Joul-Lens qonuni
Elektr toki o'tkazgichning qarshiligini yengib ish bajaradi, shu jarayonda o‘tkazgichdan issiqlik ajralib chiqadi. Bo‘sh, ya’ni ozod elektronlar harakatlanganida atomlar va molekulalar bilan to‘qnashadi, shunday harakatlar daelektronlarning mexanikaviy energiyasi issiqlik energiyasiga aylanadi.
Agarda issiqlik miqdorini Q,tok kuchini I (A), qarshilikni R (Om), elektr toki o‘tgan vaqtni t (s) bilan belgilasak, u holda bu qonun quyidagicha yoziladi:
Q = 0,24 ∙ I2R t.
Bu formulada issiqlik miqdori Q kichik kaloriyada chiqadi. Koeffitsiyent 0,24 formulada 1 A elektr toki 1 Om ga ega bo‘lgan o‘tkazgich qarshiligidan 1 s vaqtda o‘tganda 0,24 kichik kaloriya issiqlik ajratishini bildiradi. Kichik kaloriya issiqlik miqdorining o‘lchov birligi vazifasini bajaradi.
Kichik kaloriya 1 g suvni 1Сo isitish uchun kerak bo‘lgan issiqlik miqdoriga teng:
1000 kal = 1 kkal.
0‘zgarmas tok ishi va quvvati
Elektr tokining ish bajarish qobiliyati elektr energiyasi deyiladi.
Elektr tokining bajaradigan ishi elektr miqdorining kuchlanishga ko‘paytmasiga teng:
A = Q∙U,
bu yerda: A — bajarilgan ish miqdori; Q — elektr miqdori;
U — kuchlanish.
Bu yerda elektr miqdori Q— I • t ga teng.
Bu formula amalda quyidagicha ifodalanadi:
А = I • U∙t, J.
Agarda, elektr toki amperda berilgan bo‘lsa, kuchlanish voltda, vaqt sekundda belgilansa, u holda bajarilgan ish joulda o‘lchanadi.
Elektr tokining bir sekundda bajargan ishi elektr tokining quvvati deb ataladi. Tokning quvvati F harf'i bilan belgilanadi.
Quvvat tokning vaqt birligida bajargan ishiga teng:
bu yerda: F — quvvat.
Amalda F harfining o‘rniga P harfi yoziladi. U holda:
P= U•l.
Elektr quvvati vatt bilan o‘lchanadi: 1000 W = 1 kW.
Do'stlaringiz bilan baham: |