H2O + 2 ē → H2+ 2HO –
Anod jarayonida bo’ladigan reaksiyalar ko‘p holatlar bilan bog‘liq. Agar anod sifatida qiyin oksidlanadigan metall, grafit, platina va oltin bo‘lsa (ularni inert anodlar deb ataladi), uning kimyoviy jihatdan o ‘zgarishi kuzatilmaydi.
Elektroliz davomida metall oksidlanishi mumkin, unday elektrodni aktiv anod deb yuritiladi. Anodda sodir bo‘ladigan jarayonlarni birma-bir ko‘rib chiqamiz.
Inert anod ishtirokida ishqorlar, kislorodli kislotalar va ularning tuzlari, HF va ishqoriy metallar ftoridlari elektrolizida suv oksidlanadi, natijada anodda kislorod ajralib chiqadi. Sharoitga qarab, quyidagi vaziyatlar amalga oshadi:
a) ishqoriy eritmalarda
4НO– = O2+ 2Н2O + 4ē yoki 4HO – — 4ē = O2 + 2H2O
b) kislotali yoki neytral sharoitda
2H2O = O2 + 4H+ + 4ē
yoki 2H2O — 4ē = O2 + 4H+
Ko‘pchilik kislota qoldiqlarining anodda oksidlanishi yuqori potensialni talab qilmagan taqdirda ham, ularning ko‘pchiligi anodda oksidlanishga qodir emas.
2. Kislorodsiz kislotalar qoldiqlari (HF va ftoridlardan tashqari) anodda oksidlanadi. Xlor ionining standart oksidlanish-qaytarilish potensiali kislorodnikidan katta bo‘lsa ham, kislorodning ajralib chiqishida o‘ta qutblanish jarayoni kuzatiladi. Shu sababli Сl–, Br–, I– kabi galogen ionlari kisloroddan ko‘ra osonroq oksidlanishi kuzatiladi.
3. Anod aktiv xususiyatga ega bo‘lganda oksidlanishda uch xil raqobatli jarayon kuzatiladi:
a) suvning oksidlanishi;
b) anionning oksidlanishi;
d) anod yasalgan metallning oksidlanishi. Bu vaziyatlarning qaysi biri amalga oshishi ularning standart elektrod potensiali qiymatlariga bog‘liq.
Elektroliziga misollar
Quyida bir necha sistemalaming elektrolizini ko‘rib chiqamiz.
Mis sulfatni mis anodi ishtirokida olib borilgan elektroliz davomida katodda mis ajralib chiqadi, chunki E0Cu2+/Cu= 0.34 V (bu qiymat —0,41 V dan katta). Anodda mis metali oksidlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |