Oʻqib tushunish. Sintaksis.
Matnni oʻqing. Boʻsh oʻrinlarni muqobillardan birini tanlagan holda
toʻldiring.
Ushbu
topshiriq oʻquvchilarning grafik maʼlumotlarni tushunish
koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan. Oʻquvchilar chizmada berilgan
maʼlumotlarni tushungan holda, boʻsh oʻrinlarni kerakli jumlalar bilan toʻldirib
oʻqishlari lozim. Bunda berilgan jadvaldagi birliklardan foydalanishlari kerakligi
aytiladi.
Grafik 2018-yildan 2021-yilgacha boʻlgan vaqt oraligʻida sotilgan
elektromobillarning xaridorlari orasida qaysi jins vakillari qanday ulushda ishtirok
etganini koʻrsatadi. Gorizontal oʻq yillarni, vertikal oʻq esa foizlarni ifodalaydi.
Grafikdan bir qarashda erkaklar ulushi kamayib borayotgandek koʻrinadi, ammo
bu erkaklar kamroq elektromobil sotib olayotganini anglatmaydi. Aksincha,
elektromobillar sotuvi yil sayin oʻsib bormoqda. Grafik esa sotilgan
elektromobillarning necha foizini ayollar, necha foizini erkaklar sotib olganini
koʻrsatadi. Boshidagi ikki yil orasidagi farq unchalik katta emas – 10%ni tashkil
etadi, lekin 2021-yilda ayollarning ulushi keskin oshganini koʻrishimiz mumkin.
Keyingi yilda esa oʻtgan 2020-yilgi natija deyarli takrorlangan. Ushbu yilda ayollar
ulushining oʻsishini 3% deb koʻrsatish mumkin.
Yozma nutq. Matn yaratish.
Ushbu grafikni tavsiflab matn yozing.
Mazkur topshiriq oʻquvchilarning berilgan grafikdagi maʼlumotlarni
tushunib, matn koʻrinishida yozish koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan.
Oʻquvchilar berilgan grafik chizmadagi belgilarni tushunib, mazmunini
ifodalab yozishi lozim. Bunda yuqoridagi matn namunasidan foydalanishi
mumkinligi aytiladi.
Uyga vazifa.
Oʻzingiz istagan mavzuda grafik tayyorlang. Quyidagi shakllardan birini
Do'stlaringiz bilan baham: |