Elektr transportidan foydalanish va ta’mirlash
Download 348.74 Kb.
|
ETFT kurs ishi to\'g\'rilangan bolvanka
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sof harakat davomida elektrovozning foydali ish vaqti Р, s
- Joriy ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish dekada dasturi hisobi ma’lumotlari
4.2-jadvalElektrovozlardanfoydalanishko’rsatkichlarinitaqqoslash
Nazorat savollari 1. Uzaytirilgan yurish uchastkalarida elektrovozlardan foydalanish samaradorligi nimada? 2.4.2- jadvaldagiqaysiko’rsatkichningoshirilishiboshqauzaytirilganuchastkalardaelektrovozlardanfoydalanishko’rsatkichlario’zgarishigasababbo’lgan? 5. Elektrovozlarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash dasturini hisoblash B-D uchastkalarida A depo elektrovozlari yillik, oylik, dekada bosib o’tgan yo’lini hisoblang, ming, km (5.1) (5.2) (5.3) TO-3, TO-4 texnik xizmat ko’rsatish, joriy ta’mirlash TP-1, TP-2, TP-3 va kapital ta’mirlashning yillik dasturini hisoblang (5.4) Bu yerda, Li – “O’TY” AJ uchun o’rnatilgan elektrovozlarga texnik xizmat ko’rsatish yoki ta’mirlash orasida bosib o’tgan o’rtacha masofa (5.1-jadval) 2; Li+1 - “O’TY” AJ uchun o’rnatilgantartib bo’yicha navbatdagi joriy ta’mirlash uchun elektrovozlarga texnik xizmat ko’rsatish yoki ta’mirlash orasida bosib o’tgan o’rtacha masofa 2; LТО-4– TO-4 elektrovozlarga texnik xizmat ko’rsatishlar orasidagi bosib o’tilgan masofani 200 ming km ga teng deb qabul qiling. 5.1-jadval
5.4 Sмес oy, Sдек dekada yillik o’rniga qo’yib TO-3, TO-4 oylik Ммес, dekada Мдек dasturlarini hisonblang. Hisoblash natijalarini 5.2-jadvalga kiriting. 5.2-jadval
Nazorat savollari Rejadagi joriy ta’mirlash dasturlari qanday hisoblanadi? Rejadagi texnik xizmat ko’rsatish dasturlari qanday hisoblanadi? Elektrovozlarni yillik bosib o’tgan yo’li qanday hisoblanadi? 6. Stoyllar soni, nosoz elektrovozlar ta’mirlash fronti va depo ta’miri foizini hisoblash 6.1. Joriy ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish dasturlarini bajarish uchun stoyllar sonini hisoblash Ta’mirlash stoyllari soni elektrovozlarni ta’mirlash dasturi, ularning ta’mirlashda yoki mazkur texnik xizmat ko’rsatishdagi turishlar hamda ishchi smenalarning soni va davomiyligi asosida aniqlanadi. TP-1 joriy ta’mirlash va TO-3 texnik xizmat ko’rsatishni bajarish uchun stoyllar miqdorini hisoblang. (6.1) Bu yerda, ti– ТР-1 yoki ТО-3 da turish, s (6.1-jadvalga qarang); Мiгод - TP-1 yoki TO-3 yillik dasturi (5 punktga qarang); γ - ishchi smenalar sonini hisobga oluvchi koeffitsiyent: γ =3 – bir smena, γ=2 – ikki smena, γ =1 – uch smena; Т - yildagi ish kuni miqdori (ТР-1 uchun 253, ТО-3 uchun 357). 6.1-jadvalda “O’TY” AJ uchun tarmoqlar orasida elektrovozlarga texnik xizmat ko'rsatish va joriy ta’mirlash davomiyligi normalari berilgan. [2]. 6.1-jadval
Izoh: 1. TO-4 texnik xizmat ko’rsatish davomiyligi normasi A-41 turidagi stanokdan foydalanishda har bir yo’niladigan g’ildirak juftligi uchun 1,2 s, КЖ-20 turidagi stanokdan foydalanganda har bir g’ildirak juftligi uchun 2,0 s. Boshqa turdagi stanoklar uchun TO-4 texnik xizmat ko’rsatish davomiyligi normasi stanokning hujjatlariga asosan o’rnatiladi. 2. Agar TO-3 texnik xizmat ko’rsatish, TP-1 yoki TP-2 joriy ta’mirlash bilan g’ildirak juftliklari bandajlari yo’nalishi birlashtirilsa, TO-4 texnik xizmat ko’rsatish davomiyligi normasini hisobga olgan holda, texnik xizmat ko’rsatish (joriy ta’mirlash) davomiyligi normasi oshiriladi. 3. G’ildirak-motor bloki podshipnik chayqalishi vibrodiagnostikani bajarishda texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash davomiyligi normasi har bir g’ildirak-motor blokiga 0,5 soatgacha oshiriladi. G’ildirak juftliklarini elektrovozdan ajratmasdan ishlov berish uchun stoyllar sonini hisoblang (6.2) Bu yerda, МТО-4год – ТО-4 yillik dastur (5-p. qarang); tТО-4 - ТО-4 da turish (6.1-jadvalga mos holda hisoblang); γ - ishchi smenalarni hisobga oluvchi koeffitsiyent; Т = 253 kun. TP-1P, ТР-3 joriy ta’mirlash va КР bajarish uchun stoyllar miqdorini hisoblang (6.3) Bu yerda, Miгод– mazkur turdagi ta’mirning yillik dasturi (5 p. qarang); tj – sutkalarda mazkur turdagi ta’mirlashda elektrovozlarni turishi (6.1-jadvalga va unga ilovaga qarang); Т = 253 kun. Ta’mirlash stoyllari ta’minlanishiga e’tibor bering. Agarda, 3 smenali ish qabul qilingan bo’lsa va stoyllar soni 2 ga teng bo’lsa, 2 smenali ishda boshqa stoyllar soni talab etilmayotganiga iqror bo’ling, yoki ish smenalari soni masalasini qayta ko’rib chiqing. Texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash dekada dasturini hisoblari natijalariga mos holda (5-p. qarang), hamda ularni bajarish (6.1, 6.2, 6.3) uchun stoyllar miqdori asosida 6.2-jadvalni to’ldiring. Ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatishda turishlar davomiyligi normasini tj 6.1-jadval qiymatlariga mos holda ko’rsating. 6.2-jadval Joriy ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish dekada dasturi hisobi ma’lumotlari
6.2. Elektrovozlarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashni tashkil etish grafigini tuzish Shakl bo’yicha 6.3-jadvalda ko’rsatilganidek, elektrovozlarga texnik xizmat ko’rsatish TO-3, TO-4 va ta’mirlashni ТР-1, ТР-1р, ТР-3 tashkil etish grafigini 6.2-jadval ma’lumotlariga mos holda va B-D uzaytirilgan yurish uchastkasida sutkada o’rtacha bosib o’tilgan masofani Sсу hisobga olgan holda tuzing (4.3-formulaga qarang). 6.3-jadval
Download 348.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling