Elektromobil
Download 225.75 Kb. Pdf ko'rish
|
12. Elektromobil OʻK
Tinglab tushunish.
Audiomatnni tinglang. Savollarga javob bering. Audiomatn: “Syurpriz”. Toshkentning sershovqin koʻchalaridan birida joylashgan ustaxona. Ustaxona kiraverishida mexanik Akbar aka mijoz tashlab ketgan Malibu rusumli mashinani koʻzdan kechirmoqda. Akbar aka juda chanqab ketdi, bir piyola choy hoʻplab olish uchun ustaxona ichkarisiga kirdi. Tez qaytib chiqaman deb oʻylagan usta Malibuning eshiklarini qulflamadi. Kalitni ham mashinaning ichida qoldirdi. Oʻgʻrilik qilib kun kechiradigan Salim ismli yigit balkonida oʻtirib telefonda suhbatlasharkan, bu voqeani beixtiyor koʻrib qoldi. Telefonda suhbatlashayotgan Salim goʻshakning narigi tomonidagi odamga “Hozirgina bir ahmoq mashinani ochiq qoldirdi. Bugun omadim kulgan kunga oʻxshaydi” dedi-yu goʻshakni qoʻyib pastga yugurdi. Akbar usta esa ichkaridagi shogirdiga maslahat beraman deb ushlanib qoldi. Salim yugurib kelib mashinaga oʻtirdi-yu, kalitni buradi. Mashina bir urinishdayoq oʻt oldi. Atrofga. yonoynalar orqali orqa tomonlarga alangladi-yu hech kim yoʻqligiga ishonch hosil qilgan Salim qoʻltormozni tushirdi-yu gazni bosdi. Rulni bir qoʻli bilan ushlab, ikkinchi qoʻli bilan tanishiga SMS yozdi: “Mashinani qoʻlga kiritdim!” Mashina olib qochayotgan Salim birinchi chorrahadayoq yoʻlchiroqning qiziliga tutildi, lekin u qancha urinmasin, mashina sekinlay demasdi. Tormozni bor kuchi bilan bosishiga qaramay mashina toʻxtamadi. Tormoz pedali shunchalik yumshoq ediki, Salim qandaydir muammo borligini sezsa-da, tormozga nima boʻlganini tushuna olmasdi. Akbar usta tormozni sozlash uchun yechib olganidan esa uning umuman xabari yoʻq. Shunday qilib Salim Malibuni toʻxtata olmadi, chorrahani qizilda bosib oʻta boshladi, shu payt yon tomondan militsiya mashinasi katta tezlikda chiqib keldi. Salim oʻzi oʻtirgan mashinani olib qocha olmasdi, juda kech boʻlgan edi. Militsiya ham yoʻlchiroqning yashilida oʻtayotgani uchun ancha xotirjam gazni bosayotgan edi. Hammasi bir onda sodir boʻldi. Militsiya mashinasi Malibuning qorniga kalla qoʻydi. Militsiya xodimlari mashinadan tushib Malibu tomon yura boshladilar. Qoʻrqib ketgan Salim har qancha urinmasin himoya yostiqchalarining changalidan qutula olmadi. Qoʻlidagi telefon ham asfaltga uchib tushgan edi. Militsiya xodimi mashinaga yaqinlashdi-yu “Koʻzingiz qayoqda, qizil chiroq yonganini koʻrmayapsizmi”. Salim esa nima deyishini bilmay oʻtirgandi. Militsiya xodimi yerga uchib tushgan telefonni qoʻlga olishi boʻlib SMS keldi: “Salim, omading kulgan kun ekan-da” deb yozilgan edi. Umuman olganda bu Salimning kuni emas ekan, u kunning qolgan qismini militsiya idorasidagi kamerada oʻtkazdi. Download 225.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling