E. Qodirov. Gistologiya. T.: «Fan va texnologiya», 2012. 256 6


Download 1.72 Mb.
bet27/124
Sana22.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1110319
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   124
Bog'liq
2 5188641203070962777

Murtak davrida embrional rivojlanishning blastula davri tugab, murtakning boshlang'ich urchuqlari hosil bo'la boshlaydi. Bunda kelajakda turli to'qima va organlarni hosil qiladigan hujayralar, ya'ni urchuqlar (chegaralangan qismlar) paydo bo'iadi. Murtak davrida o'ziga xos tuzilgan hujayralardan tashkil topgan embrion varaqlari hosil bo'iadi va ular tabaqalanishi natijasida har xil to'qimalar vujudga neladi. Masalan, ektodermadan shakli naysimon nerv to'qirnasi urchug'i ajralib chiqadi, mezodermadan esa har xil somit bo'g'imlar hosil bo'lib, so'ngra ular sklerotom, mitom, dermatom va silanxiotomlarga ajraladi.
Umurtqali hayvonlarda, ko'pincha, yuqorida aytilgan boshlang'ich urchuslar bilan birgalikda, mezenxima ham shakllana boshlaydi. Mezenxima, asosan, embrionniig o'rta varag'idan hosil bo'lgan mezodermaning turli qismlaridan ajralib chiqqan hujayradan tarkib topgan bo'iadi va boshlang'ich urchuqlarning oraliq bo'shliqlarini to'ldirib turadi. Mezenxima tabaqalanishi natnjasida esa shakli va vazifasi har xil to'qimalar hosil boia boshlaydi. Masalan, qon hujayralariga, suyak, biriktiruvchi va silliq muskul to'qimalariga boshlang'ich moddiylik mana shu mezenximadan o'tadi.
To'qima (gistogenez) davrida to'qima urchug'idan o'ziga xos tuzilgan va muayyan vazifalami bajarishga moslashgan yetuk to'qimalar yetishib chiqadi. Har bir to'qimaning shakllanish jarayoni o'ziga xos yo'nalishda sodir bo'lib, bir-biridan tubdan farq qiladi. To'qimalaming mana shunday boshlang'ich urchuqdan hosil bo'lish jarayoni gistogenez deb ataladi. Binobarin, to'qima davri gistogenez davri hamdir. To'qimalar hosil bo'ladigan boshlang'ich urchuqda o'ziga xos o'zgarisHar sodir bo'ladiki, natijada urchuq hujayralari va hujayrasiz tuzilmala»: ixtisoslashib, har xil to'qimaga xos morfologik tuzilish va o'ziga xos fiziologik, shu bilan birga kimyoviy xususiyatlar kasb etadi. Bu jarayon davom etishi natijasida bora-bora organizmda to'qima, organ va sistemalar bunyodga keladi.
Demak, embrional rivojlanish davrining dastlabki bosqichida awal oddiy tuzilgan murtak hosil bo'lsa, rivojlanishning oxirgi davrlarida
49
murakkab tuzilgan va endilikda muayyan vazifani bajara oladigan to'qima va organlar paydo bo'ladi.
Embrional rivojlanishning mana shu gistogenez davrida hujayralarning morfologik tuzilishi va fiziologik holatini ularning tarkibiy qismi, ya'ni kimyoviy strukturasi ta'minlaydi. Chunki hujayralarning kimyoviy strukturasi ularda boradigan moddalar almashinuvi jarayoniga bog'liq. Binobarin, har bir embrion hujayrasida moddalarning almashinuv, jarayoni o'ziga xos fiziologik faoliyatiga qarab turlicha, oziq moddalarga bo'lgan extiyoji ham turlicha bo'ladi. Masalan, jo'ja embrioni yuragining rivojlanishi uchun organizmida glukoza konsentratsiyasi juda past bo'lishi kerak, nerv to'qimasi esa bunday sharoitda rivojlana olmaydi, chunki uning rivojlanishi uchun glukoza kamida ikki baravar ko'p boiishi shart.
Hozirgi vaqtda eksperimental tajribalar o'tkazib, obyektga gistogenez jarayoniga ta'sir qiluvchi har xil moddalar yuborib, ularning to'qimalar rivojlanishiga ta'siri o'rganib chiqilgan. Ma'lum boiishicha, glikoliz (yodatsetat) va sianidlar jo'ja miyasining o'sishini susaytiradi, yurakning rivojlanishiga esa aytarli ta'sir qilmaydi; fluoridlar esa, aksincha, yurak to'qimasining rivojlanishini susaytiradi, miya rivojlanishiga esa uncha ta'sir qilmaydi. Embrional rivojlanish davrida moddalar almashinuvi jarayoni turli to'qimalarda turlicha borishi ular tarkibidagi fermentlar miqdori va aktivligi har xil bo'lishnni taqozo qiladi. Demak, tabaqalanish (differensiyalanish) jarayoni deganda, o'z regionida o'ziga xos moddalar almashinuviga ega bo'lgan, natijada o'ziga xos morfologik tuzilishga va fiziologik vazifani bajarishga olib keladigan jarayon tushunilsa, hujayra va to'qimalar tabaqalanishi (differensiyalanishi) deganda, bir xil hujayra va to'qimalarda farqlanish yuzaga kelishi, ularnnng ontogenez jarayonida ixtisoslanishga sabab bo'ladigan o'zgarishlarga uchrashi tushuniladi.
3-§. To'qimalar klassifikatsiyasi
To'qimalar hozirgi zamon mikroskoplari va yangi tadqiqot usullari yordamida har tomonlama o'rganilishiga qaramay, shu vaqtgacha ularni aniq mujassamlashtiradigan yagona klassifikatsiya tuzilgan emas. Binobarin, to'qimalar tuzilishi, vazifasiga va rivojlanish xususiyatlariga qarab bir oz shartli ravishda bir necha guruhga bo'linadi. Har qaysi to'qima hujayralari o'ziga xos morfologik tuzilishga ega bo'lib, organizmning turli qismida joylashgan va turlicha vazifalarni bajarishga
50
moslashgan. Yana shunday to'qimaiar borki, o'zi bir xil bo'lishiga qaramay, organizmning hamma qismida uchrashi va har xil morfologik tuzilishga ega bo'ladi va turlicha fiziologik vazifani bajaradi.
Masalan, epiteliy to'qimasi organizmning juda ko'p qismida uchraydi va har qaysisi vazifasiga ko'ra boshqasidan farq qiladi. Chunonchi, yassi epiteliy - u asosan, ichki organlarning tashqi muhit bilan bog'ianmagan bo'shliq yuzalarini qoplab turadi va charvi, o'pkaning plevra pardasi va yurak xaltachasi yuzasini qoplovchi vazifasi bilan birga trofik va himoya vazifalarini ham o'taydi. Kubsimon va silindrsimon epiteliy hujayralari buyrak kanalchalari devorida va tashqi sekresiya bezlarining kichik va katta diametrdagi chiqaruv kanalchalari devorida hamda qalqonsimon bez va ovqat hazm qilish sistemasining devorlarida uchrab, o'ziga xos maxsus fiziologik vazifalarni bajaradi. Xuddi shuningdek, ko p qatorli kiprikli epiteliy va ko p qavatli epiteliy ham o'ziga xos morfologik tuzilishga ega bo'lib, turli xil vazifalarni bajaradi. Organizmda uchraydigan boshqa xil to'qimaiar ham shunga o'xshash keng tarqalgan. Warning hujayra elementlari va oraliq moddalari ham o'ziga xos fiziologik xususiyatlarga ega.
Aytilganlardan ko'rinib turibdiki, to'qimaiar har xil, ularning vazifasi ham har xil. Shuni hisobga olgan olimlar ularning yagona klassifikatsiyasini tuzishga ko'p marta urinib ko'rdilar. Masalan, to'qimalarning mikroskopik tuzilishi va rivojlanishi asosida birinchi klassifikatsiya tuzish XIX asrda yevropada boshlandi. I. Leyding 1853 -yili «Reptiliya va baliqlar anatomiyasi bilan gistologiyasi haqida ma'IumotIar» nomli asarida birinchi marta to'qimalarning morfologik tuzilishi va fiziologik xususiyatlariga asoslangan klassifikatsiyani taqdim etdi. Albatta, bu klassifikatsiya ayrim kamchiliklardan xoli emas edi. Lekin shunga qaramay, gistologiya fanini o'rganishda u ancha qulayliklar yaratdi. Bejiz emaski, o'sha davr mutaxassis va olimlari o'z asarlarida bu klassifikatsiyadan uzoq yillar mobaynida foydalanib kelganlar. Masalan, A. Kelliker 18ee-yili yozgan «GistoIogiyadan darslik» asarida birinchi marta klassifikatsiyadan foydalangan. I. Leyding bilan A. Kellinger bu klassifikatsiyani yana ham mukammal o'rganib, takomillashtirib, to'qimalarni to'rt guruhga bo'Iadilar. Bular: 1) epiteliy; 2) biriktiruvchi to'qima va qon; 3) muskul; 4) nerv to'qimasi. Bu klassifikatsiyada to'qimalarning morfologik tuzilishi va fiziologik xususiyatlari nazarga olingani uchun unga «To'qimaIarning morfofunksional klassifikatsiyasi» deb nom berildi. Hozirgi vaqtda ham ko'pgina gistologlar shu klassifikatsiyadan foydalanib kelmoqdalar.
51
Keyingi yillarda to'qimalarni har tomonlama chuqur o'rganishda bir necha xil klassifikatsiyalar taqdim etildi. Gistologlardan akad. A.A.Zavarzin organizmning evolutsion rivojlanish davridagi hayot faoliyatini nazarda tutib, funksionai prinsipga asoslangan klassifikatsiya tuzdi. Bunda u to'qimalarni bir-biridan quyidagicha farq qiladi.


  1. Download 1.72 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling