E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Download 1.2 Mb.
|
yuqumli-kasalliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mononevritlar.
Asoratlari. Kasallik asoratlari spetsifik va nospetsifik asoratlarga bo‘linadi. Spetsifik asoratlarga miokardit, mononevrit, polinevrit, o‘tkir buyrak usti bezlari yetishmovchiligi, toksik nefrozlar kiradi.
Miokardit ko‘p uchraydigan va og‘ir zararlanishlardan biridir. Ular kasallikning 2—5-kunlari yuzaga keladi. Miokardit belgilari odam o‘zini yomon his etishi, rangi oqarib ketishi, lablari ko‘ka- rishi, umumiy bezovtalik, ko‘ngil aynishi, ayrim hollarda qusish, qorinda og‘riq bilan xarakterlanadi. Bular bilan bir qatorda yurak chegaralarining kengayishi, jigar o‘lchamlarining kattalashishi, taxikardiya va yurak ritmining buzilishi kuzatiladi. Ba’zan og‘ir shakllarda miokardit juda ham tez rivojlanadi va bir necha kunlar ichida o‘limga sabab bo‘lishi mumkin. Bemorda miokarditni erta aniqlashda elektrokardiografiya katta yordam beradi. Miokardit belgilari juda sekin yo‘qoladi, bu jarayon 1—2 oy davom etadi. Mononevritlar. Mononevritlarda ko‘pincha III, VI, VII, IX va X juft nervlar zararlanadi. Avvalo yumshoq tanglay falajlanadi: manqalanib gapirish, ovqatlanganda tomoqqa havo tiqilib yo‘talish kuzatiladi, suyuq ovqatlar burundan oqadi, yumshoq tanglay harakatsiz bo‘ladi. Kasallikning 3—4-haftasida akkomodatsiya falajlanadi, bu vaqtda bemor o‘qiganda harflarning qo‘shilib ketishidan shikoyat qiladi. Jarayon kindik sohasida joylashganda qorin mushaklari parezi (yarim falajlanish) namoyon bo‘ladi. Falajlanishlarning o‘zi bemor uchun katta xavf tug‘dirmasa-da, u organizmdagi o‘zgarishlardan xabar beradi, rivojlanishning keyingi davrlari esa polinevritlar yuzaga kelishi bilan yakunlanishi mumkin. Og‘ir shakli tarqalgan polinevritlar bilan xarakterlanadi. Bu vaqtda ko‘p nervlar zararlanib, bo‘yin, yelka, gavda, tomoq, hiqil- doq, nafas mushaklari kuchli parezlarga uchraydi. Hiqildoq, qovur- g‘alararo (nafas mushaklari parezi) va diafragma nervlar falajlari kuzatilsa kasallik oqibati juda jiddiy hisoblanadi. Buyrak usti bezining o‘tkir yetishmovchiligi faqatgina juda kuchli toksemiya — toksik shaklning III darajasi va gipertoksik shakl- laridagina uchrashi mumkin. Bu vaqtda kasallikning 2—3-kuni bemorning rangi to‘satdan oqarib ketishi va adinamiya kuzatiladi: tomir urishi juda tezlashib, ipsimon bo‘ladi; arterial bosim tushib ketadi: ba’zan kollaps rivojlanishi natijasida o‘lim kuzatiladi. Toksik nefroz albuminuriya va silindruriya bilan namoyon bo‘ladi. Nefroz aytarli og‘ir kechmaydi. Buyrak funksiyasi buzilmaydi, arterial bosim ko‘tarilmaydi. Nefrozning paydo bo‘lishi odatda bemor hayotiga xavf solmasa-da, lekin og‘ir intoksikatsiya mav- judligi va boshqa toksik asoratlar rivojlanish ehtimoli borligini bildiradi. Ikkilamchi infeksiya natijasida uchraydigan nospetsifik asoratlar difteriyaning og‘ir shaklida ko‘p uchraydi va kasallikning turli xil davrlarida paydo bo‘ladi. Bular ko‘pincha pnevmoniya va otitlar shaklida namoyon bo‘ladi. Pnevmoniya toksik difteriyada va krupda o‘lim hollarining ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling