Difteriya nima?
Difteriya tayoqchalari qanday oziq muhitlarda o‘sadi?
Difteriyada kim infeksiya manbai hisoblanadi va infeksiya qanday yuqadi?
Difteriya klassifikatsiyasini gapirib bering.
Burun va hiqildoq difteriyasida qanday belgilar uchraydi?
Krup nima?
Difteriyada qanday asoratlar uchrashi mumkin?
Difteriyaga qarshi zardob yuborish usullari haqida gapirib bering.
Difteriya o‘chog‘ida qanday tadbirlar o‘tkaziladi?
Meningokokk infeksiyasi (infectio meningococciea)
Meningokokk infeksiyasi — meningokokklar chaqiradigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, asosan bosh va orqa miya pardalari zararlanishi hamda nazofaringit, yiringli meningit va meningokokksemiya bilan kechadi.
Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi — meningokokk (Neisseria meningitidis) bo‘lib, uning o‘rtacha kattaligi 0,6—0,8 mkm. Tipik holatlarda juft bo‘lib, (diplokokk) bukilgan yuzasi bilan bir-biriga qarab joylashadi. Meningokokklar grammanfiy, aerob sharoitlarda 37°C haroratda o‘sadi. Spora hosil qilmaydi, xivchinlari yo‘q va harakatsiz. Anilinli bo‘yoqda yaxshi bo‘yaladi. Ekzotoksin hosil qilmaydi, mikrob hujayrasi parchalanganda (o‘lganda) endoksin ajralib chiqadi. Antigen tuzilishi bo‘yicha meningokokklarning A, B, C, D, X, V, Z serologik guruhlari farqlanadi. Epidemiya vaqtida odatda A guruh meningokokklar aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |