Электр хавфсизлиги
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
GLOSSARIY
Energetika tizimi (energotizim) Elektrstansiyalari, elektr va issiqlik tarmoqlarining birlashmasi hisoblanib, ular bir-biri bilan o‗zaro bog‗lanib, elektr energiyasini va issiqlikni uzluksiz ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash bo‗yicha, umumiy rejimli boshqaruvga egadir Elektr ta‘minoti Iste‘molchilarni elektr energiya bilan ta‘minlashga aytiladi. Elektr ta‘minoti tizimi deb, iste‘molchilarni elektr energiyasi bilan ta‘minlovchi elektr qurilmalar jamlamasi (birligi) ga aytiladi Elektr tarmog‗i Elektr energiyani uzatuvchi va taqsimlovchi elektr uskuna- larning birligi hisoblanib, ular podstansiyalar, tarqatuvchi qurilmalar, tok o‗tkazuvchilar, havo va kabel liniyalaridan tashkil topgan bo‗lib, yuridik yoki jismoniy shaxslar hududlarida ishlaydilar Elektr energiyasini qabul qiluvchilar (elektr qabul qiluvchilar) Shunday apparat, agregat va mexanizmlarga aytiladiki, ularda elektr energiyasini boshqa turdagi energiyaga o‗zgartiriladi Elektr energiya iste‘molchisi Ayrim elektr qabul qiluvchiga yoki ma‘lum hududda joylash- gan va umumtexnologik jarayon bilan o‗zaro bog‗langan, elektr qabul qiluvchilar guruhidir Elektr uskunasi Elektr energiyasi ishlab chiqarilayotgan, o‗zgartirilayotgan, uzatilayotgan, taqsimlanayotgan, hamda iste‘mol qilinayotgan uskunalardir Ishlayotgan elektr uskunalari Kuchlanish ostidagi yoki kommutatsiya apparatlarini ulanishi bilan kuchlanish berilishi mumkin bo‗lgan elektr uskunalari yoki ularning uchastkalari 193 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanishli elektr uskunalari Kuchlanishi (ishchi kuchlanishi) 1000 V gacha va undan yuqori bo‗lgan elektr uskunalari Elektr uzatish liniyasi Elektr energiyasini uzatish uchun mo‗ljallangan elektr uskunasi (Izoh: Elektr uzatish liniyalari havo yoki kabel liniyalari bo‗lishi mumkin) HL Havo elektr uzatish liniyasi KL Kabel elektr uzatish liniyasi OTQ (ОРУ) Ochiq yoki tashqi elektr uskunalari deb, atmosfera ta‘siridan bino yordamida himoya qilinmagan elektr uskunalaridir YoTQ (ЗРУ) Yopiq yoki ichki elektr uskunalari deb, atmosfera ta‘siridan himoya qiluvchi binoni ichida joylashgan elektr uskunalariga aytiladi Kommutatsion elektr apparatlari Elektr zanjirini kommutatsiya qilish va tok o‗tkazish uchun mo‗ljallangan elektr apparatlari tushuniladi HL ni himoya hududi Chekkadagi simlardan (ularni og‗magan holatida) quyidagi masofaga uzoqlashgan parallel to‗g‗ri chiziqlardan o‗tuvchi vertikal tekisliklar orasidagi yer va fazo uchastkasi, havo elektr uzatish liniyasining himoya hududi bo‗lib hisoblanadi: 1 kV gacha ………………………………..…..………... 2 m; 1 kV dan 20 kV gacha …………………...………….… 10 m; 35 kV ……………………….....………………….…… 15 m; 110 kV …………………..…...………….…………….. 20 m; 220 kV ………………….……...……………………… 25 m; 500 kV ……………...….………………..…………..… 30 m; Mexanizmlar Gidroko‗targichlar, teleskopik minoralar, ekskavatorlar, avto- yuklovchilar, bo‗rg‗ilash–kran mashinalari, mexanik yuritmali 194 surilma narvonlar Yuk ko‗tarish mashinalari Barcha turdagi kranlar, kran-ekskavatorlar (kanatda osilgan ilgak bilan ishlashga mo‗ljallangan ekskavatorlar), «Sanoatkon- texnazorat» DI ning qoidalariga taalluqli bo‗lgan yuklar va odamlarni ko‗tarish uchun talar, chig‗irlar Ekspluatatsiya qiluvchi korxona Elektr uskunasini ishlatayotgan elektr stansiyasi, elektr tarmoq- lari korxonasi, sanoat korxonasi Hosil bo‗ladigan kuchlanish hududi 110 kV va undan yuqori kuchlanishdagi o‗zgaruvchan tok HL bo‗ylab, HL o‗qidan kam bo‗lmagan masofaga uzoqlashgan, ikki tarafdan vertikal tekisliklar bilan chegaralangan yer va fazo uchastkasi ko‗rinishidagi hudud hosil bo‗ladigan, kuchlanish hududi deb hisoblanadi: 110 kV HL uchun ……………..……………………... 100 m; 220 kV HL uchun ………………..…………………... 150 m; 500 kV HL uchun …………..………………………... 200 m; Hosil bo‗lgan kuchlanish hududidagi HL 110 kV va undan yuqori kuchlanishdagi boshqa ishlayotgan HL ni, hosil bo‗lgan kuchlanish hududida butun uzunligi bo‗yicha yoki umumiy uzunligi 2 km dan kam bo‗lmagan ayrim uchastkalari bo‗ylab o‗tuvchi HL Ishlayotgan el. uskunasining ta‘sir hududi Ish joyida kuchlanganligi 5 kV/m dan yuqori, kuchlanishi 500 kV bo‗lgan, ishlayotgan elektr uskunaning yonidagi bo‗shliq Elektr ta‘mirlash (sozlash) tashkiloti Elektr uskunaning elektr jihozlarini ta‘mirlash yoki sozlash bo‗yicha ishlarni bajarayotgan tashkilot Dalolatnoma– ijozat Ishlayotgan elektr uskuna hududida, elektr uskunalarini ta‘mirlash (sozlash) bo‗yicha ishlarni amalga oshirish uchun yozma ruxsat Balandlikdagi Ish joylari va ularga o‗tish yo‗llari yer, tom (pol) sahnidan 1,3 195 ishlar m va undan yuqorida joylashgandagi ishlar Sinov uskunasi Elektr jihozlarini sinash uchun mustaqil manbaga ega bo‗lgan, qo‗lda yoki transport yordamida olib boriladigan uskuna. Uni yordamida elektr jihozlariga sinov kuchlanishi berilishi mumkin Doimiy sxema bo‗yicha kuchlanish be- rish Ekspluatatsiya ish rejimi kiritilganidan so‗ng, ushbu elektr uskunaning loyihasida ko‗zda tutilgan kommutatsiya sxemasi bo‗yicha elektr uskunaga yoki uni ayrim uchastkalarida kuchla- nish berish Vaqtinchalik sxema bo‗yicha kuchlanish berish Sinalayotgan elektr uskunasi loyihasida ko‗zda tutilmagan kommutatsiya sxemasi bo‗yicha sozlash ishlari amalga oshirilayotgan sinov uskunalarini ta‘minlash uchun kuchlanish berish Kuchlanish olinganida bajariladigan ishlar Elektr uskunani tok o‗tkazuvchi qismlardan ishchi kuchlanishi olinganida, elektr uskunada bajariladigan ishlar Tok o‗tkazuvchi qismlarda kuchlanish ostidagi ishlar Himoya vositalarini qo‗llagan holda, elektr uskunaning bevo- sita tok o‗tkazuvchi qismlarida bajariladigan ishlar. 1000 Volt- dan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida, hamda 1000 V gacha bo‗lgan kuchlanishli HL da kuchlanish ostidagi ishlarga yo‗l qo‗yilishi mumkin bo‗lgan masofalardan yaqin joylashgan tok o‗tkazuvchi qismlarda, bajariladigan ishlar kiradi Naryad-ijozat Ish joyini, ishni boshlash va tugatish vaqtini, uni xavfsiz bajarish shartlarini, brigada tarkibini va ishlar xavfsizligi uchun javobgar shaxslarni belgilovchi yuqori xavfli ishlarni xavfsizlik bilan amalga oshirish uchun yozma topshiriq Ish joyi Elektr ta‘mirlash (sozlash) tashkiloti xodimlari tomonidan ish- lar olib berilayotgan hududni uchastkasi yoki xonaning qismi 196 Ijozat Ish joyiga naryad-ijozat bo‗yicha ruxsat berish. Qayta ijozat Mazkur naryad-ijozat bo‗yicha, oldin ishlar amalga oshirilgan ish joyiga ijozat berish Elektr muhofaza vositalari Elektr uskunalari bilan ishlaydigan odamlarni elektr tokidan shikastlanishdan, elektr yoyi va elektr maydoni ta‘siridan himoya qilish uchun xizmat qiladigan qo‗lda yoki transport yordamida olib boriladigan buyumlar Ishlayotgan el. uskunalaridagi ishlar Elektr ta‘mirlash (sozlash) ishlarini, ishlayotgan elektr uskuna- ning hududida (xonasida) amalga oshirish Malakali xizmat ko‗rsatuvchi xodim (mutaxassis) Ushbu ish lavozim uchun majburiy hajmdagi bilimlar tekshi- ruvidan o‗tgan va elektr uskunalarini ishlatishdagi xavfsizlik texnikasi qoidalariga ko‗zda tutilgan, xavfsizlik texnikasi bo‗yicha malakaviy guruhga ega, hamda maxsus tayyorlangan shaxs hisoblanadi Moy to‗ldirilgan apparatlar Shunday apparatlarga aytiladiki, ularning ayrim elementlari va barcha normal holatda uchqun beruvchi qismlari yoki orasida yoy hosil bo‗luvchi qismlari shu qadar moyga botiriladiki, ushbu qismlar va atrof-muhit bilan aloqa imkonlari istisno qilingan Elektr xonalari Faqat malakali xizmat ko‗rsatuvchi xodimlar uchun kirish mumkin bo‗lgan, elektr uskunalari joylashtirilgan xonalar yoki xonaning to‗rlar bilan ajratilgan qismlaridir Balandlikka chiqib bajariladigan ishlar Yer, tom, ish to‗shamasi sahnidan 5 m dan ko‗proq balandlikda bevosita konstruksiyalarda turib ularni ta‘mirlash yoki ta‘mir- lash bo‗yicha bajariladigan ishlar, balandlikka chiqib bajari- ladigan ishlar deb hisoblanadi. Bunda, ishchilarni balandlikdan tushib ketishidan saqlash uchun asosiy himoya vositasi sifatida, saqlovchi kamardan foydalaniladi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling