Ekologiya va botanika kafedrasi botanika fanidan


Nepentes (Hepenthes). To’pgulli va ko’sakchali shoxchasi


Download 137.39 Kb.
bet4/17
Sana18.06.2023
Hajmi137.39 Kb.
#1585409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Хашоротхурлар оиласи

Nepentes (Hepenthes). To’pgulli va ko’sakchali shoxchasi


Ko‘p turlarida ko‘zachasimon barglari har xil bo‘ladi. Il­diz bo‘g‘izlaridan va qisqa poyalaridan chiqqan barglari ildiz bo‘g‘zidan yuqorida va uzun novdalarida vujudga kelgan ko‘zacha-simon barglardan farq qiladi. Ko‘zachasimon bargning ich to-monini 3 zonaga bo‘lish mumkin: 1) ko‘zachaga kiraverishdagi halqa zonasi; 2) toyish zonasi, bu zonada chiqaruvchi bezlar yo‘q. Mum qatlam bilan qoplangan, pastga qaragan tuklar bo‘ladi; 3) bezli zonalar. Bu ost qismi bo‘lib, bu yerda behisob dumaloq ko‘p hujayrali bezlar bo‘ladi. Bular o‘zidan shira chiqaradi. Bunday shiralar qopqoqchadan, ko‘zacha og‘zining chetlaridan va halqadan ham chiqadi. Shiradon bezlaridan chiqqan hid va shi­ralar ko‘zachada to‘planadi, o‘ziga hasharotlarni jalb qiladi. Ko‘zachasining ichki devorchasi oshqozon bezlari singari oqsilli moddalarni eritib yuboruvchi shiralar chiqaradigan bezlar bi­lan qoplangan. Kuzachaga ilingan hasharotlarning tanasi u yer-dagi oshqozon beziga o‘xshash suyuqlikda eriydi. Boshqa bezlar ta’sirida erigan moddalar yutiladi, xitin kabi erimagan qismi ko‘zachaning tagida to‘planadi. Bu o‘simliklar hasharotlar bilan oziqlanganidan hasharotxo‘r o‘simliklar deb aytiladi.
Nepentesdoshlarning xo‘jalikdagi ahamiyati. Bu oilaning bir qancha turlari ajoyib ko‘zachasimon bargli va hasharotxo‘r o‘simliklar vakillari sifatida oranjereyalarda o‘stiriladi.
Shudringdoshlar oilasi (Droseraceae) Bu oila vakillari ham hasha- rotlar bilan oziqlanuvchi o‘t va chala buta o‘simliklar bo‘lib, botqoqliklarda va suvda o‘sadi. Ut vakillarining barglari ildiz bo‘g‘zidan to‘p bo‘lib chiqqan va.bezli tuklar yoki dag‘al tuksimon o‘simtalar bilan qoplangandir. Yonbarglari yo bo‘ladi, yoki bo‘lmaydi. Gullari yakka-yakka joylashgan yoki shingil tipida to‘pgul hosil qiladi. Kosachabarglari ham, tojbarglari ham doirada 4—5 tadan joy­lashgan. Otaligi 4—20 ta, changlari 4 tadan, qo‘shilib tetrada hosil qiladi. Onaligi bitta, 3-—5 mevabargdan iborat. Tugun-. chasi ostki va bir uyalidir. Urug‘kurtaklari tuguncha devorchasi-da, ko‘pincha, tugunchaning tagida yoki ustun bo‘lib o‘sib chiq*qan qismida joylashadi. Mevasi 4—5 pallaga bo‘linadigan ko‘sak-chadir. Ko‘pincha o‘zidan changlanadi. Qleystogam gullari ham bo‘ladi.
Ba’zi turlarida barg bandlarining ilashuvchi organlarga aylanishi, boshqa turlarida tugunaklar hosil bo‘lishi, eng qi-zig‘i barglarining hasharotlarni tutishga moslanganligi bu oilaning xususiyatlaridan biridir-
Shudringdoshlar oilasi 5 avlod va 110 turdan tashkil top-gandir. Ular YEvrosiyoda, Urta dengizda, Avstraliyada va tropik mamlakatlarda tarqalgandir.

Download 137.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling