www.qmii.uz/e-lib
www.qmii.uz/e-lib
bir element hech bo’lmaganda bitta element bilan) muhim va ular
bir butunlikni tashkil etadi. Murakkab tizimlarda esa ular o’zaro
bog’langan sathlarga bo’lingan.
Ekotizim tashkil topishining muhim farqli xususiyati, unda
tirik organizmlarning bevosita (yoki bilvosita) ishtirok etishidir.
Tirik organizm singari har qanday ekotizim boshlanishiga
(tug’ilish), yashash davriga (faoliyat) va tugashi (ekotizim
parchalanishi, ekotsid)ga ega.
Yuqorida
qayd etilganidek, ekotizimlar ierarxik tashkil
topish
xususiyatiga ega, ya‘ni uning ayrim elementlari
qaralayotgan tizimning quyi va yuqori tartibini bildiradi.
Bu yerda shuni qayd etish lozimki, hozirgi vaqtda ko’pgina
fanlar va olimlar tomonidan absolyut
deb olingan dunyo modeli
rad etilmoqda. Ushbu modelning o’rniga tizim sathlarining
ierarxik tuzilishi qo’llanilmoqda.
Yu.A.Kosigin (1971) moddalar
tashkil topishining asosiy
sathlari tushunchasini kiritdi. Uning fikricha,
bunday sathlar
ikkita: atom-molekulyar va planetar. Shulardan birinchisi –kristalli
va qisman tog’ jinslarini, ikkinchisi – planetamizning mavjudligini
bildiradi.
Ekologiyada moddalar tashkil topishining asosiy
sathlari biogeotsenoz va biosfera bo’lishi mumkin.
Tarkibiy ierarxiyada uni joyi quyidagi sxemada keltirilgan
(6.1- sxema).
Do'stlaringiz bilan baham: