Dusattor o‘g‘lining (bitiruvchining F. I. Sh.) Bitiruv malakaviy ishi


Namunalar yuzasini tavsiflovchi tekshirishlar metodikasi


Download 442.91 Kb.
bet5/11
Sana18.06.2023
Hajmi442.91 Kb.
#1597860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
701-19 KT guruhi talabasi Ibodullayevtay

Namunalar yuzasini tavsiflovchi tekshirishlar metodikasi

Sorbentlarning yuzasidagi o‘zgarishlar, ularning faollashtirishdan oldingi va keyingi tavsiflari skanirlovchi elektron mikroskopda (SEM) aniqlash mumkin. Bu uskunaning ish prinsipi shunga asoslanganki, namunaning yuzasi fokuslangan elektr nuri yordamida skanerlanadi. Bunda ob’yekt yuzasining yuqori aniqlikdagi (bir necha nanometrgacha) fazoviy tasvirini olish mumkin.

Solishtirma yuza va namunaning g‘ovakli strukturasini aniqlash metodikasi

Tekshirilayotgan namunaning solishtirma yuzasini, umumiy g‘ovakligini, g‘ovaklarning radius bo‘yicha taqsimlanishini, nanog‘ovaklar ulushini Quantachrome Instruments seriyali NOVA 1200 markali tezkor gaz-sorbsiya analizatorida avtomatik rejimda olib boriladi. Olingan ma’lumotlar ishlab chiqaruvchi taqdim etgan programmalar orqali EHM larida qayta ishlanadi. Bu usulning asosida dastlab taxlil qilinadigan namuna yuzasiga yutilgan, so‘ngra xarorat ko‘tarilishi bilan desorbsiyaga uchragan gazlarning hajmlarini o‘lchash yotadi, olingan ma’lumotlar esa ma’lum dasturlar asosida qayta ishlanadi.

Namunalarni fraksiyalarga bo‘lish metodikasi

Turli konlardan olingan namunalarning fraksion tarkibini aniqlash uchun tirqishlarining diametri 0,63, 0,45, 0,315, 0,25, 0,2, 0,125, 0,1, 0,08 i 0,05 mm bo‘lgan g‘alvirlarda amalga oshiriladi. Gʻalvirlar tirqishlarining o‘lchamlari yuqoridan pastga kamayib borishi tartibida taxlanadi. Maydalab, og‘irligi o‘lchab olingan namuna ustki g‘alvirga solinib, maxsus titratuvchi uskunaga qo‘yiladi va 30 minut davomida elanadi. Jarayon tugagach, har bir g‘alvirdagi qoldiq analitik tarozida tortib olinadi va fraksion tarkibi hisoblanib, har bir fraksiyaning mineralogik tarkibi aniqlanadi.


Namunalarni minerologik taxlil qilish metodikasi
Yuqorida ko‘rsatilgan usulda fraksiyalarga ajratilgan glaukonit va boshqa namunalarning minerologik tarkibi vizual-makroskopik usulda predmet oynasida zarrachalarni sanash orqali aniqlanadi, bunda (0.01 mm dan kichik bo‘lgan) perlit zarralarini tozalash va ajratib olish sedimentasiya usulida amalga oshiriladi.
Glaukonit qumini yuvish usulida boyitish metodikasi
1 kg tortib olingan glaukonit rudasi idishga solinadi, ustiga peptizator eritmasi quyiladi, bunda cho‘kma ustidagi suv qatlamining balandligi 20 sm bo‘lishi kerak. Eritma quyilgan cho‘kma yaxshilab aralashtirib turiladi va 2 soat ushlab turiladi, bunda og‘ir fraksiyalar idishning tubiga cho‘kadi, gilli qismi esa suvda suspenziya holida qoladi. Suspenziyaning asosiy qismini idishning pastki qismidan qumning ustida 3 sm qolguncha quyib olinadi, so‘ngra yuvuvchi suv shaffof holga kelguncha qum yuviladi. Eritma dekantasiya qilib, ajratib olinadi va qum 1100C da doimiy og‘irlikka kelguncha quritiladi.
Bu usulda ajratib olingan qumning tarkibidagi changsifat va gilli qo‘shimchalarning massa foyizi (Qtoz) quyidagi formula orqali hisoblab topiladi:
Q toz = ((m-m1)/m)*100%
bu yerda: m – quritilgan namunaning tozalashdan oldingi massasi, g.
m1 - quritilgan namunaning tozalashdan keyingi massasi, g.

Download 442.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling