Ekologiya va mehnat muhofazasi
-jadval Yong‘inga qarshi to‘siqlarning o‘tga chidamlilik xususiyatlari
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Xushnid
3-jadval
Yong‘inga qarshi to‘siqlarning o‘tga chidamlilik xususiyatlari T/r To‘siqlarning nomi To‘siq turi 1 2 3 1. Yong‗inga qarshi devor 2,5 0,75 2. Tom yopkich plitalar 2,5 1,0 0,75 3. Eshiklar, derazalar, darvozalar, tutunga qarshi darvozalar 1,2 0,5 0,25 4. Pardevorlar 0,75 0,25 5. Tambur eshiklari 0,75 0,6 6. Devorlar 0,75 Yong‗inga qarshi tom yopkichlilar deb, o‗tda yonmaydigan ashyolardan tayyorlangan va tutun o‗tkazmaydigan, o‗tga chidamlilik chegarasi 0,75 soatdan kam bo‗lmagan yaxlit qurilmalarga aytiladi. Yong‗inga chidamli tom yopkich plitalar uch turga bo‗linadi: o‗tga chidam-lilik darajasi 2,5 soatdan kam bo‗lmasa, 1-turga, 1 soat bo‗lganda, 2- turga va 0,75 soatga teng bo‗lsa, 3 turga kiradi. Ular yonmaydigan ashyolardan tayyorlanadi va meyor talab etgan o‗tga chidamlilik 24 muddati davomida yong‗inning bino qavatlari bo‗yicha tarqalib ketmasligini ta‘minlash uchun xizmat qiladi. Evakuatsiya yo‗llari (yo‗laklar, zina poya va dahliz) ustidagi tom yopkich plitalar yong‗inga qarshi to‗siq vazifasini o‗taydi, shu boisdan ular o‗tga chidamli ashyolardan tayyorlangan bo‗lishi va yong‗in paytida kamida 2,5 soat ustuvor tura olishi lozim. Yong‗in darakchilari yong‗in xavfi yuqori bo‗lgan texnologik jarayonlarda, ishlab chiqarish binolarida va omborlarda o‗rnatiladi. Yong‗in darakchilari tizimi asosan, yong‗inning dastlabki belgilari bo‗lmish tutun, yorug‗lik yoki u yerdagi haroratni elektr xabarlariga aylantira oladigan xabar bergich moslamalardan iborat bo‗ladi. Bu xabar bergich moslamalar aloqa tarmog‗iga ulangan bo‗lib, operatoriga o‗ziga xos tovush yoki yorug‗lik signallari orqali darak beradi hamda avtomatik o‗t o‗chirish va tutun haydash uskunalarini zudlik bilan ishga tushirishni ta‘minlaydi. (3- rasm) Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling