E. Egamov, X. Asatullaev, Z. Allaberganov iqtisodiy ta’limotlar tarixi


Download 0.98 Mb.
bet4/53
Sana22.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1042458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI

«Artxashastra» ta’limoti. Qadimgi Hindiston xo’jaligi, ijtimoiy tuzumi va iqtisodiy fikrlarini o’rganishning asosiy manbai «Artxashastra» asari hisoblanadi (m.o. IV asr oxiri). Uni podsho Chandraguptianing maslaxatchisi Kautilya yozgan deb taxmin qilinadi. Bu mashhur asar 15 kitobdan iborat bo’lib, «artxa» so’zi – foyda, moddiy manfaat, «shastra» – ilm, ilmiy asar ma’nosini bildiradi.
Birinchi kitobda podshoning turmush tarzi to’g’risida ko’rsat-malar berilgan, ikkinchisi turli davlat idoralarining rahbar-lari faoliyatiga bag’ishlangan, uchinchi va to’rtinchisida sud va jinoyatchilarni jazolash savollari ko’rib chiqilgan, so’ngra tashqi siyosat usullari to’g’risida, maxfiy xizmat to’g’risida, armiyani tashkil qilish va shu kabilar to’g’risida so’z yuritiladi.
«Artxashastra»ning eng boshidayoq podsho to’rtta «ilmni» bilishi zarurligi to’g’risida fikr yuritiladi. Ulardan biri iqtisodiyot hisoblanadi. «Iqtisodiyot» (ekonomika) dehqonchilik, chorvachilik va savdo sifatida ko’riladi. Mamlakatda qishloq xo’jaligi, eng avvalo dehqonchilik asosiy soha hisoblangan. «Artxashastra»da aytilishicha, davlat yangi mintaqalarni tashkil etish va odamlarni u erlarga o’rnashtirish ishlarini amalga oshirishi kerak. Yangi ko’chib kelganlarga er soliq to’lash sharti bilan shaxsiy foydalanishga berilgan. Dehqon, hunarmand mehna-ti va savdo faoliyati davlat uchun boylik yaratadi. Shuning uchun davlatning siyosati erni emas, balki odamlarni himoya qilishi kerak. «Davlatning kuchi, – deyiladi asarda, – odamlardan tashkil topgan. Odam yashamaydigan er esa, naslsiz sigirga o’xshaydi – undan na sut sog’ib olib bo’ladi».
«Artxashastra»da davlatning manfaatini ko’zlagan holda, xo’jalikni yaxshi tashkil qilishga alohida e’tibor beriladi. Kim o’z erini ishlatmasa yoki yomon ishlasa, uning erini tortib olish va yaxshi ishlaydigan xo’jayinlarga berish tavsiya etiladi.
Davlat bozor bahosini tartibga solib turishning chora-tadbirlarini ko’rib chiqishi lozim. Bahoning mavsumga qarab tebranib turishini bartaraf etish uchun, davlatning kerak paytda muomalaga chiqaradigan tovar zaxirasi bo’lishi kerak. Bu bilan tovarlar bahosi barqarorligini ta’minlashga erishiladi.
«Artxashastra»da irrigatsiya ishlarini yaxshilash ham nazarda tutilgan. «Sug’orish sistemalarini qurish, – deyiladi unda, – hosilning manbai hisoblanadi...» Sug’orish sistemasiga etkazilgan har qanday zarar uchun og’ir jazo, hatto o’limga mahkum etish tavsiya etiladi.
«Artxashastra»da davlatning moliya muammolarini echishga katta ahamiyat beriladi. Davlatning daromadlari davlat xo’jalik-lari foydasidan, har turli soliq va boj to’lovlaridan tashkil topgan. Xarajatlar qismiga kelsak, davlat sanoatni, savdoni rivojlantirishga, jamoa ishlariga mablag’ ajratib kelgan. Davlat xo’jaligi va soliq tizimi bilan bog’liq bo’lgan moliya idoralari-ning to’g’ri ishlashi uchun, «Artxashastra»da aytilishicha, daromad va xarajatlarning qat’iy hisob-kitob hujjatlari olib bori-lishi zarur. Podsho xazinani o’g’irlovchi amaldorlarni bartaraf etishi kerak. Ammo bu erdagi o’g’irlikni aniqlash juda qiyin bo’lgan. «Artxashastra» xazina mulkini o’g’irlashning 40 xil usulini ko’rsatib beradi va ayyor amaldorning hiylasini bilishdan ko’ra, osmondagi qushning yo’lini aniqlash osonligini qayd qilib o’tadi. «Suvda suzib yurgan baliq, o’sha suvdan ichayaptimi, yo’qmi bilib bo’lmaganidek, ishga biriktirilgan amaldor mulkni o’zlashtirayaptimi, yo’qmi aniqlab bo’lmaydi», – deyiladi asarda. Shu bois suiiste’mol qilishning har xil usul-larini o’rganib olmasdan avval, amaldorlarni tez-tez o’zgartirib turish tavsiya etiladi.
Iqtisodiy siyosat sohasida «Artxashastra», podshoni ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga, narx-navoni tartiblashga, davlat byudjeti aktiv balansini saqlashga – «daromadlarni ko’paytirish va xarajatlarni kamaytirishga» da’vat etadi. Qadim-gi Hindistonning bu atoqli asari nafaqat ijtimoiy rivoj-lanishning ancha yuqori darajasini, balki Qadimgi Hindiston iqtisodiy fikrlarining xarakterli belgilarini ham ko’rsatib berdi.
Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari. Qadimgi Xitoy mutafak-kirlari ichida Konfutsiy (m.av. 551 – 479 y.) alohida o’rin tutadi. Konfutsiyning fikrlari uning shogirdlari yozib qoldirgan «Lun Yuy» («Suhbat va mulohaza») to’plamida aks ettirilgan. Uning fikricha, mehnat ham kishilarning, ham davlatning boyligini ko’paytiradi. Konfutsiy «buyuk jamoa mulki» (dehqon-lar jamoasi mulki) va xususiy egalik (quldorlar mulki)ni farq-laydi, ikkinchisini ko’proq qo’llaydi. Bu erda u xususiy mulkni xo’jalik yuritishda ustun qo’yadi. Konfutsiy aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat farqini ko’rsatib, aqliy mehnat bilan «yuqori» tabaqali kishilar, jismoniy mehnat bilan esa, asosiy qismi qullardan iborat bo’lgan «oddiy» kishilar shug’ullanadi, deb qayd qilib o’tadi.
Konfutsiy ta’limotiga ko’ra, bilimdon hukmdor – u «xalqning otasi», «to’g’ri amal qilishning» va boylikni ancha tekis taqsim-lashning kafolati. Uning tasdiqlashicha, Alloh va tabiat tomo-nidan jamiyat toifalarga ajratilgan, shu bilan birga u har bir odamni ma’naviy yuksalishga da’vat etgan, kattalarga bo’lgan hurmat qoidalari to’g’risida, farzandlik burchi to’g’risida, aka-ukalar o’rtasidagi do’stlik to’g’risida qimmatli fikrlarni ilgari surgan. Konfutsiy ta’limotidan shu narsani ko’rish mumkinki, agar reglamentlashtirilgan patriarxal munosabatlarda ustalik bilan xo’jalik yuritilsa, «xalqda hamma narsa muhayyo bo’ladi».
Xitoyda miloddan oldingi IV–III asrlarda xitoylik mual-liflar birgalikda yozgan asar «Guan-tszi» g’oyalari keng tarqalgan. Bu asarda ilgari surilgan ba’zi masalalar, garchi ular ziddiyatli bo’lsa-da, bugungi kunda ham diqqatga sazovor. Masalan, asarda oltin marvarid alohida boylik sifatida ko’rilmaydi; bunday boylik deb, eng avvalo, moddiy ne’matlar (tovar) e’tirof etiladi. Asarda ko’rsatilishicha, bir tomondan, «oltin davlat resurslarini hisoblash o’lchovi hisoblanadi», ikkinchi tomondan, u «xalq ommasi uchun muomala vositasi bo’lib xizmat qiladi». Asarda barqaror iqtisodiy rivojlanishning zarurligi to’g’risida aniq fikr yuritiladi va qaerda nonning narxi tartiblanib turilsa, o’sha erda tinchlik, osoyishtalik bo’ladi, deb qayd etiladi. Iqtisodiyotni tartibga solib turish uchun, asar mualliflari davlatning don zaxiralarini tashkil etishni, er egalariga imtiyoz-li kredit berishni, temir va tuzga bo’lgan to’g’ri soliqlarni egri soliqlar bilan almashtirish, ya’ni ulardan foydalanib ishlab chiqariladigan tovarlarga bo’lgan soliqni kengaytirishni tavsiya etadilar. «Guyan-tszi» mualliflari «davlatni boy, xalqni mam-nun» holda ko’rishni xohlaganlar. Asarda er va suvlarni davlat ixtiyoriga o’tkazish, ulardan daromad olish yo’lida foydalanish, baholarni tartibga solish va boshqa hozirgi kunda ham e’tiborga molik iqtisodiy g’oyalar ilgari surilgan.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling