Ekologiya va mehnat muhofazasi
- rasm. Yong„in darakchilari tizimi
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Xushnid
3- rasm. Yong„in darakchilari tizimi Yong‗in darakchilari o‗zlarining ishlash uslubiga binoan shartli ravishda 4 ta guruhga, ya‘ni issiqlik, yorug‗lik, gaz va tutunda ishlaydigan turlarga bo‗linadi. Ular sanoat korxonalari, bino hamda inshootlarning xususiyatlariga qarab tanlanadi va o‗rnatiladi. 25 II- BO„LIM SANOAT KORXONALARIDA YONG„IN XAVFSIZLINI TAHLIL QILISH ASOSIDA BAHOLASH 2.1. Yong„in xavfsizligi xolati bo„yicha asosiy qoidalar Bino, qurilish konstruksiyalari, mahsulotlar va materiallarning meyoriy- texnik hujjatlarida ularning SHNQ 2.01.02-04 bilan tartibga solinadigan yong‗in- texnik xarakteristikalar ko‗rsatilgan bo‗lishi lozim. Binoning yong‗indan himoya qilish tizimlari odamlarning yong‗in xavfsizligi bo‗yicha, bir yilda har bir kishiga hisoblaganda xavfli omillar ta‘sirini oldini olish bo‗yicha kamida 0,999999 darajaga teng bo‗lishi, odamlar uchun yong‗in xavfliligi darajasi esa, bir yilda har bir kishi boshiga hisoblangan eng oxirgi ruxsat etilgan darajadan ortib ketadigan xavfli yong‗in omillarining 10 -6 dan oshib ketmaydigan ta‘sir darajasiga ega bo‗lishi hamda yong‗in-qutqaruv bo‗linmalarining yong‗inni o‗chirish va qutqarish ishlarini amalga oshirishdagi harakatlari GOST 12.1.004-91 talablariga muvofiq bo‗lishi lozim. Muayyan binolarning o‗ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi qo‗shimcha talablar va bir qator tegishli hisob-kitoblarni amalga oshirish asosida belgilanib, ularning ro‗yxati maxsus texnik shartlarni ishlab chiqishda asoslab beriladi. Qurilish jarayonida quyidagilarni ta‘minlash lozim: - loyihada ko‗zda tutilgan barcha yong‗inga qarshi choralarni bajarilishi; - yong‗inga qarshi qoidalarga amal qilish hamda qurilayotgan va yordamchi obektlarni yong‗indan muhofaza qilish, qurilish va montaj ishlarini yong‗indan xavfsiz tarzda bajarilishi; - yong‗in o‗chirish vositalari mavjudligi va soz holda saqlanishi; - qurilayotgan obektda va qurilish maydonida yong‗in yuz berganda odamlarni evakuatsiya qilish va qutqarish, moddiy boyliklarni himoya qilish ishlarini xavfsiz amalga oshirish imkoniyati. Foydalanish jarayonida quyidagilarga amal qilinadi: 26 - binoni yong‗indan himoya qilish vositalarining ishlash qobiliyatini ta‘minlash; - yong‗in xavfsizligi qoidalari bajarilishini ta‘minlash; - konstruktiv, hajmiy-rejalashtirish va muhandis-texnik yechimlarga loyihasiz o‗zgartirishlar kiritishga yo‗l qo‗ymaslik; - ta‘mirlash ishlarini bajarishda amaldagi meyorlar talablariga javob bermaydigan konstruksiya va materiallar qo‗llanilishiga yo‗l qo‗ymaslik. Baland binolar 4 turga sinflanadi: 1-sinf - 100 m gacha; 2-sinf - 100 dan 150 m gacha; 3-sinf - 150 dan 200 m gacha; 4-sinf - 200 m dan ortiq. Jangovar hisobda yuqori bosimli avtonasos va balandligi kamida 50 m.dan kam bo‗lmagan avtonarvon (tirsakli ko‗targich) mavjud yong‗in- qutqaruv depolaridan, balandligi 100 m.gacha bo‗lgan binolarni 2 km. dan ko‗p bo‗lmagan masofada, 100 m.dan yuqori bo‗lgan binolarni esa – 1 km.dan ko‗p bo‗lmagan masofada joylashtirilgan sharoitda loyihalashtirishga ruxsat etiladi. Ko‗rsatib o‗tilgan masofalarga rioya qilishning imkoni bo‗lmasa, loyihalashtirilayotgan kompleks tarkibida kam sonli yong‗in-qutqaruv bo‗linmasini tashkil etishni nazarda tutish lozim. Ushbu bo‗linmaning shaxsiy tarkibi soni, shuningdek yong‗in-qutqaruv texnikalari va boshqa vositalar bilan ta‘minlash FVV bilan kelishiladi. Yo‗llar va tutash hududlarning planirovkasi quyidagi imkonlarni ta‘minlashi lozim: — binoning barcha tomonlaridan yong‗in-qutqaruv texnikasi kirib kelishini; — binodan evakuatsiya chiqish joylariga yong‗in-qutqaruv texnikasi kirib kelishini; — avtonarvonlar yoki avtoko‗targichlar orqali yong‗in o‗chiruvchilar quyi yong‗in bo‗lmasida mavjud bo‗lgan har qaysi xona, kvartira, xavfsizlik zonasiga kirib borish imkoniga ega bo‗lishi. Shu bilan birga binoning stilobat qismining kengligi va balandligini hisobga olish lozim. Yong‗in-qutqaruv texnikalari bosib o‗tishi nazarda tutiladigan yong‗in holatida o‗tish yo‗l ko‗tarmasining 27 konstruksiyasi va stilobat qismining yo‗l qoplamasi og‗irligi kamida 48 tonnaga teng bo‗lgan (har bir o‗qiga 16 tonnadan) avtonarvon, tirsakli ko‗targich massasi yuklamasini ko‗tara oladigan qilib loyihalashtirilishi lozim. Yong‗in o‗chirish texnikalarining o‗tish yo‗llarini kengligi 6 m.dan kam bo‗lmasligi kerak. O‗tish yo‗lining umumiy kengligiga ushbu yo‗lga tutash bo‗lgan to‗silmagan trotuarni qo‗shish mumkin, bunda uning qoplamasining toifasi transport o‗tish yo‗lining qoplasami toifasidan past bo‗lmasligi kerak. Binoning baland qismining tashqi devorlaridan o‗tish yo‗llari chetigacha bo‗lgan masofa 8- 10 metrni tashkil qilishi lozim. Yong‗in o‗chirish texnikalari o‗tadigan yo‗llarning burilish radiusi 18 m.dan kam bo‗lmasligi zarur. Boshi berk yo‗llar avtonarvon va avtoko‗targich burilishiga imkon yaratish uchun diametri 16 m.dan kam bo‗lmagan orolchalari mavjud burilish maydonlari bilan yakunlanishi zarur. Burilish maydonlaridan avtomobillar turargohi sfatida foydalanishga yo‗l qo‗yilmaydi. Kirib kelish va o‗tish yo‗llari, SHNQ 2.07.01- talablariga muvofiq, IV toifadan past bo‗lmagan yo‗llar sifatida loyihalashtirilishi lozim. Avtonarvonlar va avtoko‗targichlarni o‗rnatish joylarining qiyaligi 6° dan katta bo‗lmasligi kerak. Yong‗indan qutqarish texnikasining surilma tayanchlari asosini (shu jumladan tayanch ostiga taglik qo‗yib) o‗rnatish joylaridagi yo‗l ko‗tarmasi hamda tuproq 0,6 MPa (6 kgs/sm2 )ga teng bosimga bardosh berishi lozim. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling