Ehtimollar statistikasi


Laboratoriya mashg’ulotida bajariladigan vazifalar


Download 447.18 Kb.
bet4/12
Sana19.06.2023
Hajmi447.18 Kb.
#1606984
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
4-amaliy mashg\'ulot

Laboratoriya mashg’ulotida bajariladigan vazifalar:

  1. Masaladagi barcha parametrlarni variant nomeriga moslab o’zgartiring va masala shartini qayta yozing (bunda V – variant nomeri);

  2. Tajriba va tasodifiy hodisalarni aniqlang;

  3. Tadqiq qilinayotgan A hodisani va boshqa hodisalarni ajrating;

  4. Hisoblash uchun kerakli formulalarni yozing va hisoblashlarni kalkulyatorda bajaring.



1.1-masala. 2 ta tanga tashlangan, quyidagi hodisalar ehtimollarini toping:
1) Ikkala tangada ham gerb tomon tushdi;
2) Hech bo’lmaganda bitta tangada gerb tomon tushdi;
3) Hech birida gerbli tomon tushmadi;
3 ta tanga tashlangan, quyidagi hodisalar ehtimollarini toping:
4) Hamma tangada gerb tushdi;
5) Hech bo’lmaganda bitta tangada gerb tushdi;
6) Faqat 1 ta tangada gerb tushdi;
7) Faqat 2 ta tangada gerb tushdi;
8) Hech birida gerbli tomon tushmadi;
4 ta tanga tashlangan, quyidagi hodisalar ehtimollarini toping:
9) Hamma tangada gerb tushdi;
10) Hech bo’lmaganda bitta tangada gerb tushdi;
11) Faqat 1 ta tangada gerb tushdi;
12) Faqat 2 ta tangada gerb tushdi;
13) Faqat 3ta tangada gerb tushdi;
14) Hech birida gerbli tomon tushmadi;
O’yin kubigi tashlandi. Quyidagilarni toping:
15) juft raqamlar tushish ehtimolini;
16) «1» yoki «6» raqamlari tushish ehtimolini;
2 ta o’yin kubigi tashlandi. Quyidagilarni toping:
17) faqat juft raqamlar tushish ehtimolini;
18) bittasida juft, boshqasida toq raqam tushish ehtimolini;
19) tushgan raqamlarning yig’indisi juft bo’lgan hodisalar ehtimolini;
20) tushgan raqamlarning yig’indisi toq bo’lgan hodisalar ehtimolini;
21) Raqamlarning yig’indisi ularning ko’paytmasidan katta bo’lgan hodisalar ehtimolini;
22) Raqamlar yig’indisi 6 dan kichik bo’lgan hodisalar ehtimolini;
23) Raqamlar yig’indisi 8 dan katta bo’lgan hodisalar ehtimolini;
3 ta o’yin kubigi tashlandi. Quyidagilarni toping:
24) faqat juft raqamlar tushish ehtimolini;
25) bittasida juft, boshqalarida toq raqam tushish ehtimolini;
26) tushgan raqamlarning yig’indisi juft bo’lgan hodisalar ehtimolini;
27) tushgan raqamlarning yig’indisi toq bo’lgan hodisalar ehtimolini;
28) Bir xil raqamlar tushish ehtimolini;
29) Turli xil raqamlar tushish ehtimolini;
30) Raqamlar yig’indisi 4 ga bo’linadigan hodisalar ehtimolini;
31) Raqamlar yig’indisi 5 ga bo’linadigan hodisalar ehtimolini toping.



Download 447.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling