Ecologiya MurodovSh lot doc
Ekoton turlar chegarasi nafaqat ekotizimlarni ajratadi
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
ekologiya
Ekoton turlar chegarasi nafaqat ekotizimlarni ajratadi, balki ularni o’ziga xos birlashtiradi. Katta ierarxik sathlarni tashkil topishida bog’lovchi tugun bo’lib qatnashadi. O’rmoncho’lni o’rmon va cho’l ekotizimlar oralig’idagi global ekoton sifatida qarash mumkin. Vertikal chegaralarni ajratish murakkabroq. Masalan, ba‘zi mualliflar (A.R.Reytyum, K.N.Dyakonov va boshq.). geomajmualar yuqori chegarasining holatini, ularning toksonomik darajasi bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq deb hisoblashadi. Boshqa mualliflarning (masalan, A.G.Isachenko) ko’rsatishicha, ko’pgina atmosfera hodisalari (bulutlilik, yoғinlar va boshq.) qaysi balandlikda shakllanishiga bog’lik bo’lmagan holda, biogeotsenozda ham yuqori darajadagi toksonlarda ham teng ko’rsatkichda tavsiflanadi. N.L. Beruchashvili bo’yicha, biogeotsenozning yuqori chegarasi eng baland daraxtlar uchi bilan aniqlanadi. Mualliflarning fikricha, bu biogeotsenoz, biotsenoz yig’indisi deb tushunilib, tashqi muhit qayta shakllanishi (o’zaro ta‘sir), ko’proq (bu holda havo massasi) o’simlik qatlamlarida seziladi. Quyi chegarani belgilashda umumiy tushuncha yo’q. M.A.Glazovskiy quyi chegarani o’simliklar tizimi ildizlarining asosiy qismi joylashgan (99% ko’proq) quyi sathdan o’tkazishni tavsiya qiladi. Boshqa mualliflar esa uni yumshoq va asosiy tog’ jinslari birlashgan joydan, sizot suvlari sathi-holatiga qarab, doimiy o’zgarmas harorat chuqurligi va boshqalar orqali o’tkazishni taklif qiladi. Bu holatda ba‘zi neftgaz qatlami mavjud bo’lgan hududlarda yer yuzasidan 3-4 km chuqurlikda topilgan anaerob bakteriyalarni nima qilish kerak? Ekotizimlarning vaqtinchalik chegaralari undan ham murakkabroq masala. Vaqtning bir tomon yo’nalishiga bog’liq Yirik meteoritlarning qulashi davrida katta miqdorda energiya ajralib chiqadi: kraterning diametri 1 km bo’lganda – 1,2·10 18 , 100 km – 3·10 24 va 1000 km – 5·10 27 J ajralib chiqadi. Bu 1883 yilda insoniyat tarixida eng yirik halokatli vulkan hisoblangan Krakatau vulkoni portlashidan (portlash energiyasi 1,8·10 22 J) hosil bo’lgan energiyadan 5 martaga ortiqdir. Taqqoslash uchun AQSh termoyadro uskunalarida hosil qilingan 5 Mt portlashda 8 seysmik magnit qimirlash sodir bo’ladi va 5,7·10 16 J energiya ajralib chiqadi. Hayvonlarninng eng ko’p qirilib ketishi ma‘lum mezozoy va kaynazoy eralari chegarasida sodir bo’lgan. Shu munosabat bilan Moskvada (1984) bo’lib o’tgan XXVII Xalqaro geologik kongressda professor D.Mak-Larenning (Kanada) faunalarni global qirilib ketish davri iridiyani, indikator sifatida cho’kindilarda meteorit moddalari aralashmasining katta tarkibi, unchalik uzoq bo’lmagan vaqtda avj olganligi to’g’risidagi ma‘ruzasi qizg’in kutib olindi. Ortiqcha iridiya miqdori bo’r davriga qarashli qatlamlarida topilgan. Yer bilan to’qnashgan meteoritning diametri 10 km ga yaqinligi aniqlandi. Astronom A. Krjivskiy xuddi shu kongressda, portlashdan hosil bo’lgan energiya 10 4 – 10 6 vodorod bombasi portlashiga 100-1000 metr balanlikka ega bo’lgan tsunami to’lqini (meteoritlarning okeanlarga qulashi), bug’langan suvdan hosil bo’lgan bulutning diametri 100-1000 metr va balandligi 100 km bo’lib, u mintaqalarning qirg’oq oldi qismlarida xarobalik va global sovuq tushishiga sabab bo’ladigan energiyaga teng. Bu mezozoy erasidagi stenoterm organizmlarga halokatli ta‘sir qildi. M.I. Budiko (1982) taklif qilganidek, mezozoy davrining ikkinchi yarmida atmosferada kislorod miqdorining kamayishi vaziyatni qiyinlashtirdi, bu esa ko’plab hayvonlarning biologik qarshiligini kamaytirdi, xususan yirik va uchadiganlarning (masalan dinozavrlar) biologik karshiligini kamaytirdi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling