcha konlardan foydalanish va sanoat miqiyosida qayta ishlash imkonini beradi.


Glaukonit namunalarining termik tahlili
Turli glaukonit namunalarini termik qayta ishlaganimizda harorat ta’sirida ularda qanday o‘zgarishlar kuzatilishini bilish uchun turli konlar glaukonitlarining termogrammasi olindi. 2.1, 2.2-rasmlarda turli konlar glaukonitlarining termogrammalasi keltirilgan. 2.1, 2.2-rasmlardan ko‘rinib turibdiki, uchta kondan olingan glaukonit namunalari termogrammalari bir-biriga o‘xshash bo‘lib, qizdirilganda ularda o‘zgarishlar deyarli bir-biriga yaqin bo‘ladi.

Glaukonitni 100-2000С gacha qizdirish undagi adsorbsioon suvning yo‘qolishiga olib keladi. Bu miqdor kon №1 uchun 4,6 %, kon №2 uchun 5,1, kon №3 uchun 4,8 tashkil etdi. Degidratasiya jarayonida 1300С da maksimum endotermik effekt kuzatiladi. Agar xarorat yana oshirib borilsa, asta-sekin namuna massasi kamaya boshlaydi, buni grafikdagi egri chiziqdan bilish mumkin.

Taxminan 328-3300С da Fe2+ ionlarining Fe3+ ionlariga o‘tishi hisobiga unchalik katta bo‘lmagan ekzotermik effekt kuzatiladi, bu termik taxlil grafigidagi xosil bo‘lgan kichik qavariq chiziqlardan ko‘rinib turibdi, namunaning rangi esa o‘zgarib boradi va jigar ranga o‘tadi.





2.1-rasm.1- koni glaukoniti termogrammasi





2.2-rasm. 2- koni glaukoniti termogrammasi





2.3-rasm. 3-koni glaukoniti termogrammasi
5000С xaroratdan yuqorida namuna strukturasi buzilishi, strukturaga bog‘langan suvning yo‘qotilishi va oksidlar hosil bo‘lishi hisobiga massa kamayib boradi, bu grafikdagi zina hosil qiluvchi egridan ham ko‘rinib turibdi. 5700С da esa β-kvars α-kvarsga o‘tishi hisobiga unchalik katta bo‘lmagan endotermik effekt kuzatiladi.
Respublikamizdagi turli tabiiy glaukonitlarning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, bu tabiiy minerallar adsorbsion faol bo‘lishiga qaramay, ular o‘z-o‘zidan peptizasiyaga uchrashi va suvli muxitda parchalangani uchun ular tabiiy xolda suvlarni tozalashga yaroqsizdir. Bundan tashqari tabiiy glaukonitlar tarkibida 75 % gacha ballast mineral qo‘shimchalar bo‘lib, ular sorbsiya jarayonida qatnashmaydi va sorbsion materialning umumiy samaradorligini pasaytiradi. Shuning uchun glaukonit asosidagi sorbsion materiallarni qo‘llashni sanoat miqiyosiga olib chiqish uchun ularni dastlabki qayta ishlash va modifikasiya qilish kerak.
Tabiiy glaukonitni quritish va klassifikasiyalash
Parkent koni glaukoniti namunasidan 1 kg olib, maydaladik va quritish uskunasida doimiy aralashtirib turgan xolda 2000S da 1 soat davomida doimiy og‘irlikkacha quritdik. Quritilgan glaukonitni tarozida tortganimizda 0,820 kg ni tashkil etdi va namligi 18 % ekanligi ma’lum bo‘ldi. Glaukonitning minerologik tarkibini aniqlash bo‘yicha olib borilgan avvalgi tajribalarimiz natijalaridan ma’lumki, diametri 0,125 mm dan kichik fraksiyalarda glaukonit maksimal miqdorni tashkil qilgan edi. Shuning uchun quritilgan glaukonitni organik qo‘shimchalar, mayda toshlar va boshqa qo‘shimchalardan ajratish uchun tirqishlari diametri 0,125 mm bo‘lgan g‘alvirda elab oldik. Olingan klassifikasiyadagi, ya’ni zarrachalar diametri 0,125 mm dan kichik bo‘lgan, mayda qum va organik qo‘shimchalardan tozalab olingan, tarkibida glaukonitning miqdori 55 % dan kam bo‘lmagan namunamizdan keyingi olib boriladigan barcha tajribalarda foydalandik.

Download 442.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling