E. Egamov,X. Asatullaev, Z. G. Allaberganov zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar


Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi


Download 0.86 Mb.
bet41/50
Sana13.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1194210
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZAMONAVIY IQTISODIY TA’LIMOTLAR (2)

3. Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi

Qiyosli ustunlik nazariyasining zamonaviy turlanishi (ko’rinishi) shved iqtisodchilari Eli Xeksher (1879–1952) va Bertil Olin (1899–1979) ishlab chiqqan ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi hisoblanadi.


D.Rikardo ishlab chiqarish xarajatlaridagi farqlarni tabiiy va geografik sharoitlar tufayli kelib chiqadigan farqlar bilan aniqlanishi nuqtai nazaridan ko’rib chiqqan. Bu printsip umuman to’g’ri, lekin etarli emas. Jahon bozorida faqat neft, paxta, apelsin bilan savdo qilinmaydi. Tashqi savdo ayirboshlanishida ishlab chiqarish sanoati tovarlari va xizmatlarning hissasi tobora ortib borayapti. Bu mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishda, jahon narxining shakllanishida tabiiy sharoitlardan ko’ra boshqa omillar ko’proq rol o’ynaydi.
Masalan, Shvetsiya tashqi bozorga murakkab sanoat mahsulotlarini – avtomobillar va rolikli podshipniklarni, tog’-kon uskunalari va dengizda ishlatiladigan motorlarni – etkazib berish bilan samarali savdo qiladi. Ko’p sohalarda raqobat ustunligini qo’lda ushlab turgan aynan shu mamlakatda tashqi savdo nazariyasining yaratilishi bejiz emas. Mazkur nazariya texnologiyasi deyarli bir xil bo’lgan savdo qilayotgan mamlakatlar ishlab chiqarish omillari (kapital, ishchi kuchi, er) bilan bir xil darajada ta’minlanmaganligiga asoslanadi.
Qiyosli xarajatlar kontseptsiyasiga asoslangan holda, shved iqtisodchilari Xeksher va Olin bunday xarajatlar asosida nima yotishini tushuntirib berishga harakat qildi. Ular, savdo qilayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarish omillari kombinatsiyasi umuman o’xshash bo’lgan sharoitda xarajatlar darajasidagi farq asosan ularning ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanligiga bog’liq, deb xulosa qiladi.
Xeksher-Olin tadqiqotida tashqi savdoda xarajatlari nafaqat tabiiy sharoitlardagi farq bilan, balki savdo ishtirokchilari ta’minlangan har xil omillar narxi bilan ham aniqlanadi. Bir xil omillar ortiqcha, boshqa bir omillar etishmaydi. Bir turdagi omillarning narxi nisbatan yuqori, boshqa turdagi omillarning – nisbatan past. Omillarning narxi ularning kamyobligi bilan aniqlanadi: odatda, tanqis omillar – qimmat, ortiqcha omillar - arzon. Agar mamlakatda qandaydir bir omil boshqa omillarga nisbatan ortiqcha bo’lsa, masalan, arzon ishchi kuchi ko’p bo’lsa, unda bu mamlakat mehnat talab mahsulotlarni (to’qimachilik, kiyim-kechak va b.) ishlab chiqarishga va ularning savdosiga ixtisoslashadi. Agar mamlakatda kapital ortiqcha bo’lsa, unda bu mamlakatga kapital sig’imli mahsulotlarni (mashinalar, asbob-uskunalar) eksport qilish foydali.
Masalan, arzon ishchi kuchiga ega bo’lgan Janubiy Koreya mehnat talab mahsulotlarni (kiyim-kechak, avtomabil, kundalik turmush elektr asboblarini) eksport qiladi: xitoyga kiyim-kechak, to’qimachilik mahsulotlarini eksport qilish qo’l keladi. Shvetsiya po’lati va metall mahsulotlarining raqobatdagi ustunligi shundaki, mamlakatda qazib olinadigan temir rudasi yuqori sifatli po’lat eritish xususiyatiga ega.
Demak, Xeksher-Olinning tashqi savdo modeli asosida xarajatlarning tuzilishi, ortiqcha ishlab chiqarish omillarining past narxi yotadi. Mamlakat ortiqcha ishlab chiqarish omillaridan intensiv foydalanib ishlab chiqariladigan mahsulotlarni eksport qiladi, ishlab chiqarish omillari tanqis bo’lgan tovarlarni esa import qiladi.

Leontevcha ziddiyat”


Amaliyot shu narsani ko’rsatib berdiki, ishlab chiqarish omillari kontseptsiyasi tashqi savdoga, milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga ta’sir etuvchi turli xil omillarning hammasini hisobga olishga qodir emas. Masalan, Xeksher-Olin modeli, nega, Shveytsariya farmatsevtik tovarlarni eksport qilishga ixtisoslashgan, Amerika personal kompyuterlarni ishlab chiqarishda etakchilik qiladi, Yaponiya kundalik elektronika buyumlarining yirik eksportchisi hisoblanadi kabi savollarga javob bera olmaydi.


Mazkur nazariyaning to’g’riligini AQSh iqtisodchisi V.Leontev tekshirib ko’rdi. Ma’lumki, Amerika kapitali ko’p mamlakat hisoblanadi. Shu bois u kapital sig’imli tovarlarni eksport, mehnat sig’imli tovarlarni import qiladi deb taxmin qilingan. Natija uning teskarisini, ya’ni AQSh kapital sig’imli tovarlarni emas, balki ko’proq mehnat sig’imli tovarlarni eksport qilishini, kapital sig’imli tovarlarni esa ko’proq import qilinishi ko’rsatdi. Bu holat “Leontevcha ziddiyat” nomini olgan.
Leontev olib borgan hisob-kitoblarning to’g’riligini boshqa iqtisodchilar ham tasdiqlashgan. Ma’lum bo’lishicha, tashqi savdo tuzilmasida bunday mos kelmaslik boshqa mamlakatlarga ham xos bo’lgan. Tashqi savdo sohasi mutaxassislari, alohida mamlakatlar savdosiga va bir butun jahon savdosi tuzilmasiga ta’sir etuvchi omillar juda ko’p, xilma-xil va o’zgaruvchan bo’ladi, degan fikrga kelishgan. Ularning ta’sir ko’rsatish ahamiyati ham har xil.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling