Elektromobil
Download 225.75 Kb. Pdf ko'rish
|
12. Elektromobil OʻK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uyga vazifa. Yozma nutq. Matn yaratish. Quyidagi gaplarni oʻqing. Mazmunini tahlil qiling. Qaratqich va tushum
- 3-soat Dars jarayoni Kirish.
- Test. Grafik asosida quyidagi hukmlarning toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanini aniqlang.
Morfologiya. Sintaksis.
Qaratqich va tushum kelishigining belgili va belgisiz qoʻllanishiga 4 tadan misol yozing. Mazkur topshiriq oʻquvchilarning kelishiklarning belgili va belgisiz qoʻllanish holatlarini tushunish hamda uni munosib kontekstda qoʻllay olishlariga qaratilgan. Oʻquvchilar ushbu holatga mos 4 ta gap tuzib yozishlari lozim. Uyga vazifa. Yozma nutq. Matn yaratish. Quyidagi gaplarni oʻqing. Mazmunini tahlil qiling. Qaratqich va tushum kelishiklarini belgili qoʻllash shart boʻlgan oʻrinlar haqida qoida yozing. Ushbu topshiriq oʻquvchilarga gaplarni tahlil qilish orqali qoida yoza olish koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan. Oʻquvchilar berilgan ustunlardagi gaplarni taqqoslab oʻqib, undagi muhim oʻrinlarni aniqlab, kelishiklarning qay holatda belgili qoʻllanishi haqida qoida yozib kelishlari lozim. 3-soat Dars jarayoni Kirish. 1. Grafik chizmalar deganda nimalarni tushunasiz? 2. Grafik chizmalar bizga nima uchun kerak? Asosiy qisim. Leksikografiya. Berilgan grafikka qarang. Koʻrsatilgan qismlarining nomini toping. Mazkur topshiriq oʻquvchilarga grafik chizmalar, uning qismlari va qismlarda nimalar ifodalanishini tushuntirishga hamda unga oid til birliklarini nutqida faollashtirishga qaratilgan. Oʻquvchilar grafik bilan tanishib, uning qismlari nomini moslashtirib yozishlari lozim. Bajarib boʻlishgach, grafik doskada chizilib, toʻgʻri javoblari bilan izohlab berilishi maqsadga muvofiq. Javob: 1 – B, 2 – F, 3 – A, 4 – D, 5 – G, 6 – E. Test. Grafik asosida quyidagi hukmlarning toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanini aniqlang. Mazkur topshiriq oʻquvchilarning grafik chizma asosida egallagan maʼlumotlarini saralash, fikrlarni toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligini aniqlashga qaratilgan. Oʻquvchilar berilgan maʼlumotlar bilan tanishib, munosabatlarini bildirishlari lozim. Bunda asosiy eʼtibor oʻquvchilarning toʻgʻri fikrlarni nima uchun toʻgʻriligi hamda notoʻgʻri fikrlarni nima uchun xatoligini izohlab aytib berishlariga qaratiladi. Javob: Toʻgʻri hukmlar: Grafik 4 yil davomida sotilgan elektromobillarning xaridorlari orasida erkaklar va ayollarning ulushi qanchaligini koʻrsatadi; vertikal oʻq foizlarni koʻrsatadi va har darajada 10%ga oʻsgan raqamlar bilan oʻlchanadi; sariq oʻq ayollar ulushini ifoda etadi; oxirgi 2 yilning xulosasi bir-biriga yaqin. Notoʻgʻri hukmlar: Gorizontal oʻq sotilgan avtomobillar sonini koʻrsatadi; grafikda faqat oʻsish haqida maʼlumotlar bor; tanlangan davr mobaynidagi savdolarda erkaklarning ulushi doim koʻp; ayollar ulushida keskin oʻsish kuzatilmaydi. Download 225.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling