Ekologiya va botanika kafedrasi botanika fanidan


Empetrumdoshlarning xo‘jalikdagi ahamiyati-


Download 137.39 Kb.
bet3/17
Sana18.06.2023
Hajmi137.39 Kb.
#1585409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Хашоротхурлар оиласи

Empetrumdoshlarning xo‘jalikdagi ahamiyati- Bu oila va­killari xo‘jalikda uncha katta ahamiyatga ega emas. Faqat ular­ning mevasini yeyish mumkin.
2.2 SARRATSENIYA GULLILAR AJDODI (SARRACENIALES)
Bu ajdodga biologiyasi va oziqlanishi jihatidan juda ajablanarli o‘simliklar kiradi. Ularning gullari to‘g‘ri, 2 jinsli yoki ayrim jinsli, oddiy yoki qo‘sh gulqo‘rg‘onli bo‘lib, gul qiomlari doirada to‘rttadan yoki beshtadan joylashgan. Ut va buta vakillarining barglari navbat bilan joylashgan. Evo-lyutsion taraqqiyotda ularning barglari o‘zgarib hasharotlar tutish quroliga aylangan. Bu ajdodga bargchasi hasharotlar vosi-tasi bilan changlanuvchi 3 oila (1. Sarraceniaceae, 2. Nepentha-ceae, 3. Droseraceae) kiradi.
Sarratseniyadoshlar oilasi (Sarraceniaceae). Bu oila 12 turdan iboratdir. Ular o‘t o‘simliklar bo‘lib, faqat Amerikaning botqoqlik joylarida o‘sadi. Barglari metamorfozlashgan, tuzilishi bilan qopga o‘xshash o‘t o‘simliklardir. Gullari ikki jinsli ayrim yoki chochoq to‘pgulda joylash­gan. Gulqo‘rg‘onlari oddiy yoki qo‘sh gulqo‘rg‘onlidir. Go‘lqo‘rg‘on bargchalari beshtadan. Kosachabarglarining tashqarisida gul yonbarglari bo‘ladi. Otaliklari ko‘p. Onaligi 1 ta. Mevabargi 5—6 ta, qo‘shilib o‘sadi, ko‘p urug‘li 5—6 uya hosil qiladi. Meva-si pallaoi bo‘ylab chatnaydigan ko‘sakdir- Urug‘lari endosperm-lidir. To‘pbarglarining ko‘pchiligi qisqa bandli bo‘lib, ko‘zacha shakliga aylangandir. Ularning har qaysisining poyaga qara-gan tomonida tumorga yoki qopqoqchaga o‘xshash qanotsimon o‘sim-tasi bo‘ladi. Bu oilaning darlingtoniya kalifornika (Darlin-gtonia Californica) degan turi Kaliforniyada tarqalgandir. Boshqa avlodlarining vakillaridan xeliamfora (Heliamphora) esa Janubiy Amerikada, Britaniya Gvianasida o‘sadi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, sarratseniya turlari o‘zaro chatishtirilsa, ko‘zacha barglari yana ham yirikraq va rangi ajoyibroq bo‘lgaya individlar hosil bo‘ladi.
Nepentesdoshlar oilasi-(Nepenthaceae) Bu oila vakillari barg bandlari bilan ilashib o‘suvchi, lianasimon chala butalar bo‘lib, yolg‘iz nepentes (Nepenthes) lar avlodidan iboratdir. Ular faqat eski qit’aning tropiklarida Madagaskarning shimolidan boshlab, Xindo-Malayyadan Avstraliyaning shimoliy chegarasigacha tarqalgan (156-rasm). Eng ko‘p tarqalgan yeri Borneo orollari hi-soblanadi. Nepenteslarning bargla­ri navbatlashib o‘rnashgan bo‘lib, plastinkasi gajak yoki qopqoqli ko‘-zacha bilan tugaydi (174-rasm). Gul tuzilishi bilan ajdodning boshqa oilalaridan farq qiladi. Uning gullari bir jinsli va 2 uylidir. Gulqo‘rg‘on bargchalari to‘rttadan bo‘ladi. Otaligi 4—26 ta, iplarn qushilib o‘sib ustunga aylangan, ona­ligi 4 mevabargli, tugunchasi ustki va 4 uyalidir. Mevasi pallaga ajraluvchi ko‘sakchadir. Urug‘kurtagi ko‘p bo‘lib, mevabarg chetlarida bir necha qator bo‘lib joylashgan. Urug‘lari endospermsiz. Ularning barg­lari ko‘zachasimon bo‘lib, poyasining hamma qismida yoki ildiz bo‘g‘zida 156-rasm. Nepentes (Hepenthes). joylashadi.


Download 137.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling