Dusattor o‘g‘lining (bitiruvchining F. I. Sh.) Bitiruv malakaviy ishi


Bitiruv malakaviy ishining bajarish rejasi


Download 442.91 Kb.
bet3/11
Sana18.06.2023
Hajmi442.91 Kb.
#1597860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
701-19 KT guruhi talabasi Ibodullayevtay

7. Bitiruv malakaviy ishining bajarish rejasi




Bitiruv malakaviy ishi bosqichlarining nomi


Bajarilish muddati(sana)

Tekshiruvdan o‘tganlik belgisi

1.

Kirish

28.01.23




2.

Umumiy bo‘lim

25.02.23




3.

Texnologik qism

25.03.23




4.

Iqtisodiy qismi

29.04.23




5.

Mehnat va atrof-muhit muhofazasini tashkil qilish

15.05.23




6.

Chizmalar

16-25.05.23




Bitiruv malakaviy ishining
rahbari: __________ Xadjibayev Diyor Asatullayevich
(imzo) (familiyasi, ismi sharifi)
Topshiriqni bajarishga
oldim: ____________ Ibadullayev Temur Abdusattor o‘g‘li
(imzo) (familiyasi, ismi sharifi)
Topshiriq berilgan sana: 2023-yil 9-yanvar



MUNDARIJA




KIRISH……………………………………………………………………..

5

I BOB. UMUMIY QISM………………………………………………….

7

1.1 Sanoat oqova suvlari, ularning tarkibi va hosil bo‘lish manbaalari………………………………………………………………….

7


1.2 Sanoat oqova suvlarini yumshatish va tarkibidagi ba’zi metallarni tozalashning amalda qo‘llanilayotgan usullari va texnologiyalari…………

8


1.3 Sanoat oqova suvlarini tozalash jarayonida hosilbo‘ladigan shlamlarni qayta ishlash usullari……………………………………………………….

14


1.4 Oqova suvlarni tozalash uchun istiqbolli sorbentlar……………………

21

II BOB. TEXNOLOGIK QISM………………………………………….

23

2.1 Xom ashyo va ajratib olingan sorbsion materiallarni tadqiq qilish usullari………………………………………………………………………

23


2.2 “Jizzax plastmassa” AJ texnik va oqova suvlarining tarkibi, xossalari va fizik-kimyoviy tahlili natijalari………………………………………….

27


2.3 Glaukonitli sorbsion materiallar xarakteristikalarini aniqlash………….

31

2.4 Suvlarni yumshatish va tozalash uchun glaukonit xom ashyosi asosida sorbsion materiallar olish…………………………………………………..

37


III BOB. IQTISODIY QISM…………………………………………….

45

3.1 Modifikasiyalangan glaukonit yordamida sanoat texnik suvlarini yumshatib, qo‘llashdan keladigan iqtisodiy hisobi………………………..

45


IV BOB. MEHNATNI MUHOFAZA QILISH………………………….

47

4.1 Adsorbentlar olish sexlarida mehnat muhofazasini tashkil…………….

47

XULOSA……………………………………………………………………

50

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………………...

51

KIRISH


Buyuk kelajagimizni mard va
oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”
Sh.Mirziyoyev
Yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo‘lgan insonlar etib voyaga yetkazamiz.
Agar katta avlodning bilimi va tajribasini, uzoqni ko‘ra olish fazilatlarini, yoshlarimizdagi g‘ayrat-shijoat, mardlik va fidoyilik bilan birlashtira olsak, ko‘zlagan marralarga albatta yetamiz.
Jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli farmoni qabul qilingan bo`lib ushbu farmonga ko`ra: 1) Kimyo sohasidagi korxonalarni xususiylashtirish, jumladan Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan 2022-2023-yillarda hamkorlikda “Farg‘onaazot” AJ va “Dehqonobod kaliy zavodi” AJni xususiylashtirish; 2) Kimyo va gaz-kimyosi sohalarini rivojlantirish va tabiiy gazni qayta ishlash darajasini 8 foizdan 20 foizga yetkazish orqali kimyo sanoatida 2 milliard AQSh dollariga teng mahsulot ishlab chiqarish; 3) mineral o‘g‘itlar va kimyo sanoati mahsulotlari eksportini 400 mln AQSh dollariga yetkazish shuningdek 2035-yilgacha kimyo va gaz-kimyo sanoatini strategik rivojlantirishning maqsadli dasturini tasdiqlash va unga ko`ra: 1) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida 4 ta kimyo va gaz kimyo texnologik klasterlarini tashkil etish 2) klasterlar doirasida qiymati 8 mlrd AQSh dollaridan ortiq 60 tadan ziyod istiqbolli loyihalarni amalga oshirish evaziga sanoat mahsulot hajmini 3 barobarga oshirish, tarmoqning eksport ko‘rsatkichlarini 359 mln AQSh dollaridan 874 mln AQSh dollarigacha yetkazish; hamda talabalarga amaliyot o‘tash, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya markazlarini tashkil etish, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish ishlarni tizimlashtirish masalalarini bosqichma bosqich bajarish belgilab berilgan.
Respublikamizda turli sanoat oqova suvlarini qayta ishlashda mahalliy mineral xom ashyolardan foydalanib, turli xossalarga ega bo‘lgan adsorbentlar olishni takomillashtirish va ularni qo‘llash texnologiyalarini ishlab chiqish borasida ma’lum nazariy va amaliy natijalarga erishildi. Bu borada qattiq chiqindilar, oqova suvlar va chiqindi eritmalarni zararsizlantirish, ular tarkibidagi respublikamiz xalq xo‘jaligiga zarur bo‘lgan, turli kamyob birikmalar olishda qo‘llaniladigan elementlar va birikmalarni ajratib olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni alohida ta’kidlash kerak.
Ushbu bitiruv malakaviy ishida Jizzax Plastmassa AJ da Texnik suvlarni yumshatish va atrof-muxitga zararli ta’sirlarni kamaytirish maqsadida maxalliy tabiiy glaukonit xom-ashyosi asosida modifikasiya qilib olingan sorbsion material ishlab chiqarish tizimi ishlab chiqildi

I.BOB.UMUMIY QISM

1.1. Sanoat oqova suvlari, ularning tarkibi

va hosil bo‘lish manbaalari


Download 442.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling