Ekologiya va botanika kafedrasi botanika fanidan
Download 137.39 Kb.
|
Хашоротхурлар оиласи
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB Empetrumdoshlar oilasi (Empetraceae)
- Qora empetrum
Kurs ishining vazifasi. O’simliklarning ba’zilarining ildizlari xovuzlaming tubidagi loylarda yopishib o’sadi, ba’zilari suvda suzib yuradi. Faqat gullash vaqtida to’pgullari suv yuzasiga chiqadi.
Gidatofitlarda gaz almashinish suvda erigan kislorodning kam bo’lganligi sababli qiyinlashadi. Suvni harorati qancha baland bo’lsa shuncha suvda shuncha kislorod kam bo’ladi. SHuning uchun gidatofitlarning organlarini yuzasi umumiy massasidan qo’p bo’ladi, ularning barglari juda yupqa bo’ladi. Masalan elodeyaning barglari faqat 2 qator hujayralardan tashkil topgan, ba’zi barglari ipsimon bo’laklarga bo’lingan ham bo’ladi. Suvda botib o’sadigan o’simliklarga yorug’lik kamroq etib boradi, shuning uchun gidatofitlarda soyasevarlik xususiyatlari ham bor. Epidermasida esa fotosintezga qatnashuvchi xloroplastlar mavjud. Epidermasida kutikula bo’lmaydi yoki juda yupqa bo’lib suvning kirib chiqishiga halaqit bermaydi. SHuning uchun suv o’simliklari, suvdan chiqazganda suvini butunlayiga yo’qotib bir necha minutda qurib qoladi. Suv havoga nisbatan zichroq shuning uchun suv o’simliklarni ushlab turadi. Bu guruh o’simliklarining to’qimalarida yirik hujayra oraliqlari mavjud bo’lib gaz bilan to’lib yaxshi ko’rinadigan ayrenximani hosil qiladi. SHuning uchun suvda yashovchi o’simliklar suvda bemalol botib yashaydi, ular hech qanday mexanik to’qimaga muhtoj emas. O’tkazuvchi naylari mutlaqo bo’lmaydi yoki juda sust rivojlanadi, ular suvni butun tanasi bilan shimadi. Hujayra oraliqlari faqat suvda suzishini ta’minlabgina qolmasdan gaz almashinish joyi hamdir. Kunduzi fotosintez vaqtida ular kislorod bilan to’ladi, qorong’ida esa kislorod to’qimalarning nafas olishi uchun sarflanadi, nafas olganda ajralib chiqqan karbonat angidridi tunda hujayra oraliqlarida to’planadi, kunduzi fotosintezga qatnashadi. Ko’pchilik gidatofitlar vegetativ yo’l bilan ko’payadilar. II BOB Empetrumdoshlar oilasi (Empetraceae) Bu oila vakillari ensiz bargli, tashqi ko‘rinishi bilan veskgullilarga o‘xshash bo‘lgan kichik butacha o‘simliklardir. Ularning gullari ayrim jinsli va 2 uylidir. Erkak gullari uchlik tipida tuzilgan. Gulqo‘rg‘on bargchalari uchtadan, otaligi 3 ta bo‘ladi. Urg‘ochi guldagi onaligi 1 ta, mevabarglari 6—9 tadir. Tugunchasi ustki, 6—9 uyali. Ikki jinsli gullar ham uch-raydi. Mevasi sersuv, danakcha yoki rezavor-mevadir. Bu oilaga 4 turdan iborat empetrumlar avlodi kiradi. Qora empetrum (Empetrum nigrum). Bu barglarining chetlari qayrilib naychaga aylayagan, og‘izchalari faqat og‘iz tomo-nida joylashgan,_shamol bilan changlanuvchi doimiy yashil buta-chadir. U shimoliy qutb atroflaridagi sovuq mamlakatlarda tarqalgan. Faqat Chilining And tog‘larida o‘ziga yaqin boshqa turi bilan almashadi. Go‘l tuzilishiga qarab bu oilani sutlamagullilar ajdodiga qo‘shadilar. Ammo bu oila vakillari urug‘kurtagining to‘g‘ri va mevasining rezavor yoki danakcha bo‘lishi bilan ulardan kes-kin farq qiladi. Keyingi belgilariga ko‘ra boshqalar uni itjumrutgullilar ajdodiga qo‘shadklar. Download 137.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling