Elektr to‘g‘risida asosiy tushuncha. O‘tkazgichlar va izolatorlar. Elektr maydoni va uning xususiyatlari


Download 91.79 Kb.
bet5/10
Sana25.06.2023
Hajmi91.79 Kb.
#1654957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
elektrotexnika 1-2 mavzu

Kondensatorlar
Elektrotexnikada zarur bo‘lgan sig‘imlar bilan ta’minlash uchun alohida tuzilmalardan foydalaniladi, ya’ni kondensatorlardan. Ikki temir plastinka orasiga izolatsiya jism (ya’ni, dielektrik) o‘rnatilgan qo`llanma-asbob kondensator deb ataladi. Plastinkalarni kondensatorning qoplamasi deyiladi.
Agarda plastinkalar har xil qutbli elektr toki manbayiga ulansa, u holda kondensatorda har xil belgili elektr zaryadlari hosil bo‘lib, ular bir-biriga tortiladi. Zaryadlar uzoq vaqt qoplamalarda saqlanib qoladi. Bu zaryadlar manbadan o‘chirilgan holda ham uzoq saqlanishi mumkin. Shunday qilib, kondensatorlar elektr energiyasini saqlovchi hisoblanadi.

Kondensatoming yuzasi qancha katta bo‘lsa, uning sig‘imi shuncha katta bo‘ladi.


Kondensator dielektrigining qalinligi kam bo‘lganda ham, uning sig‘imi katta bo‘lishi mumkin. Uning sig‘imining ko‘p yoki kam bo‘lishi qoplamalar orasidagi izolatsiya jismga bog‘liq. Izo­latsiya jismlarning kondensator sig‘imiga ta’siri jismlarning dielektrik singishiga bog‘liq. Elektrotexnikada havoning dielektrik singish miqdori birga teng deb qabul qilingan.
Agarda qoplamalar orasiga havoning o‘rniga boshqa dielektrik joylashtirilsa, u holda dielektrik singishi kondensatoming sig‘imi bir necha marta oshganini bildiradi.
Dielektrik singishni yunoncha ɛ (epsilon) bilan belgilash qabul qilingan.
Elektrotexnikada doimo qo‘llanadigan izolatsiya jismlarning dielektrik singishi 1.1-jadvalda keltirilgan.



1.1-jadval
Izolatsiya jismlarning dielektrik singishi



Dielektrik

Dielektrik singishi, ɛ

Havo
Parafin
Transformator yog`i
Presshpan
Qog`oz
Slyuda
Shisha
Marmar
Rezina

1
2,1÷2,3
2,0÷2,5
2,5÷4
3÷3,5
4÷7,5
5,5÷10
8,3
3,5

Ko‘p jismlarning dielektrik singishi namlik va haroratga qarab o‘zgarishi mumkin. Kondensatorning qoplamasida yig'ilgan elektr zaryadlar orasida elektr maydoni hosil bo‘ladi. Bu maydon miqdor bilan ifodalanib, uni elektr maydonning kuchlanganligi deb aytiladi.


Agar elektr maydonida elektr bilan zaryadlangan jism joylashgan bo‘lsa, u holda maydon kuch bilan shu jismga ta’sir etishi jismning elektr zaryadi va jismning joylashgan nuqtasidagi maydon kuchlanganligining miqdoriga proporsional. Shuning uchun elektr maydoni kuchlanganligi zaryadga ta’sir qiladigan kuch shu zaryadning nisbatiga tengdir.

+


Download 91.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling