Ekologiya va botanika kafedrasi botanika fanidan


Download 137.39 Kb.
bet5/17
Sana18.06.2023
Hajmi137.39 Kb.
#1585409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Хашоротхурлар оиласи

Shudringo‘tlar avlodi (Drasera). Bunga 90 tur kiradi. Bu-lar Avstraliyada va tropiklarda tarqalgandir. Uning faqat 2 turi YEvropaning sfagnumli botqoqliklarida o‘sadi-
Dumaloq bargli shudringo‘t (D. rotundifolia) Bu botqoqlik-larda yashaydigan ko‘p yillik o‘tdir. Uning barglari uzun band-li, ildiz bo‘g‘zidan chiqqan bo‘ladi. Dumaloq plastinkasining chetlarida va ust tomonida kuchli ravishda bezli tuklar ta-raqqiy etadi. Bu bezlar oshqozon shirasiga o‘xshash suyuqlik chi-qaradi. Yopishqoq bezli barglar tomonidan tutilgan hasharot-lar bunday suyuqliklarda hazm qilinadi. To‘pbargining o‘rta-sidan uchi bir nechta, to‘g‘ri tuzilgan gullar bilan tugaydigan gul o‘zagi chiqadi (157-rasm). Bu shudringo‘t lentasimon bargli
shudringo‘t bilan (D. anglica) birga SSSR YEvropa qismida va Qavkazda o‘sadi. Uchinchi turi miyona shudring-o‘t (D. intermedia) SSSR YEvropa qismining g‘arbida va Sibirda tar-qalgan.
Shudringbarg avlodi (Drosophyl-lum). Bu avlod vakillari ham shud-ringo‘tga o‘xshaydi. Barglarining kallakchasimon uchi kengaygan, alo-hida o‘simtalar bilan qoplangan. Bu o‘simtalarning naycha tolalar bog‘lami bo‘lib, cho‘zilib oquvchi suyuqlik chiqaradi. Bu suyuqliklar bargning kengaygan yerida tomchi shaklida to‘planadi va ko‘rinishi bi­lan shudringni eslatadi. Drozofil-lum, ya’ni shudringbarg deb nom olishining ham sababi shu. Chiqaril-gan suyuqlikka mayda hasharotlar qo‘nadi. Ular bu suyuqlikda halok bo‘lib o‘simlikka ovqat bo‘ladi. Bu suyuqlik tuxum oqsilini ham, go‘sht va boshqalarni ham erita oladi. Oqsilsiz moddalar bargda erimaydi. Shudringbarg bir turdan (D. lusitanicum) ibsrat bo‘lib, Ispaniyada, Portugaliya-da va Marakkoda tarqalgan.
Aldrovanda avlodi (Aldrovanda). Bu avlod vakillari may­da hasharotlar bilan oziqlanuvchi suv o‘ti bo‘lib, yolg‘iz bir turdan iboratdir. Pufakli aldrovanda (A. Vesiculasum). Bu ildizsiz, poyasi ingichka, ipsimon, bir oz shoxlangan, uzunligi 5—10 sm, suzib yuruvchi o‘t o‘simlikdir. Uning barglari halqa bo‘lib joylashadi. Qoshiqqa o‘xshash barg plastinkasiga suv hayvonlari kelib qolishi bilan ikki bukilib uni tutib oladi. ­


Download 137.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling