E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 1.2 Mb.
bet91/236
Sana02.12.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1779576
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   236
Bog'liq
yuqumli-kasalliklar

Davolash. Barcha difteriyaga chalingan bemorlar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilishlari shart. Ular kasallikning o‘tkir davri mobaynida yotoq rejimiga rioya qilishlari zarur. Mio­kardit va boshqa asoratlari bo‘lgan bemorlarga alohida e’tibor talab qilinadi.
Bemor ovqati yuqori kaloriyali, vitaminlarga boy bo‘lib, o‘tkir masalliqlarsiz va mexanik tez parchalanadigan bo‘lishi kerak. Yum- shoq tanglayda parez holati kuzatilganda bemor oshqozon zondi yordamida ovqatlantiriladi.
Difteriyani spetsifik davolashda antitoksik difteriyaga qarshi zardob ishlatiladi. Organizmda antitoksin sekin ishlab chiqariladi. Zardob bu yetishmovchilik o‘rinini bosadi, toksinni tezda neytral- laydi hamda mahalliy yallig‘lanish o‘chog‘ini yo‘qotadi. Zardob bilan davolash quyidagi shartlarga rioya qilingandagina yaxshi samara beradi:

  1. zardobni erta yuborish, chunki zardob qondagi toksinni erkin holda neytrallaydi, lekin hujayralarga birikkan toksinni neytrallay olmaydi. Shuning uchun kasallikning keyingi davrlarida, ya’ni toksin hujayralarda qaytmas o‘zgarishlarga sabab bo‘lgandan keyin samarasiz hisoblanadi;

  2. yetarli miqdorda (ayniqsa uning dastlabki miqdori) zardob yuborish zarur, ya’ni yuborilgan miqdor toksinni to‘la neytrallash uchun yetarli bo‘lishi kerak.

Shuni ta’kidlash zarurki difteriyaga qarshi zardobning miqdori kasallikning shakli, og‘irligi va davom etish muddatiga qarab har xil bo‘ladi (3-jadval).
3-jadval
Difteriyaning turli shakllariga qarshi zardobning o‘rtacha miqdori (ming antitoksik birlikda)

Difteriya shakllari

Birlamchi
miqdor

Davolash kursi

Halqum difteriyasining lokalizatsiyalangan shakli







orolchali

10-15

10-20

Qardali

15-30

20-40

Oarqalgan shakli

30-40

50-60

Subtoksik shakli

40-50

60-80

Ooksik shakli







I darajali

50-70

80-120

II darajali

60-80

150-200

III darajali

100-120

250-350

GiQertoksik

100-120

450 dan ko‘6 emas

Lokalizatsiyalangan difteriya:







burun difteriyasi

10-15

20-30

jinsiy a’zolar difteriyasi

10-15

15-30

ko‘z difteriyasi

10-15

10-30

teri difteriyasi

10

10-30



Zardob bilan difteriyaning barcha shakllari davolanadi. Kurs bo‘yicha tayinlangan miqdor 1—4 kun davomida kiritiladi. Difte­riyaning toksik shakllarida davolashning dastlabki 2 kunida qon tezda antitoksin bilan to‘yinishi uchun uni sutkada 2 marta yuboriladi. Intoksikatsiya, halqumdagi shish hamda karashlar hajmining kamayishi zardob yuborishni to‘xtatish mezoni bo‘lib hisoblanadi. Zardob dastlabki desensibilizatsiyadan keyin tayinlanadi. Kasal- likning yengil shakllarida davoning foydasi 10—14 soatdan keyin, toksik shakllarida esa keyinroq kuzatiladi.
Zardob yuborishdan tashqari asosiy masala nafas olishning buzilishiga qarshi kurashishdir. Bunda dastlab bemorga osoyishtalik (tinch holat) yaratilib, iliq muolajalar (umumiy vannalar, issiq qilib o‘rash), sodali eritmalarning bug‘li ingalatsiyasi, gorchich- niklar qo‘llanadi.
Organizmdan toksik moddalarning chiqishini tezlashtirish uchun polivinolpirrolidon preparatlari (neogemodez, gemodez, neokompensan va b.) hamda gemodez+glukozali yoki aminokislotali eritmalar (glukoneodez, aminodez) ishlatiladi. Dezintoksikasion preparatlar kasallikning dastlabki kunlari, ya'ni qonda toksin aylanib yurgan vaqtda samaralidir.
Toksik difteriyada va krupda albatta kortikosteroid preparatlar (prednizolon sutkada 40—50 mg miqdorda tayinlanadi. Keyinchalik miqdor asta-sekinlik bilan pasaytirib boriladi) 10—15 kun davomida yuboriladi.
Antibiotiklar bakterial infeksiya qo‘shilganda tayinlanadi.
Vitaminlardan askorbinat kislota tayinlanadi. Ma'lumki C vitaminiga bo‘lgan ehtiyoj har qanday yuqumli kasallikda, jumladan difteriyada ham oshadi.
Miokarditlarda strixnin (1% li eritmasi, teri ostiga), kordiamin, strofantin va boshqa preparatlardan tayinlanadi.
Riboksin, kaliy orotat va panangin ham yaxshi foyda beradi. Kasallikning toksik shakllarida birinchi kundan oksigenoterapiya qo‘llanadi.
Konservativ davolash foyda bermaganda jarrohlik usuliga o‘tiladi. Difteriya etiologiyali krup (cheklangan shakli) da intubatsiya qilinadi. Mazkur muolajadan so‘ng nafas olish yaxshilanmasa, traxeostomiya qilinadi.
Bemor shifoxonadan difteriyaning klinik belgilari va rivojlangan asoratlar yo‘qolgandan so‘ng chiqariladi. Halqum, burun, hiqildoq difteriyalari bo‘lgan bemorlar asorat kuzatilmaganda kasallik boshlanganidan 14—21 kundan so‘ng, subtoksik shaklida kasallik boshlanganidan 21 kundan keyin, toksik shaklining I darajasida — kasallikning 30-kuni, II darajasida — 45, III darajasida 60-kuni shifoxonadan chiqarilishlari mumkin.
Miokarditni o‘tkazgan bemor EKG nazoratida shifoxonadan chiqariladi.
Shifoxonadan chiqarishdan oldin halqumdan, burun va jarayon kuzatilgan boshqa joylardan difteriyaga ekish uchun ikkita nazorat ekmasi olinadi. Tekshirish natijalari ijobiy bo‘lmaganda uchastka vrachi nazoratiga shifoxonadan chiqariladi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling