Ekskursiya va ekskursiya xizmatlari tushunchalarining mohiyati va ahamiyati mundarija: kirish


Ekskursiyada transport yoʻnalishi tasnifi


Download 174.55 Kb.
bet7/13
Sana21.06.2023
Hajmi174.55 Kb.
#1644670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Ekskursiya va ekskursiya xizmatlari tushunchalarining mohiyati v

Ekskursiyada transport yoʻnalishi tasnifi
Soʻnggi yillarda turizm sanoati aksariyat mamlakatlarda muxim oʻrinlardan birini egallamokda. Turizm sanoati ishlab chikaradigan maxsulot — turistik maxsulot xizmatlar va tovarlarning ancha katta va rang-barang kompleksini oʻz ichiga oladi. Bu maxsulotlardan kishilar sayoxat kilishda, shuningdek turizm doirasida dam olish, xordik chikarish, davolanish, oʻz bilim va kasbiy darajasini oshirishda foydalanishlari mumkin. Bunda turistik maxsulotning tarkibiy kismiga kiruvchi transport xizmatlari uning sifatiga sezilarli taʼsir koʻrsatadi.
Yoʻlovchilarni, shu jumladan turistlarni tashish xar xil transport turlarida, chunonchi: xavo, yer usti, suv transportida amalga oshiriladi. Turistik tashuvlar uchun transport turlarining ommaviyligi yoki talab etilish darajasi mamlakatning joʻgrofiy oʻrni va iklim sharoitlariga, iqtisodiy rivojlanish darajasiga, milliy anʼanalariga, odamlarning ijtimoiy xolati va turmush darajasiga xamda boshka omillarga boglik boʻladi. Xar bir transpor­t turining oʻz ustun jixatlari va kamchiliklari mavjud boʻlib, ular tarixiy rivojlanish, texnik, iqtisodiy va ekologik koʻrsatkichlar bilan belgilanadi, ammo transport tizimlarining barcha turlari bir asosiy maksadni — tashish xizmatlarini koʻrsatishda sayoxatchilarning extiyojlarini toʻlakonli kondirishni koʻzlaydi. Shundan kelib chikib, turistlarga transport xizmatlari koʻrsatishni turistlarni va ularning yuklarini bir joydan ikkinchi joyga mumkin kadar tez va kulay sharoitlarda tashish uchun moʻljallangan xizmatlar majmui deb taʼriflash mumkin.
Transport xizmatlari koʻrsatish konun xujjatlari bilan mustaxkamlangan xukukiy bazaga asoslanadi. Ushbu xujjatlar: 1) turli xalkaro transport tashkilotlari tomonidan; 2) mamlakatlarning milliy konunchiligi doirasida; 3) yuk va yoʻlovchi tashuvchilarning ichki koidalari tarzida ishlab chikilgan. Xalkaro turizmni amalga oshirishda transport xizmatlari koʻrsatishning turli jixatlariga aloxida dikkat-eʼtibor berish lozim. Sayoxatlar soxasida xalkaro xamkorlik chegaralarining kengayishi bojxona, chegara va sanitariya nazoratini amalga oshirish normalari va koidalarini muttasil takomillashtirib borishni takozo etadi.
Jamiyatda fan-texnika tarakkiyoti odamlarni yer yuzining istalgan nuktasiga tez eltib koʻyishga kodir transport vositalari (ovozdan tez uchar samolyotlar, tezyurar poyezdlar, avtomobillar, muzyorar va suvosti transporti va b.) paydo boʻlishiga, shuningdek transport xizmatlari koʻrsatish soxasiga yangi texnologiyalar joriy etilishiga olib keldi. Muayyan transport tuzilmalari oʻrtasida xamda xar bir transport turi doirasida yoʻlovchi tashuvchilar oʻrtasidagi rakobat kurashi yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishning takomillashuvi jarayoniga kuchli turtki berdi. Servis sifati va darajasining oshishi xarakatlanadigan tarkibning xozirgi texnik jixozlanishida, yoʻlovchilarga kulay va shinam shart-sharoitlar yaratilishida, transport vositalari bortida yoʻlovchilarning dam olishi tashkil etilishida, yoʻlovchilarni ovkatlantirish sifatining oshishida, transport kompaniyalarining doimiy mijozlari uchun ragbatlantirish dasturlari ishlab chikilishida namoyon boʻlmokda. Yoʻlovchi tashuvchilar transportda bolalar va nogironlarga, shuningdek boshka toifa yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish boʻyicha maxsus tadbirlarni amalga oshirmokdalarki, bu yoʻlovchilarning extiyojlarini toʻlakonli kondirish uchun imkoniyat yaratmokda.


Download 174.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling