Ekologiya va botanika kafedrasi botanika fanidan


Download 137.39 Kb.
bet1/17
Sana18.06.2023
Hajmi137.39 Kb.
#1585409
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Хашоротхурлар оиласи


О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
EKOLOGIYA VA BOTANIKA KAFEDRASI


BOTANIKA FANIDAN
HASHOROTXO’RLAR OILASI”
mavzusida


KURS ISHI
Bajardi: Biologiya ta’lim yo’nalishi 212-guruh talabasi
Egamberdiyev Ziynatilloh Nodirbek o’g’li
Kurs ishi rahbari: Turginov O.

Andijon -2021


Mundarija


I BOB. Kirish
II BOB. Asosiy qism
2.1 Empetrumdoshlar oilasi (empetraceae)
2.2 Sarratseniya gullilar ajdodi (sarraceniales)
2.3 Hasharotli o'simliklar
III BOB. Xulosa
IV BOB. Adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O’simliklar ekologiyasi - o’simliklarning tashqi muhit bilan aloqasi to’g’risidagi fan bo’lib, o’simliklar shakllarini paydo bo’lishiga ayrim faktorlaming yoki ularning birgalikdagi ta’sirlarini o’rganadi.
O’simliklarni tashqi muhitning biror faktoriga nisbatan ekologik guruhlar ajratiladi. O’simliklarning tuzilishiga tuproqning va , havo namligining hamda yorug’lik kabi muhim faktorlar ta’sir etadi. Bu faktorlarga o’simliklar turlicha moslashadi, shuning uchun kserofitlar yoki ssiofitlar (soya sevar o’simliklar) tashqi - gabitusi va ichki tuzilishlari bilan farq qiladilar. Ular turli hayotiy shakllarga ega.
O’simliklarning hayotiy shakli yoki biomorfi (yunon. bios - hayot, morfo - shakl) deganda o’simliklarning ontogenez davrida aniq ekologik sharoitga moslashib shakllangan o’ziga xos tashqi qiyofasi tushuniladi. Gabitus birinchi nabdatda o’simliklarni er ustki va er ostki kabi vegetativ organlarning o’ziga xos o’sish xususiyatlariga bog’liq.
O’simliklarni namlikka bo’lgan munosabatiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi.
1) Kserofitlar (kseros - quruq; fiton - o’simlik) - tuproq va havoda doimiy yoki vaqtinchalik suv tanqisligiga moslashgan o’simliklar.
2) Mezofitlar (mezos - o’rtacha) namlik etarli bo’lgan joylarda o’sadigan o’simliklar.
3) Gigrofitlar (gigra - nam) tuproqda havo namligiga nisbatan ko’proq nam bo’lgan erlarda o’sadigan o’simliklar.
4) Gidrofitlar (gidra-suv) suv muhitiga moslashgan o’simliklar. Bu o’simliklar suvga yarim botib yashaydilar.
5) Gidatofitlar - butunlayiga suvga botib yashovchi o’simliklar. Gidatofitlarga elodeya, vallisneriya, suv ayiqtavonlari kabi o’simliklar kiradi. Bu

Download 137.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling