«elеktr enеrgеtika»
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
TAJRIBA ISHI № 3 YОY PЕCHINI ELЕKTR HARAKTЕRISTIKALARINI TAHLIL QILISH. 1.ISHDAN MAQSAD: Yoy elektr pechlarini elektr harakteristikalarini ko’rish uchun ekperimental hisob usulini o’zlashtirish. 2.UMUMIY MA‘LUMOTLAR: 1- rasm. Elektr yoy pechi 1. Elektr yoy pechlari (EYOP) metallurgiya, kimyo , mashinosozlik va sanoatning boshqa jabxalarda qo’llanadilar. Ular qo’yidagi turlarga bo’linadi. 2. Bilvosita ishlovchi EYOPlari- ularda elektr yoy issiqlik ishlovi berilayotgan (erilayotgan ) metall ustida joylashgan elektrodlar o’rtasida hosil qilinadi va bo’nda elektr yoyi va metall o’rtasidagi issiqlik almashino’vi-nurli issiqlik almashuvi usuli orqali amalga oshiriladi. Elektrodlar kuchlanish manbasiga ulangandan so’ng maxsus mexanizm yordamida Uchlari bir-biriga tutashtiriladi va buning oqibatida elektrodlar zanjirida tok 18 hosil bo’lgach ,bir-biridan o’zoqlashtiriladi va natijada yoy hosil bo’ladi .Yoyda hosil bo’lgan issiqlik energiyasi o’zlashtirilishi xisobiga metallarga issiqlik ishlovi beriladi yoki eritiladi. Metall eritib bo’lingach , og’dirish mexanizmi yordamida pech og’diriladi va eritma mahsus idishlarga to’kiladi. Pech quvvat manba tokini va elektrodlarni yaqinlashtirish yoki o’zoqlashtirish natijasida yoy o’zunligini o’zgartirish hisobiga boshqariladi . Pechning asosiy elektr jihozlarini pech transformatori, boshqarish reaktori va elektrodlarni o’zatish mexanizmining elektr yuritmasi tashkil etadi . Bilvosita EYoP lari 0,25 tva 0,5 t sig’imiga ega. Ular mos ravishda quvvati 175- 250 va 250-400 kV·A ga teng transformatorlar bilan ta‘minlangan bo’lib, bo’nday pechlarda grafitlashtirilgan elektrodlar qo’llaniladi. 2. Bevosita ishlovchi EYOP lari ularda elektr yoyi elektrodlar uchi bilan metall o’rtasida yonadi va bunda yoydagi issiqlik metallga nurli issiqlik almashuvi, konvektsiya va issiqlik o’tkazuvchanlik orqali o’zatiladi. Bevosita EYOP lar asosan keyinchalik prokat tsexlarida quyma yombi olish uchun mo’ljallangan po’lat eritish uchun belgilangan. Shuningdek, olingan mahsuloti mashinosozlik zavodlarida fasonli qo’yish orqali metallurgik xom ashyo olish uchun ishlatiladi. Bevosita EYOP larni guruhiga po’lat eritish yoy pechlari ham kiradi. Elektrotexnik pulatni eritsh jarayoni qo’yidagi jarayonlar ketma-ketligidan iborat: -Metallalom ( ruda ,skrap) ni eritish; -Qorishmani turli qo’shilma va gazlardan tozalash; -Metall raskisleniyasi -Qorishmaga legirlovchi komponentlar qo’shish. -Rafinatsiya jarayoni ( tozalash, oqlash) - Eritmani avval mahsus cho’michga (kovshga ) va undan tegishli shaklarga qo’yish. Katta hajmdagi pechlarda eritish jarayoni 4-6 soat davom etib , undan 1,5- 2,5 soati eritishga , 2-4 soati metallni oksidlash va rafinatsiya qilish uchun sarflanadi. Pechdan, xususan elektrodlar zanjiridan oqayotgan tok kuchining miqdoriga ko’ra PEYoP larini qo’yidagi ish tizimlarida ishlaydi deb yuritiladi: a) Salt yurish tizimi (elektr yoyi mavjud emas I=0); b) normal (nominal ) ish tizimi ( I=Inom); 19 v) ekspluatatsion qisqa tutashuv rejimi (I=Ik.t.). Pechning to’la quvvati Rtula, yoyda sarf bo’layotgan quvvati R yoy , yo’qolayotgan Issiqlik quvvati Ryu.is. , pechning foydali ish koeffitsenti ( va pechning quvvat koefitsienti cos( kabi kattaliklari bilan pech toki o’rtasidagi bog’lanish tavsiflari deb yuritiladi.( ya‘ni energetik tavsiflovchi ifodalovchi bog’lanishlar Rtula = f (I); Ryoy =f (I) ; Rel.y= f(I) ; Riss.y= f(I); (=f(I); va cos(=f (Id) laridir Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling