Dusattor o‘g‘lining (bitiruvchining F. I. Sh.) Bitiruv malakaviy ishi
Glaukonit namunalarining granulometrik va minerologik tarkiblarini aniqlash
Download 442.91 Kb.
|
701-19 KT guruhi talabasi Ibodullayevtay
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4. Suvlarni yumshatish va tozalash uchun glaukonit xom ashyosi asosida sorbsion materiallar olish
- Glaukonit namunalarining solishtirma yuzasi va strukturasining g‘ovakligini aniqlash
Glaukonit namunalarining granulometrik va minerologik tarkiblarini aniqlash
Sochiluvchan materiallarning granulometrik tarkibini aniqlash turli disperslikdagi material fraksiyalari va ularning yig‘indisini aniqlashdan iborat. Turli konlardan olingan glaukonit namunalari fraksiyalarga ajratildi va ularning ulushlari hisoblandi. Namunalarning fraksion tarkibi natijalari 2.3-jadvalda keltirilgan. Olingan ma’lumotlar Parkent glaukonitida kaliy elementining nisbatan ko‘pligi, Qoraqalpoq glaukonitida esa kvars miqdori ko‘pligini ko‘rsatdi. Har bir ajratilgan fraksiyani vizual makroskopik usulda minerologik taxlil qilindi va natijada tarkibdagi glaukonitning miqdori va boshqa mineral tashkil qiluvchilarning miqdori aniqlandi (2.4, 2.5-jadvallar). 2.4-jadval Turli konlardan olingan glaukonit namunalarining fraksion tarkibi
2.5-jadval Glaukonit namunalarining minerologik tahlili
2.4. Suvlarni yumshatish va tozalash uchun glaukonit xom ashyosi asosida sorbsion materiallar olishNamunaning mexanik mustahkamligini aniqlash Muchnik D.A. metodi bo‘yicha olib borildi, buning uchun 300 g namunadagi glaukonit tortib olindi, 600S xaroratda quritildi, 1,0 va 0,5 mm diametrli tirqishga ega bo‘lgan g‘alvirda elab olindi. 1,0 mm li g‘alvirdan o‘tgan va 0,5 mm li g‘alvirda qolgan namunadan 100 g tortib olindi va 150 ml suvli kolbaga solib, 8 soat davomida maxsus uskunada chayqatildi. Ajratilgan vaqt o‘tgach, namuna quritildi va tirqishlari diametri 0,5 va 0,25 mm bo‘lgan g‘alvirda elab olindi. Bunda 0,5 mm li g‘alvirdan o‘tgan va 0,25 mm li g‘alvirda qolgan namuna miqdori materialning maydalanganlik miqdorini bildiradi. Bizning tajriba natijalarimiz bo‘yicha bu miqdor 62 % ni tashkil etdi. Namunalarni elash natijasida 0,5 mm li g‘alvirdan o‘tgan minerallar miqdori 14 % ni va 0,25 mm li g‘alvirdan o‘tgan tayyorlangan sorbent namuna miqdori 24 % ni tashkil etdi. Glaukonit namunalarining solishtirma yuzasi va strukturasining g‘ovakligini aniqlash Sorbentning solishtirma yuzasi uni hosil qiluvchi zarralarning o‘lchami, donador bo‘laklarda o‘zaro joylashishi va donador bo‘laklarning g‘ovakligi bilan aniqlanadi. Namunalarimizning g‘ovakliklari namuna adsorbentga azot gazini yuttirib, o‘lchash va standart adsorbentga taqqoslashga asoslangan BET usulida aniqlandi (2.6-jadval). 2.6-jadvalda tabiiy glaukonit namunalarining: solishtirma yuzasi kattaligi, g‘ovaklarning umumiy hajmi, va ularning 15-100 nm intervaldagi radiuslar bo‘yicha joylashishi kabi yuza xarakteristikalari keltirilgan. 2.6-jadval Turli konlardan olingan glaukonit namunalarining solishtirma yuzasi va g‘ovakligi
Olingan natijalardan shunday xulosa qilish mumkinki, yaxshi tavsifli yuzaga ega bo‘lgan va 5-50 nm o‘lchamdagi g‘ovakliklar miqdori ko‘p bo‘lgan namuna 1-namuna hisoblanadi, lekin uning boshqa konlardagi namunalardan farqi 12 % dan oshmaydi, shuning uchun uchchala namunaning sirt yuzalari tavsifi, mikrog‘ovakliklari bir-biriga yaqin deb hisoblash va kelajakda sanoat miqiyosida foydalanishga tavsiya qilish mumkin. Boyitilgan glaukonitni qo‘shimcha bog‘lovchilarsiz granulalash Boyitilgan glaukonitni qo‘shimcha bog‘lovchilarsiz granulalash jarayoni quyidagi bosqichlarda olib boriladi: konsentratni mexanik faollashtiriladi, gomogenlanadi, granulalanadi va o‘lchamlariga qarab saralanadi. Glaukonit namunasini mexanik faollashtirish jarayoni zo‘ldirli tegirmonda olib boriladi, bu jarayon granula olish uchun mayda dispers yarim mahsulot olish uchun qo‘llaniladi. Bu jarayonda shuningdek, glaukonitning solishtirma yuzasi va faol markazlarning soni ortadi, natijada o‘z-o‘zidan uning sorbsion xususiyatlari yaxshilanadi. Bunda zarralarning maydalanish darajasi 30-50 mkm oralig‘ida bo‘lishi kerak. Chunki 50 mkm dan katta bo‘lsa, disperslik darajasi yetarli bo‘lmaydi, plastikligi past bo‘ladi va granula xolatiga keltirish qiyinlashadi. Agar 30 mkm dan mayda bo‘lsa, alyumosilikatlarda kristall reshetkalar buzilib ketadi, amorf struktura hosil bo‘ladi, hamda mineralning muhim xossalari bo‘lgan solishtirma yuzasi va g‘ovaklar sonining kamayib ketishiga olib keladi. Shuning uchun glaukonitning keyingi qayta ishlash jarayonlari uchun ulchamlari 30-50 mkm oralig‘idagi ekspluatasion va sorbsion xususiyatlari optimal bo‘lgan fraksiyalarini ajratib oldik. Gomogenizasiya bosqichida maydalangan glaukonit mineraliga 28 % miqdorda suv qo‘shib, aralashtirgichda yaxshilab aralashtirdik. Suvning bu nisbati tajribada aniqlangan bo‘lib, granula hosil qilish uchun mineral massaning optimal konsistensiyasini olishga imkon beradi. Olib borilgan tajribalar natijalari shuni ko‘rsatdiki, agar suv taklif qilingan miqdordan kam bo‘lsa, u glaukonit tarkibida notekis tarqaladi va to‘liq granula hosil bo‘lmaydi. Qo‘shiladigan suvning miqdori ortiqcha bo‘lsa, mineral massa oquvchan bo‘lib qoladi va granula hosil qilib bo‘lmaydi. Mineral massani suv bilan to‘liq gomogenlash uchun 14 minut to‘xtovsiz aralashtirish yetarli bo‘ldi. Granulani shakllantirish bosqichida mineral massaga kerakli o‘lchamda shakl beriladi. Granulalash jarayoni quvvati 50 kg/soat bo‘lgan FSH-004 markali laboratoriya granulyatorida olib borildi. Bu uskunada granulalash jarayoni shundan iboratki, qayta ishlanadigan tayyor mineral massani shnekli uskunada tirqishlarining diametri 1,0 mm bo‘lgan to‘siqdan bosim ostida siqib chiqarishdan iborat. Granula holiga kelgan mineral massamizni quritish uchun 200 0S xaroratda, 1 soat davomida doimiy aralashtirib turdik. Quritilib, doimiy og‘irlikka kelgan namunamizni tirqishlari 3,0 va 1,0 mm bo‘lgan g‘alvir kolonkasida elab oldik. Bunda o‘lchamlari 3,0 mm dan katta bo‘gan fraksiyani qaytadan maydalashga jo‘natildi, 1,0 mm dan kichik bo‘lgan fraksiyani esa qayta gomogenlash jarayoniga berildi. Talab qilingan o‘lchamdagi, yani 1,0-3,0 mm oralig‘idagi granulalar esa keyingi bosqich bo‘lgan termik faollashtirishga jo‘natildi. Download 442.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling