Elektromobil


 Elektromobilning qulaylik tomonlarini sanang


Download 225.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana04.02.2023
Hajmi225.75 Kb.
#1161075
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
12. Elektromobil OʻK

3. Elektromobilning qulaylik tomonlarini sanang. 
 
Bu topshiriq matn mazmunini tushunish, maʼlumotlarni saralab olishga 
qaratilgan. Bu savolning javobi matnning bir qismida aynan keltirilmagan. 
Oʻquvchilar matnni toʻliq oʻqib, undagi xulosalari asosida sanab berishlari lozim. 
4. Elektromobilning ekologiyaga qanday foydasi bor? Zarari ham bor deb 
oʻylaysizmi? 
 
Bu savol matnda eksplitsit(ochiq) ifodalangan maʼlumotlarni topishga 
qaratilgan. Matnning “Elektromobilning kamxarjligi nimada?” boʻlimida bu haqida 
maʼlumotlar berilgan. Oʻquvchi ushbu oʻrinlarni topib, oʻz shaxsiy kuzatishlari 
asosida izohlab berishi lozim. 
5. Elektromobillar bilan bogʻliq ikkita muammoni tushuntirib bering. 
 
Bu matn mazmunidagi muammoni tushunishga qaratilgan. “Muammolar 
nimada?” deb nomlangan boʻlimda, bu muammolar aytib oʻtilgan. Oʻquvchilar 
ushbu oʻrinni topib, munosabatlarini aytishlari lozim. Bu jarayonda oʻquvchilarda 
ushbu muammoga qanday yechim taklif qila olishini ham soʻrash oʻrinli.
Morfologiya. 
Matnda ostiga chizilgan soʻzlarga diqqat qiling. Tushib qolgan kelishik 
qoʻshimchasini oʻz joyiga tiklab birikmalarni yozing. 
 
Bu topshiriq matnni lingvistik tahlil qila olishga qaratilgan. Oʻquvchilar 
matndan ostiga chizilgan soʻzlarni aniqlab, ularda qanday kelishik qoʻshimchasi 
tushib qolganligini aniqlab aytishlari lozim. Dastlab, oʻquvchilar bilan qanday 
kelishiklar borligi, ulardagi qoʻshimchalar haqida savol-javob qilib, takrorlab 
olinishi maqsadga muvofiq. 
Qoida. Morfologiya. 


Oʻquvchilar kelishiklarning belgisiz qoʻllanishi haqida amaliy topshiriq orqali 
tushuncha hosil qilganlaridan soʻng, ularga belgisiz qoʻllanishi mumkin boʻlgan 
kelishiklar haqida nazariy maʼlumot beriladi. 

Download 225.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling