Elektromobillar reja: Elektromobilning tarixi Elektr transport vositalarining xususiyatlari


ELEKTROMOBILLАRNING EKOLOGIK VА YONGʼIN XАVFSIZLIGI MUАMMOLАRI


Download 288.21 Kb.
bet7/7
Sana02.02.2023
Hajmi288.21 Kb.
#1146293
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ELEKTROMOBILLAR

ELEKTROMOBILLАRNING EKOLOGIK VА YONGʼIN XАVFSIZLIGI MUАMMOLАRI.
Hozirgi vaqtda dunyoda 1 milliardga yaqin turli xildagi va turli rusumdagi avtomobillar bor. Bu avtomobillar yiliga millionlab litr yoqilgʼi sarflashadi. Bir yilda avtomobillardan atrof-muhitga chiqadigan zararli moddalar miqdori bir necha 10 millionlab tonnani tashkil qiladi.
Zamonaviy tejamkor avtomobillarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish atrof-muhitga boʼladigan zararli taʼsirlarni kamaytirishga imkon bermayapti, chunki avtomobillarning soni yildan-yilga keskin oshib ketayapti.
Аtrof-muhitga boʼladigan zararli taʼsirlarni kamaytirish maqsadida dunyoning rivojlangan mamlakatlarida yoqilgʼi asosida ishlaydigan avtomobillardan voz kechib, akkumulyatorlarning elektr quvvati hisobiga harakatlanadigan elektromobillar ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyildi.
Misol tariqasida Аmerika Qoʼshma Shtatlaridagi Tesla kompaniyasini va Xitoy Xalq Respublikasidagi BYD kompaniyasini olishimiz mumkin. 2019 yilda Tesla kompaniyasi 520 ming ta, BYD kompaniyasi esa 470 ming ta elektromobil ishlab chiqardi. Butun dunyoda esa 2019 yili 2 mln 200 ming ta elektromobil ishlab chiqarilib, aholiga sotilgan. Bugungi kunga kelib butun dunyoda 8 mln ga yaqin elektromobillar harakatlanmoqda.
Umumiy holda aytadigan boʼlsak, elektromobillarning afzalliklari quyidagilardan iborat: 1) yoqilgʼi yonmaydi, demak yonish jarayonida hosil boʼladigan va atrof-muhitga tarqaladigan zararli gazlar va moddalar boʼlmaydi; 2) atrof-muhitga tarqaladigan shovqin past darajada boʼladi; 3) harakatlanuvchi har xil detallar kam boʼlganligi uchun texnik xizmat koʼrsatish kam boʼladi; 4) sovutish va moylash tizimlari kam boʼlganligi uchun ishonchliligi yuqori boʼladi. Ularning kamchiliklari quyidagilardan iborat. 1).Yoqilgʼi bilan ishlaydigan avtomobillarga nisbatan akkumulyatorlarning massasi tufayli elektromobillar ogʼir boʼladi, masalan Tesla S modeli 2100 kg ogʼirlikka ega; 2.Taxminan har 200 km yoʼl bosib oʼtgandan keyin akkumulyatorlarni zaryadlash kerak, buning uchun qoʼshimcha vaqt va elektr energiyasi sarf boʼladi; 3).Har bir elektromobil asosini tashkil qilgan 50 tagacha boʼlgan litiy – ionlik akkumulyatorlar 4-5 yil xizmat qiladi, ularni ishlab chiqarish va yaroqlilik muddatlari tugagandan keyin qayta ishlash muammosi yuzaga keladi; 4).Elektromobillardan chiqadigan shovqin past darajada boʼlganligi uchun odamlar ishtirokida sodir boʼladigan yoʼl-harakat hodisalari koʼproq boʼlishi taxmin qilinmoqda; 5).Elektromobillarni ishlab chiqarishning tannarxi qimmat boʼlganligi sababli (asosan akkumulyatorlar hisobiga) uning sotilish bahosi ham yuqori boʼladi.
Elektromobillarning atrof-muhitga boʼlgan zararli taʼsirlarini koʼrib chiqamiz. Birinchidan, massasi 2000 kg boʼlgan elektromobil bir yilda 0,5 kg mayda zarralarini hosil qiladi, bu benzinda ishlaydigan avtomobillarga nisbatan koʼp. Ikkinchidan, har 100 -150 km yoʼl bosib oʼtgandan keyin quvvati 100 kVt boʼlgan 50 ta moduldan tashkil topgan akkumulyatorlarni zaryadlash kerak. Buning uchun qoʼshimcha elektr energiyasi sarf boʼladi, demak elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar koʼproq elektr energiyasi ishlab chiqarishiga toʼgʼri keladi, oqibatda millionlab elektromobillarni zaryadlash uchun bu korxonalar atrof-muhitga yanada koʼproq zararli moddalarni chiqarishadi.
Uchinchidan, har bir elektromobil asosini tashkil qilgan massasi 500 kg gacha boʼlgan litiy – ionlik akkumulyatorlar ishlab chiqarish va ularning yaroqlilik muddatlari tugagandan keyin qayta ishlash muammosi hozirdanoq ishlab chiqaruvchilarni oʼylantirib qoʼymoqda. Ular oʼta qimmat va oʼta zaharli hisoblanadi.
Bu akkumulyatorlar besh yilgacha xizmat qiladi. Ularni ishlab chiqarishda nikel, kobalt, marganets va Yerda kam uchraydigan elementlar, ayniqsa oʼta zaharli boʼlgan litiy ishlatiladi. Bu kamyob materiallar asosan Xitoy Xalq Respublikasida va iqtisodi kam rivojlangan uchinchi mamlakatlarda ishlab chiqariladi va u mamlakatlarning atrof-muhitiga jiddiy salbiy taʼsir koʼrsatadi.
Bu akkumulyatorlarning eng xavfli tomonlaridan biri – ularning yongʼin va portlashga xavfliligidir. hozirgi vaqtgacha ular mobil telefonlarda va mobil shaxsiy kompyuterlarda ishlatilardi. Internet maʼlumotlariga koʼra juda koʼp hollarda akkumulyatorlarning portlashlari yuzaga kelayapti va natijada yongʼin oʼchoqlari paydo boʼlayapti. Bu portlashlar va kelib chiqqan yongʼin natijasida jarohat olishlar va hatto insonlarning oʼlimi kuzatilyapti.
Elektromobillar bundan mustasno emas, hali endi ishlatila boshlashiga qaramasdan ularda ham kuchli portlashlar va yongʼinlar yuzaga kelmoqda. Bu portlashlarda katta miqdordagi akkumulyatorni tashkil qilgan zaharli moddalar atrof-muhitga tarqaladi, eng ayanchlisi, insonlarning oʼlimi bilan yakun topishi mumkin.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, elektromobillarning atrof-muhitga boʼladigan toʼgʼridan-toʼgʼri zararli taʼsirlari yoqilgʼi asosida ishlaydigan avtomobillarga nisbatan kam boʼlishiga qaramasdan, ikkilamchi taʼsirlari mavjud. Kelajakda elektromobillarga ommaviy oʼtish natijasida bu savollarga javob olish mumkin.
Download 288.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling