Ecologiya MurodovSh lot doc


Tizim – bu o’zaro aloqada va munosabatda bo’lgan bir


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/125
Sana03.06.2024
Hajmi1.27 Mb.
#1840550
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   125
Bog'liq
ekologiya

Tizim – bu o’zaro aloqada va munosabatda bo’lgan bir 
qancha elementlardan iborat bo’lib, kamida bitta yangi 
xususiyati bilan tavsiflanadigan o’ziga xos bir butunlikni 
ifodalaydi. 
Tizimli tadqiqot ilmiy va texnik muammolar yig’indisi 
bo’lib, tadqiqot ob‘ekti o’ziga xos xususiyati va xilma-xilligi 
bilan tizim sifatida karaladi. Tizimning muhitni tahlil qilish 
vositasi matematika, kibernetika va axborotlar nazariyasi 
hisoblanadi. 
Tizimli yondashish - bu amaliy masalalarni yechish 
uslubi bo’lib, mavjud sharoitlarda zarur bo’lgan masalalarni 
yechish operatsiyasini va bu operatsiyalarni o’tkazish vositasini 
umumiy tizim sifatida qarashni ifoda etadi. Tizimli yondashish 
tufayli ko’pgina ekologik va tabiatni muhofaza qilish 
muammolarini har tomonlama yechish ta‘minlanadi. 
1.2 Biologik tizimlar. Tabiatda biotik (jonli) 
komponentlar (tizimlar nazariyasidagi elementlar) abiotik (jonsiz) 
komponentlar energiya va moddalar almashinishi yo’li bilan bitta 
umumiy -biologik tizimni tashqil etib, o’zaro tartibli munosabatda 
bo’ladi. Bu tizim birmuncha past darajada tizimga yaqin tuzilgan. 
Biotizimlar o’z-o’zini tashqil etish va o’zining faoliyatini uzluksiz 
ravishda teskari aloqa signallariga muvofiqlashtiradi. 
Biologik tizim - bu o’z-o’zini hosil qiladigan (hujayra, 
organizm, jamoa va b.q.) muhit va boshqa tizimlar bilan bir 
butun 
birlik 
sifatida 
o’zaro 
munosabatda 
bo’lgan 
biokimyoviy, fiziologik, biotsenotik va boshqa funktsiyalarni 
bajaradi. 
Bunda o’z-o’zini hosil qiluvchilar deganda biologik 
tizimda fizik-kimyoviy va biologik hodisalarning ichki va tashqi 
ta‘siri tufayli vujudga keladigan yangi organizmlarning paydo 
bo’lishi tushuniladi. 
Teskari aloqa - biologik tizimlarning o’z-o’zini 
boshqarishni tushuntiruvchi kibernetik atama bo’lib, ijobiy va 
salbiy bo’lishi mumkin. O’z-o’zini boshqarish - tashqi ta‘sir 
oqibatida tuzilishi va xossalari o’zgargan biotizimning ichki 
tizimni tiklash qobiliyatidir. Hozirgi zamon tasavvurlarga ko’ra, 
muhit bilan o’zaro munosabatda bo’lgan bir-biridan tafovut 
etadigan 6 ta darajadagi komponentlarga ajratiladi (1.1 -rasm). 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling