E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Vbob. TO'QIMA HAQIDA TA'LIMOT


Download 1.72 Mb.
bet25/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

45
Vbob. TO'QIMA HAQIDA TA'LIMOT
l-§. To'qima nima?
Sitologiya kursidan ma'lumki, odam va hayvonlar organizmining eng kichik organi bu - hujayradir. Har bir hujayra o'zining morfologik tuzilishi va joylashgan o'rniga ko'ra muayyan fiziologik vazifaga ega va aksincha, har bir hujayraning fizi )logik vazifasi uning tuzilishi va o'rnini belgilaydi. Evolutsion taraqqiyot davrida ekologik muhitning o'zgarishi organizm bu o'zgarishlarga moslashishiga, ya'ni adaptatsiyaga majbur etadi. Organizmning bunday moslashish jarayonida hujayra asosiy rol o'ynaydi. Hujayra tashqi muhitga moslashar ekan, organizm tashqridan morfologik o'zgarishga uchraydi. Bu xildagi o'zgarishlami, masalan, turli sinflarga mansub hayvonlar turlarida ochiq-oydin ko'rish mumkin. Demak, tashqi muhit ta'sirida hujayralar o'zgarar ekan, ulardan tarkib topgan to'qimalarda ham shunday o'zgarish (moslashish) jarayoni sodir boiadi. Xo'sh, to'qimaning o'zi nima?
To'qima bu - ko'p hujayrali organizmning tarixiy filogenetik rivojlanishi jarayonida vujudga kelgan, muayyan bir fiziologik vazifani bajarishga ixtisoslashgan hujayra va hujayralararo elementlar (strukturalar) majmuasidan tarkib topgan tuzilma. U ham o'ziga xos bir sistema, chunki bir emas, balki bir necha elementdan: hujayra va hujayralararo moddalardan tashkil topgan bo'ladi. To'qimani hujayraga nisbatan sistema desak, organlarga nisbatan element deyiladi. Chunki to'qimalar birlashib muayyan organni hosil qiladi. Ammo barcha organlarning to'qimalari hamisha bir xil tuzilgan bo'lmaydi. Har qaysi to'qima u qaysi organ to'qimasi bo'lishiga qarab, muayyan morfologik struktura va vazifaga ega bo'ladi. Chunonchi: 1) strukturasiga ko'ra: epiteliy (chegaralovchi) to'qimasi, ichki muhit to'qimalari (qon, interstitsial, skelet to'qimalari), nerv sistemasi to'qimasi va muskul to'qimasi bo'ladi. Bular. ko'p hujayrali hayvonlarning barchasida uchraydi va qaysi organda bo'lishiga qarab, ozmi-ko'pmi ahamiyatga ega; 2) bajargan vazifasiga ko'ra, garchi umumiy bo'lsa ham: chegaralab turuvchi, ichki muhitni doimiy ravishda bir xil saqlab turuvchi, qisqartiruvchi, ta'sirlanishni idrok etuvchi, uzatuvchi va analiz qiluvchi
46
to'qimalar farq qilinadi. Yana ham aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, ularning har qaysisi umumiy vazifalari doirasida alohida ixtisoslashgan maxsus funksiyani bajaradi. Masalan, ichki muhit to'qimalarining - qon bilan limfa tomirlarda harakatlanib, moddalar almashinuvi mahsulotlarini, shuningdek, oziq moddalarni tashiydi; shu ichki muhit to'qimalarining boshqa bir xili, masalan, g'ovak biriktiruvchi to'qima esa boshqa mexanizmlar yordamida bu moddalarni tomirlar devoridan ishlab turgan to'qimalarga o'tkazadi. Nerv sistemasi to'qimalari xususida ham shunday flkrni bildirish mumkin. Masalan, nerv to'qimasi mazkur sistemada asosiy vazifani bajarsa ham, ammo nerv sistemasi to'qimasinnng bir xil tipi hisoblangan neyrogliyalar yordamisiz u ham o'z vazifasini to'la bajara olmaydi va hokazo.
To'qimalar, odatda, embrion rivojlanishi davrida embrion varaqlarining u yoki bu qismlaridan rivojlanadi, bunyodga keladi va hayot faoliyati davrida, yuqorida aytilganidek, joyalashgan o'rniga, binobarin, turiga ko'ra har xil vazifa bajaradi. Demak, to'qimalarni o'rganishda dastlab ularning evolutsiyasiga murojaat qilish kerak. Bu jarayonni o'rganuvchi predmet evolutsion gistologiya deb ataladi. Gistologiyaning bu sohasini asosan I.I.Mechnikov, A.A.Zavarzin, N.G.Xlopin rivojlantirdilar va yangi g'oyalar bilan boyitdilar.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling