Elektromobillar reja: Elektromobilning tarixi Elektr transport vositalarining xususiyatlari
Download 288.21 Kb.
|
ELEKTROMOBILLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Elektromobillаrning ekologik vа yongʼin xаvfsizligi muаmmolаri. Elektromobil
ELEKTROMOBILLAR Reja: 1. Elektromobilning tarixi 2. Elektr transport vositalarining xususiyatlari 3. Elektromobilning ehtiyot qismlari 4. Afzalliklar 5. Kamchiliklar 6. Elektr avtomobil quvvat akkumulyatori va uning zaryadlash texnologiyasi. 7. Elektromobillаrning ekologik vа yongʼin xаvfsizligi muаmmolаri. Elektromobil — akkumulyatorlar batareyasi oʻrnatilgan bir yoki bir necha elektr dvigatel yordamida harakatlanadigan avtomobil. 20-asr boshlarida Gʻarbiy Yevropa va AQSH da E.dan taksi, pochta furgoni, kommunal xoʻjalik mashinalari, yengil avtomobillar sifatida foydalanilgan. Fransiyalik K. Jenatsi E. tezligini 100 km/soatga yetkazgan. Biroq, tezlikning cheklanganligi va energiya sigʻimining pastligi (20 Vt/soat kg gacha), akkumulyatorlar batareyasining massasi kattaligi E. ning rivojlanishiga toʻsqinlik qiddi. 60-yillardan boshlab ichki yonuv dvigatelsh avtomobillardan chiqadigan gaz havoni zaharlashi va shovqinni kuchaytirishi tufayli E.dan shahar transportida foydalanishga ehtiyoj ortdi. E.dagi akkumulyatorlar batareyasining bir galgi zaryadi (energiya zaxirasi) 100 km gacha yoʻl yurishga yetadi. E.larning akkumulyatorlari maxsus zaryadlash st-yalarida zaryadlanadi. Oʻzgaruvchan tok dvigatelidan foydalanilganda uni oʻzgarmas tokka aylantiruvchi oʻzgartirgich boʻladi. E.lar shaharda foydalanishga moʻljallangan; yurish qismi, kuzovi yengillashtirilgan, alohida transmissiyali va akkumulyatorlar batareyalari almashtirish qulay qilib ishlanadi. Akkumulyatorlar batareyalari kuzov ostiga joylashtiriladi, tok dvigatelga tiristorli boshqarish bloklari orqali keladi. Dvigatel yetakchi koʻprikli bloklarga (oldiga yoki orqasiga) yoki kardanli harakat bloklariga, yoxud gʻildiraklarga oʻrnatiladi. E.dan foydalanish shaharlarda shovqinni va havoning buzilishini kamaytiradi, suyuq yonilgʻini tejashga imkon beradi. Elektr energiya suyuq yoki gazsimon yoqilgʻidan bevosita avtomobilning oʻzida hosil qilinadigan E.lar ham bor. E., asosan, AQSH, Angliya, Rossiyada ishlab chiqariladi. AQSH va Germaniyada bir galgi zaryadi 200 km gacha yoʻl yurishga yetadigan E.larning eksperimental nusxasi yaratilgan (2005). Oʻzbekistonda E.ga doir ishlar Tshkent avtomobilyoʻshar jstitutida olib boriladi. Download 288.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling