Ekologiya va mehnat muhofazasi
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Xushnid
4-jadval
Konstruksiyalar nomi Yong‗in bardoshliligi, minut kam emas, yo‗qotish belgisiga qarab Ko‗tarib turish qobiliyati, R butunligi, E Issiqlik o‗tkazmaslik qobiliyati 1 Binoning yuk ko‗taruvchi qismlari 1.1 Tashqi devorlar 180* 60 M.** 1.2 Ichki devorlar 180* 180* 180* 1.3 Ustunlar va rigellar 180* M M 1.4 Bog‗lanishlar hamda orayopmalarning elementlari, agar ular binoning turg‗unligi va geometrik shakli o‗zgarmasligini ta‘minlashda ishtirok etadigan taqdirda. 180* M. M. 2 Tashqi yuk ko‗tarmaydigan devorlar (osma panellardan) M. 60 M. 3 Ichki yuk ko‗tarmaydigan devorlar (pardevorlar) : 3.1 F1.3 tasnifidagi binolarda seksiyalar orasidagi devorlar M. 90 90 3.2 Kvartiralar, xonalar, ofislar orasidagi devorlar va h.k. M. 60 60 3.3 Umumiy evakuatsiya yo‗llaridan (koridor, xoll, foye) ajratuvchi tutash xonalar, atriumdan ajratuvchi xonalar M 60 60 3.4 Ajratuvchi xonalar: transformator podstansiyalari hamda avariyali generator va dizel elektrostansiyasi uchun – yong‗inga qarshi M. 180 180 3.5 Yong‗inga qarshi liftla roldida - ajratuvchi lift xollari va tambur - shlyuzlari – yong‗inga qarshi M 120* 120* 3.6 Boshqa liftlar oldida n ajratuvchi (tambur -shlyuzlar)lift xollari — yong‗inga qarshi M.S. 60 60 4 Zina kataklarning qismlari Ichki devorlar — yong‗inga qarshi 180* 180 180 4.2 Tashqi devorlar 180* 60 M .4.3 Maydonchalar, marshlar, kosourlar, zinalar, to‗sinlar 60 M M 5 Orayopma elementlari (to‗sinlar, ustunlar, plitalar, to‗shamalar va h.k.) 5.1 Qavatlar orasidagi va chordoqdagi 120 120 120 5.2 Xavfsizlik zonalarining (xonalari) ustidagi va ostidagi — yong‗inga qarshi 120* 120* 120* 5.3 3.4 bandida keltirilgan xonalar ustida va ostida — yong‗inga qarshi 180 180 180 6 Qoplamalarning elementlari (to‗sinlar, ustunlar, plitalar, to‗shamalar) 6.1 Odamlarni tomga yoki tomdan 120 60 60 32 evakuatsiya qilishni tashkillashtiriladigan holda 6.2 Boshqa binolar ustida 30 30 M 7Muhandislik kommunikatsiyalarining konstruksiyalari 7.1 Yong‗in-qutqaruv bo‗linmalari uchun liftlar shaxtalari — yong‗inga qarshi devorlar 180 180 180 7.2 Boshqa liftlar shaxtalari, kommunikatsiya shaxtalari — yong‗inga qarshi devorlar 120 120 120 7.3 Tutunni chiqarib tashlovchi shaxtalar 120 120 120 8 Yong‗inga qarshi to‗siqlar 8.1 Devorlar 180* 180* 180* 8.2 Orayopmalar 180* 180* 180* Izoh-* Yong‗in bardoshlilik darajasining eng oxirgi chegarasi baland binodan evakuatsiya qilishning hisoblab chiqilgan qiymatidan kamida 30 daqiqaga ortiqroq bo‗lishi lozim. ** M. — Meyorlanmaydi. Balandligi 200 m.dan yuqori bo‗lgan binolar uchun yuk ko‗taruvchi konstruksiyalarning yong‗in bardoshlilik darajasini 1-jadvalda belgilangan ko‗rsatkichlardan yana 60 daqiqaga oshirish tavsiya etiladi. Binoning yong‗indan himoya bo‗lmasini yer yuzasi qismidagi balandigi 16 qavatdan va har qanday holatda 50 m dan baland bo‗lmasligi lozim.. Binolar qurilish konstruksiyalarining yong‗in bardoshlilik darajalari 1-jadvalda keltirilgan ko‗rsatkichlarga muvofiq bo‗lishi shart, maxsus qayd etilgan holatlar bundan mustasno. Binoni, 1-jadvalga muvofiq yong‗inga qarshi devorlar va yong‗inga qarshi orayopmalar orqali yong‗indan himoya bo‗lmalariga ajratishi lozim. Yong‗inga qarshi orayopma o‗rniga S HNQ 2.01.02 muvofiq 1 tipdagi yong‗inga qarshi orayopmalar bilan ajratilgan texnik qavatni ko‗zda tutishga ruxsat etiladi. Balandligi 20 qavatgacha bo‗lgan F4.3 sinfidagi binolar va mehmonxonalar (F1.2) sinfidagi binolar, va balandligi 25 qavatli ko‗p xonadonli turar joylarning yong‗inga bardoshliligi va qavatliligi darajasiga qarab, yong‗inga qarshi devorlar orasidagi qavatning ruxsat etilgan eng katta maydonini S HNQ 2.08.01- muvofiq ko‗zda tutish lozim. Ko‗rsatilgan binolarning qavati ko‗proq bo‗lganda, qavatning ruxsat etilgan eng katta maydoni m2 dan ko‗p bo‗lmasligi shart: 33 - mehmonxonalar uchun (F1.2) - 1500; - F4.3 sinfidagi binolar va ko‗p xonadonli turar joylar (F1.3) uchun - 2200. Binoning stilobat qismini uning baland qismidan yong‗inga qarshi devorlar va orayopmalar bilan ajratish lozim. Binoning stilobat qismidagi yong‗indan himoya bo‗lmasi chegarasidagi qavatning ruxsat etilgan eng katta maydoni, odatda, 3000 m 2 dan katta bo‗lmasligi kerak. Yerto‗la (sokol) qavatlarini yer ustidagi qismidan yong‗in bardoshlilik darajasi R EI 180 bo‗lgan yong‗inga qarshi orayopma bilan ajratish lozim. Binoning yer ostidagi qismida yong‗indan himoya bo‗linmasi chegarasidagi avtoturargohlar qavatining ruxsat etilgan eng katta maydoni, odatda, 3000 m2 dan oshib ketmasligi shart. Yong‗in o‗chirish avtomexanik narvon yoki ko‗targichlarda binoning yuqori yong‗indan himoya bo‗linmalariga (balandligi 50 m.dan yuqori) yetib borishni imkoni bo‗lmagan hollarda, taxnik qavatlar sathida odamlarni 2 soat davomida himoya qilish xavfsizlik zonasi bilan ta‘minlanish lozim. Yong‗indan himoya bo‗linmalarini mustaqil muhandislik tizimlari (isitish, yong‗inlarga qarshi va umumiy vodoprovod, tutunga qarshi va umumiy almashuv shamollatsh tizimlari, konditsionerlash uskunalari, evakuatsiya yoritgichlar, yong‗in avtomatikasi va h.k.) bilan ta‘minlanishi lozim, bundan tashqari, yong‗indan himoya bo‗linmalari avtomobillar turargohlari, qozonxonalar, KTQ, DES, TP, YOHT va yong‗in o‗chirish stansiyalarga ega bo‗lishlari kerak. Yengil alangalanuvchi moddalar qo‗llaniladigan maishiy xizmat ko‗rsatish korxonalarini, baland binolarda joylashtirishga ruxsat etilmaydi. Axlat yig‗ish kamerasini va axlat o‗tkazgich stvolini ajratib turuvchi konstruksiyalarning qurish zarurati yuzaga kelganda ularnining yong‗inga bardoshlilik darajasi maxsus texnik shartlarda qayd etiladi. Yuk ko‗taruvchi qurilish konstruksiyalarni va muhandislik- texnik tizimlari kommunikatsiyalarini himoya qilish uchun faqat yong‗indan himoyalovchi konstruktiv sxemasidan (atrofiga g‗isht urib chiqish, to‗r ustidan suvoq qilish, gipsokarton bilan qoplash va h.k.) foydalanishga ruxsat etiladi. 34 Fasad tizimiga ega tashqi devorlar qoplamasi, bezatish va issiqlik izolyatsiyasi, shamol namlikdan himoya qilish uchun yonmaydigan materiallardan foydalangan holda yong‗inga xavfliligi K0 sinfiga ega bo‗lishi kerak (kuchsiz yonuvchan guruhiga kirmasligi kerak). Baland binoning fasadlari bo‗ylab yong‗in tarqalishini cheklash bo‗yicha tadbirlar SP 2.13130 ga muvofiq nazarda tutiladi. Binoning tomi yonmaydigan materiallardan bajarilishi kerak. Binolarning tashqi to‗suvchi konstruksiyalarida dastlab qo‗yib ketiladigan elementlar tizimini ko‗zda tutish lozim: - ko‗tarib turish qobiliyati 3 kN (300 kgs) dan kam bo‗lmagan va individual o‗z-o‗zini qutqarish tizimlaridan foydalanish imkonini ta‘minlaydigan xonalar va fasad devorlarida (derazalardan zonalariga yetib borish); - tom perimetri bo‗ylab avariya-qutqaruv anjomlarini mahkamlash uchun, qutqaruvchilar fasadning har qaysi nuqtasiga yetib borishini kafolatlab hamda odamlar binoning tomidan yoki qavatlaridan bevosita yer sathigacha tushib kelishi uchun mo‗ljallangan ―karusel‖ turdagi odamlar guruhlarini qutqarish tizimlarini mahkamlash imkoniyatini ta‘minlash. Bu maqsadda tom perimetri bo‗ylab ko‗tarib turuvchi qobiliyati kamida 15 kN (1500 kgs) ga teng bo‗lgan yaxlit monorels (kuch shtangasi, kuch trubasi va h.k.) o‗rnatish tavsiya etiladi. . Binoning yerosti qismidagi yong‗indan himoya bo‗linmalarida qavatlar orasidagi aloqa N2 turdagi tutun bosmaydigan zina kataklar orqali amalga oshirilishi lozim. Keltirilgan zina kataklarga kirish 1-turdagi tamburshlyuzlar orqali amalga oshiriladi. Baland binolarda N2 turdagi zina kataklar balandligi bo‗ylab bo‗lmalarga ajratilishi lozim. Zina bo‗lmasining balandligi havo bostirish tizimi tomonidan evakuatsiya eshiklariga qilinadigan bosim 20 dan 150 Pa gacha bosimdan oshmasligi shartidan kelib chiqib aniqlanadi. . Bir zina bo‗lmasidan boshqa zina bo‗lmasiga o‗tish 1-turdagi tamburshlyuz orqali amalga oshirilishi lozim. Ushbu o‗tish yo‗llarini, qoidaga ko‗ra, texnik qavatlar sathida ko‗zda tutish kerak. 35 Binolarning baland qismida ochiq zinalar (xonadonlar ichidagilardan tashqari) va atriumlarni qurish ruxsat etilmaydi. Atrium bo‗shliqlari baland ko‗p funksiyali binolarda 5-qavatdan balanda bo‗lmasligi lozim. Shu bilan birga atriumlar bo‗shlig‗i xonalar va evakuatsiya yo‗llaridan yong‗inga bardoshlilik darajasi 1-jadvalda keltirilgan yong‗inga qarshi pardevorlar yoki tutun va gaz o‗tkazmaydigan pardalar bilan ajratilishi lozim. Binolarning ofis va turar joy qismlarining 1-qavatida umumiy vestibyul guruhini nazarda tutish mumkin. Bug‗lanish saunaning hajmi 8 m3 dan kichik va 24 m3 dan katta bo‗lmasligi kerak, bu xonani qoplash uchun smolali yog‗ochdan foydalanish ruxsat etilmaydi. Elektrokamenkaning quvvati 15 kVt dan ortiq bo‗lmasligi lozim va elektrokamenka devorlardan kamida 20 sm masofada o‗rnatilishi kerak. Boshqaruvi tizimini bug‗lanish xonasiga kirish joyiga o‗rnatish yo‗li bilan bug‗lanish xonasini perimetri bo‗ylab 1 m2 ga kamida suv berish intensivligi 0,05 l/s kam bo‗lmagan hisob bilan drencher qurilmalari jihozlanishi lozim. Yong‗inga qarshi shu jumladan o‗zgartiriladigan pardevorlar bo‗yicha 4.30. Binoga xizmat ko‗rsatiladigan va yerto‗lada joylashgan texnik xonalardan SHNQ 2.01.02-04 muvofiq 1-turdagi tambur-shlyuzlar orqali avtoturargohlarga o‗tish joylari bo‗lishiga ruxsat etiladi. Turli ijarachilarning ofis, savdo va boshqa xonalarini ajratuvchi pardevorlar yong‗inga bardoshlilik darajasi 1-jadvalga muvofiq bo‗lgan yong‗inga qarshi vazifasini bajarishi kerak. Bir ijarachining ofis xonalarini ajratuvchi pardevorlarning yong‗in bardoshlilik darajasi alohida meyorlanmaydi va uni kuchsiz yonuvchan (YO1) materiallardan qurishga ruxsat etiladi. Evakuatsiya yo‗llaridagi ofislar, idoralar, mehmonxonalar nomerlari, turar joy xonadonlari va shu kabilardan chiqish eshiklarining yong‗in bardoshlilik darajasi EI 30 dan kam bo‗lmasligi lozim. Kvartiralarning yong‗inga qarshi eshiklarini o‗zini-o‗zi yopadigan qurilmalar bilan jihozlamaslikka yo‗l qo‗yiladi. Yong‗inga qarshi devorlar va orayopmalar, shuningdek zina kataklari, lift shaxtalari, lift xollari, texnik qavat va xonalari, kommunikatsiya shaxtalaridagi 36 eshiklar yong‗in bardoshlilik darajasi EI 60 bo‗lishi lozim. Yong‗inga qarshi orayopmalardagi bo‗shliqlar yong‗in bardoshlilik darajasi kamida EI 60 bo‗lgan yong‗inga qarshi vosita bilan to‗ldirilishi lozim. Yong‗in-qutqaruv bo‗linmalarini tashiydigan liftlarning eshiklarini yong‗in bardoshlilik darajasi EI 90 ga teng bo‗lishi kerak. Quruq issiq hammom kompleksidan koridorlarga chiqish joylari 1- turdagi tambur-shlyuzlar orqali o‗tishi lozim. Kabellar, havo o‗tkazgichlar va quvurlarni chuqurliklardan o‗tkazganda, ular yong‗in bardoshlilik darajasi meyorlanadigan konstruksiyalar bilan kesishgan joylarda konstruksiyaning butun qalinligi bo‗ylab tirqishlarni konstruksiyaning yong‗inga bardoshlilik darajasini va yong‗in xavfliligi sinfini pasaytirmaydigan materiallar bilan to‗ldirish lozim. Bunday tirqishlarni to‗ldirish uchun sanoat usulida ishlab chiqarilgan va muhandislik kommunikatsiyalar o‗tgan joylarga tutun o‗tkazmaydigan unifikatsiyalangan tugunlardan (yong‗inga qarshi muftalar) foydalanishga ruxsat etiladi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling