Ecologiya MurodovSh lot doc
Ekologik chidamlilik va valentlik
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
ekologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yerdagi hayotning harorat diapazoni (V.A.Radkevich, 1977). Yashash muhiti Minimum Maksimum
3.5 Ekologik chidamlilik va valentlik. Evolyutsiya
jarayonida organizmlarning ekologik omillarga aniq bir miqdor chegarasida moslashuv qobiliyati shakllanadi. Organizmlarning bu xususiyati ekologik chidamlilik deb ataladi. Ekologik omillar diapozoni qanchalik keng bo’lsa, unda yashaydigan organizmlarning ekologik chidamliligi shuncha katta bo’ladi. Misol tariqasida taxminiy haroratda quruqlik va suvdagi faol hayot diapazonini qarab chiqamiz (3.2 -jadval). 3.2 -jadval Yerdagi hayotning harorat diapazoni (V.A.Radkevich, 1977). Yashash muhiti Minimum Maksimum Tebranish amplitudasi Quruqlik -70,0 +55,0 125,0 Dengiz -3,5 +36,0 39,5 Chuchuk suv 0,0 +93,0 93,0 Jadvaldan ko’rinib turibdiki, haroratga nisbatan quruqlikdagi organizmlar yuqori darajada ekologik chidamlidir. Buni quruqlikdagi harorat sharoitlarining o’zgarishlarini suv ob‘ektlariga nisbatan tushuntirish mumkin. Shunday qilib, ekologik chidamlilik organizmlar mavjudligining tashqi 1958 yil atmosfera tarkibida CO 2 0,0315% tashkil etgan (milliondan 315 qismi, 1980 y.-0,0335%, 1995 y. 0,0348% oshdi). Taxminlarga ko’ra, XXI asrning oxirida uning tarkibi 0,06% yaqinlashadi, bug’lanish effektining yuz berishi natijasida Yer sharining o’rtacha yillik harorati 1,5-4,5 0 S ko’tarilishi mumkin. Buning natijasida iqlimning halokatli o’zgarishi, hech bo’lmaganda halokatli oqibatlar (muzliklarning erishi, okeanlar sathining ko’tarilishi) sodir bo’lish ehtimoli mavjud. Atmosferada CO 2 ning aylanish tezligi 4 yilga yaqin. Atmosferada CO 2 bilan bir qatorda kam miqdorda ikkita gaz shaklidagi birikmalar – CO oksidi va metan CH 4 mavjud. Ularning aylanish tezligi (atmosferaga bo’lish vaqti) 0,1 va 3,6 yilga mos keladi. Atmosfera tarkibida CO ning oshib ketishiga xususan avtotransportdan chiqayotgan gazlar sabab bo’ladi. CO dan nafas olish konda oksigemoglabin tarkibini kamaytiradi va gipoksga bog’liq boshqa kasalliklarni (asosan, yurak qon-tomir) keltirib chiqaradi. Fotosintez davrida atmosferadagi karbonat kislotasi tarkibidagi uglerodni o’simliklar, quyosh radiatsiyasi orqali endotermik singdirishi natijasida hazm qiladi. Demak, fotosintezni quyosh energiyasining uglerod ko’rinishida to’planish jarayoni deyish mumkin (aniqrog’i, uglerodning murakkab birikmalari). Uglerodning keyinchalik oksidlanishi natijasida (uning birikmalari) organizm hayot faoliyati uchun zarur bo’lgan energiyani oladi, bunda uglerodning bir qismi yana atmosferaga CO 2 ko’rinishda qaytadi. Organizmlar halok bo’lishi va fossilizatsiya davrida ugleroddan bo’shaydi (asosan CO 2 va CH 4 ko’rinishida). Organik moddalarning boshqa qismi minerallashadi; uglerodning uchmaydigan shakli (qazilma ko’mir, kerogen) hamda karbonatli minerallar (kaltsit, dolomit, siderit va boshq.) paydo bo’ladi. Qisman uglerod yuqorida qayd etilgandek, Yerning yuqori mantiyasi degazatsiyasiga bog’liq holda chuqurlikda (yuvenilli) paydo bo’ladi. Hisoblar bo’yicha, Yer po’stida tog’ jinslari (ohaktosh, dolomit va boshq.) ko’rinishida 2·10 16 tonnaga yaqin uglerod borligi aniqlangan. Yoqilg’i qazilma boyliklari tarkibida (qazilma ko’mirlar, slants, bitum, torf, yer osti gazlari yoqilg’ilari) ham qisman uglerod mavjud bo’lib, uning zahirasi 10 13 tonnadan oshib 47 74 www.qmii.uz/e-lib www.qmii.uz/e-lib sharoitlariga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Organizm yoki turning muhitni har xil sharoitlarida mavjudligini «ekologik valentlik» atamasi bilan aniqlanadi. Turning ekologik valentligi bitta omilga nisbatan qiska va boshqasiga nisbatan keng bo’lishi mumkin. Xar hil omillar valentligining umumiy yig’indisi turning ekologik spektri deb nom olgan. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling