Eksperiment natijalariga ishlov berish vazifalari. Asosiy tushunchalar. Vo


O‘lchash o‘zgartgichlar - turlari va xarakteristikalari


Download 0.77 Mb.
bet14/37
Sana18.02.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1211017
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
Bog'liq
savollar aniq variant

O‘lchash o‘zgartgichlar - turlari va xarakteristikalari
O‘lchov qurilmasining asosiy qismi bu o‘lchash o‘zgartgich(O‘O‘) bo‘lib, u o‘lchanayotgan kattalikni ikkinchi bir kattalikka o‘zgartirib beruvchi qurilmadir. O‘lchash o‘zgartgichlar turli fizik kattaliklarni o‘lchash va keyinchalik o‘lchash axborotini kayta ishlash, saklash va uzatish uchun qulay shaklga o‘zgartirib berish vazifasini bajaradi. Bevosita o‘lchash ob’ektiga o‘rnatilgan o‘lchash o‘zgartgichlari majmuasi datchik deb xam ataladi.
Mashinalarni sinash IO‘Tda qo‘llaniladigan O‘O‘lar ishlash prinsipiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.Mexanik.
2.Optikomexanik.
3.Pnevmatik.
4.Gidravlik
5.Elektr..
Elektr o‘lchash o‘zgartirgichlari o‘z navbatida:
1. Parametrik (passiv) va
2. Generator (faol) turlarga bo‘linadi.
Passiv o‘zgartgichlarda o‘lchanayotgan kattalik ta’siri ostida kandaydir elektr parametri (karshilik, sig‘im, induktivlik va b.) o‘zgaradi. Misol uchun, termorezistor, tenzodatchik va b. Faol o‘zgartirgichlarda esa kiruvchi kattalik ta’siri ostida o‘zgartgichning o‘zida elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.)- tok xosil bo‘ladi. Masalan, taxogenerator, termopara va xokazolar. Ma’lumotlar tarqoqligi yoki tasodifiy o‘zgaruvchining tarqalishi(yoyilishi) xarakteristikalari quyidagilardir: tarqalish kattaligi R (razmax), o‘rtacha kvadratik og‘ish(standart) σ, dispersiya σ2 va V variatsiya koeffitsienti.
Tasodifiy o‘zgaruvchining tarqalish(yoyilish) kengligi uning maksimal va minimal qiymatlari orasidagi farqga teng, ya’ni (13.3)
Avtomobillar yonilg‘i sarfini o‘lchashga misol uchun R = 4,6 l/ 100 km (10-rasmga qarang).
Tarqalish kattaligi, odatda, nisbatan kichik hajmdagi variatsion qatorlarni tavsiflashda qo‘llaniladi.
O‘rtacha kvadratik og‘ish (o‘.k.o., standart og‘ish) tasodifiy kattalikning o‘zgaruvchanligini o‘lchovi sifatida ishlatiladi. Bu to‘plamning o‘. a. q.idan tasodifiy o‘zgaruvchan qiymatlari farqlarining kvadratlarining o‘rtacha arifmetik qiymatining kvadrat ildizidir. O‘.k.o. (standart og‘ish)ni hisoblash formulasi quyidagicha:
(13.4)
Tasodifiy o‘zgaruvchining o‘rtacha arifmetik qiymatidan farqi ushbu farqni ishorasini xisobga olmaslik uchun kvadratga oshirilgan shaklida aniqlanadi. Aks holda, farqlarni aniqlab bo‘lmaydi - ular o‘zaro yoyishib ketadi.
Bundan tashqari, standart og‘ish, tasodifiy o‘zgaruvchining o‘zi bilan bir xil o‘lchovga ega bo‘lishida qulaydir. 13.1-jadvaldagi misol uchun yoqilg‘i sarfini o‘.k.o.-standart og‘ishi σ=1,097 l / 100 km ga teng.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling