Elektr to‘g‘risida asosiy tushuncha. O‘tkazgichlar va izolatorlar. Elektr maydoni va uning xususiyatlari


I. l-rasm. Har xil zaryadlarning o'zaro tortilishi


Download 91.79 Kb.
bet2/10
Sana25.06.2023
Hajmi91.79 Kb.
#1654957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
elektrotexnika 1-2 mavzu

I. l-rasm. Har xil zaryadlarning o'zaro tortilishi.

Elektr miqdorining birligi kulon Km deyiladi, u 6,25-1018 elektronlar miqdori zaryadiga ega.


1.2-rasm.
Bir xil zaryadlarning bir-biridan qochishi.




Bularning hammasi malakali kasb egalari va mutaxassislarni yetishtirishni talab etadi. Umumiy elektrotexnika va elektronika asoslari kursi matematika, fizika, kimyo, chizmachilik va elektron hisoblash mashinalari fanlari bilimini talab etadi. Elektrotexnika va elektronika kursida olingan bilimlar xalq xo'jaligining hamma sohalarida ishlashga yo‘llanma beradi.
Elektr energiyasining barcha sohalarda keng ko‘lamda ishlatilishiga uning quyidagi afzalliklari sabab bo`ladi:

  • g‘oyat katta miqdordagi elektr energiyasini uzoq masofaga uzatish;

  • elektr energiyasini amalda har qanday quvvatdagi iste’molchilarga osongina taqsimlash. Masalan, quvvatni eng kam oladigan elektrustara, odamni uqalovchi elektr asbob, kalkulator, tibbiy davolash asboblari va boshqalar;

  • elektr energiyani mexanikaviy, issiqlik, yorug‘lik, kimyoviy va boshqa turdagi energiyalarga osongina aylantirish imkoniyati.

Elektr energiyasini elektr dvigatellar yordamida mexanikaviy energiyaga aylantirish sanoatda, transportda, tibbiyotda, qishloq xo‘jaligida turli mashinalarni va mexanizmlarni juda qulay, texnik mukammal hamda iqtisodiy foydali ravishda harakatga keltirishga imkon beradi.
Kimyo sanoatida esa ko‘pgina texnologik jarayonlar elektr energiyasini kimyoviy energiyaga aylantirishga asoslangan. Masalan, metallar ajratib olishning elektroliz usullari, galvonotexnika va boshqalar.
0‘tkazgichlar va izolatorlar
Tabiatdagi jismlarni ikki turga bo‘lish mumkin. Ular bir-biridan elektr xususiyatlari bilan farq qiladi. Biri 0‘tkazgichlar, boshqalari esa izolatorlar yoki dielektriklar deb ataladi.
0‘tkazgichlarning atomlari yadrolarida bir xil elektronlar yadrolari bilan bo‘sh bog`langan, shuning uchun tashqi elektr zaryadlari ta’sirida ular yadrolarni yengil tashlab ketadi. Bunday elektronlar bo‘sh yoki ozod elektronlardir.
Bo‘sh yoki ozod elektronlar o'tkazgich jismlarda doimo harakatda bo'lib, tartibsiz bo'ladi. Bo‘sh yoki ozod elektronlar harakat jarayoni davrida kichkina molekulalar bilan to'qnashib, ulardan yangi ozod elektronlarni chiqarib yuboradi. Chiqib ketgan elektronlarning 0‘rniga yangilari kelib joylashadi.
Agarda o‘tkazgichga tashqaridan elektr maydoni ta’sir etsa, bo‘sh tartibsiz elektronlar bir tomonga qarab harakatlanadi. Metall, ko‘mir, suvdagi kislotalar va tuzlar elektrni yaxshi o'tkazuvchi hisoblanadi
(1.3-rasm).

Tabiatdagi ko‘p jismlar bo‘sh elektronlarga ega emas. Ularda elektronlar tashqi elektr maydoni ta'sirida atomdan og'adi, lekin ularni tashlab ketmaydi. Bunday jismlarga shisha, marmar, chinni, rezina, ebonit, mum va boshqalar kiradi.
Izolatorlarga mineral moylar, havo va har xil loklar kiradi. Ular o‘zgarmas tokni butunlay 0‘tkazmaydi. 0‘tkazgichlar va izolatorlardan tashqari, yarimo‘tkazgichlar ham bo'ladi. Yarimo‘tkazgichlarga selen, misning chala oksidi, germaniy, kadmiy (oltingugurtli kumushsimon yumshoq metall), oltingugurtli qo‘rg‘oshin va boshqalar kiradi. Shuni esda tutish kerakki, tabiatda toza o‘tkazgichlar, toza izolatorlar yo‘q.




Download 91.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling