Ecologiya MurodovSh lot doc


-ma’ruza. Mavzu: EKOLOGIK OMILLAR


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/125
Sana03.06.2024
Hajmi1.27 Mb.
#1840550
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   125
Bog'liq
ekologiya

3-ma’ruza. Mavzu: EKOLOGIK OMILLAR 
3.1 Ekologik omillarning umumiy ta‘rifi 

3.2 Ekologik omillar tasnifi 

3.3 Abiotik omillar 

3.4 Biotik omillar 

3.5 Ekologik chidamlilik va valentlik 

3.6 Ekologik omillarning mintaqaviyligi

3.7 Stenobiontli va evribiontli organizmlar 

3.8 Cheklangan omillar 
 
3.9 Minimum qonuniyatlari 

3.10 Tolerantlik qonuni 

3.11 Ekologik omillarning o’zaro ta‘siri 

3.12 Ekologik omillar va ekologik jarayonlar 
Adabiyotlar: 12; 18; 21; 28; 30. 
 
Tayanch iboralar: abiogenli, valentlik, geterotroflar, 
destruktsiya, konservatsiya, sut emizuvchilar, radikal tadbirlar, 
steno, termitlar, tolerantlik, evri, epipet. 
3.1 Ekologik omillarning umumiy ta‘rifi. Omillar 
atamasi bilan muhit, atrofdagi organizm yoki ularning jamoasini 
sharoit va elementlarining vaqt va makonda dinamik xilma-xilligi 
tavsiflanadi. Omil-jarayon yoki uning sharoitini, jarayonga ta‘sir 
etuvchi harakat kuchini yoki qandaydir jarayon yoki hodisaning 
mavjudlik shart-sharoitini ifodalaydi. 
 
Ekologik omil – muhitning har qayday elementi (yoki 
sharoiti) bo’lib, tirik organizmlarning hech bo’lmaganda bir 
rivojlanish fazasiga bevosita yoki bilvosita ta‘sir ko’rsatish 
qobiliyatiga ega. Ekologik omilga nisbatan tirik organizmlar 
moslashishiga harakat qiladi. 
3.2 Ekologik omillar tasnifi. Ekologik omillar odatda 
jonsiz (abiotik) tabiat omillari, jonli (biotik) tabiat omillari 
turkumga bo’linadi. Muhitning ekologik omillarini batafsil 
tasniflash I.N. Ponomaryova (1978) tomonidan taklif etilgan. Bu 
taklif 3.1 jadvalda keltirilgan. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling