Dusattor o‘g‘lining (bitiruvchining F. I. Sh.) Bitiruv malakaviy ishi
Statik rejimda adsorbsiya parametrlarini aniqlash
Download 442.91 Kb.
|
701-19 KT guruhi talabasi Ibodullayevtay
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasm 2.1.Qattiq fazadagi sorbsiya o‘tkazish uchun kolonka
- 2.2. Texnik va oqova suvlarining tarkibi, xossalari va fizik-kimyoviy tahlili natijalari
Statik rejimda adsorbsiya parametrlarini aniqlash
Statik rejimda adsorbsiya parametrlarini aniqlash uchun adsorbsiya izotermasini qurish va ma’lumotlarni matematik qayta ishlash usullaridan foydalaniladi. Adsorbsiya egrisini qurish uchun 10 g namuna sorbent, 100 l tarkibida 0,1 dan 1 g/l miqdorgacha og‘ir metal birikmalari bo‘lgan konsentrasiyada avvaldan tayyorlangan model eritmaga joylashtiriladi. Sorbentning eritma bilan kontaktda bo‘lish vaqti 3 soatni tashkil etadi, shu vaqt o‘tgach, og‘ir metallarning muvozanat konsentrasiyalari o‘lchanadi va “A-Smuv.” Bog‘liqlik koordinasiyalari chiziladi. Bunda A quyidagi formula bo‘yicha topiladi: A = (S0 – S muv.) * V/m bu yerda A – 1 g sorbentga nisbattan aniqlanayotgan ionning adsorbsiyasi, mg/g; S0 va S muv. - ionlarning boshlang‘ich va muvozanat konsentrasiyalari, mg/l; V – eritma hajmi, l; m – sorbentning og‘irligi, g. Dinamik rejimda adsorbsiya parametrlarini aniqlash Dinamik rejimda adsorbsiya parametrlarini aniqlash quyidagicha amalga oshiriladi. Balandligi 10, 20, 30 sm bo‘lgan namuna sorbentlar bilan to‘ldirilgan sorbsiya kolonnasidan metall kationlari konsentrasiyasi 0,01 g/l bo‘lgan model eritmalari o‘tkaziladi. Rasm 2.1.Qattiq fazadagi sorbsiya o‘tkazish uchun kolonka 1- sorbsiya kolonkasi; 2- yig‘uvchi idish; 3-sorbsiya taxlili uchun jarayondan oldingi eritma; 4- sorbsiya taxlili uchun jarayondan keyingi eritma; 5-sorbent. Tajriba maqsadiga qarab, o‘tish tezligi 0.5, 1.0, 1.5 m/soatni tashkil qiladi. Kationlarning qoldiq konsentrasiyasini aniqlash uchun har 10 min da namuna olinadi. Kationlarning sorbsiya jarayonidan keyingi konsentrasiyasi model eritmaning boshlang‘ich konsentrasiyasi bilan bir xil natija berganda jarayon to‘xtatiladi, bu sorbentning to‘yinganini bildiradi. Adsorbsiya jarayoning dinamik egrisi “S/S0-t” koordinatalarida quriladi, bunda S0 – model eritmadagi kationlarning boshlang‘ich konsentrasiyasi; S olingan namunadagi kationlarning jarayondan keyingi konsenttrasiyasi; t–sorbsiya kolonkasining S/S0 = 1 bo‘lgunga qadar ishlagan vaqti. Olingan ma’lumotlar bo‘yicha mavjud metodika asosida adsorbsiya jarayonining asosiy dinamik parametrlari hisoblab topiladi: - ishchi zonaning surilish tezligi quyidagi formula bilan aniqlanadi: U=C0v/a0 bunda S0 – moddaning oqimdagi boshlang‘ich konsentrasiyasi, mg/l; a0–S0 bilan muvozanat xolatdagi moddaning qo‘zg‘almas fazada birlik hajmidagi adsorbentdagi miqdori, mg/l; v – oqimning tezligi, m/soat K - himoya koeffisiyenti, soat/m: K=1/U U - ishchi qatlam qalinligi, m: Lish= (τ0.95 - τ0.05)/( τ0.95-(1-φ)∙ (τ0.95 - τ0.05)) ∙L τ0.05 – quyidagi nisbat: S/S0 = 0.05 bo‘lguncha ketgan vaqt, soat; τ0.95 – quyidagi nisbat: S/S0 = 0.95 bo‘lguncha ketgan vaqt, soat; φ – belgilangan yuzaning umumiy yuzaga nisbatini bildiruvchi chiqish egrisining simmetriklik faktori - foydalanilmagan qatlam qalinligi, m: h = Lish ∙ φ - kolonkada adsorbentning ishlash vaqti, soat: Ɵ = k ∙ (L-Lish) - himoya ta’sirini yo‘qotish vaqti, soat: m = h ∙ k - adsorbent to‘yinguncha tozalangan suvning miqdori, l: Q = Ɵ – Syuza • L • v bu yerda Syuza – kolonkaning kesim yuzasi, m2. Adsorbentning to‘liq dinamik hajmiy sig‘imini (TDXS) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: TDXS = ((S0-S) •Ver)/mc bu yerda S0 – tozalanadigan kationlarning boshlang‘ich konsentrasiyasi, mg/l; S - tozalanadigan kationlarning oxirgi konsentrasiyasi, mg/l; Ver – model eritmaning umumiy hajmi, l mc – kolonkadagi sorbent massasi, g. 2.2. Texnik va oqova suvlarining tarkibi, xossalari va fizik-kimyoviy tahlili natijalariTexnik suvi zavodning o‘zida burg‘ulangan quduqdan olinadi, chukurligi 40 m bo‘lib, tarkibida kalsiy va magniy birikmalari ko‘p saqlagan, qattiqligi ichimlik suvi meyyorlaridan ancha yuqori bo‘lgan texnik suv hisoblanadi. Bu texnik suv 1000 m3 hajmdagi idishga yig‘iladi va 5 kun davomida kuniga taxminan 200 m3 miqdorda sarf qilinadi. Texnik suvni qo‘llashda muammolardan biri uning qattiqligi yuqori bo‘lganligi uchun sovutish uskunalarining quyqa bilan qoplanish darajasi yuqori. Namuna sifatida olingan suvlar taxlil qilindi va quyidagi natijalar olindi(2.1, 2.2-jadvallar). 2.1.- jadval Texnik suv namunasining tahlili
Download 442.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling