Elektron biznes va elektron tijorat


Download 58.71 Kb.
bet6/7
Sana25.01.2023
Hajmi58.71 Kb.
#1120219
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Elektron biznes va elektron tijorat

7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining elektron tijorat sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
elektron tijorat sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi;
elektron tijorat sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
sharh
Xususan, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-dekabrdagi 353-sonli “2016 — 2018-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3724-son qarori bilan tasdiqlangan “2018 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish dasturi”.
davlat organlarining elektron tijorat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
elektron tijorat sohasidagi xalqaro hamkorlikni ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
8-modda. Maxsus vakolatli davlat organining vakolatlari
Maxsus vakolatli davlat organi:
elektron tijorat sohasidagi davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
boshqa manfaatdor davlat organlari va o‘zga tashkilotlar bilan birgalikda, o‘z vakolatlari doirasida elektron tijorat sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarni ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
elektron tijoratni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
elektron tijorat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radi;
elektron tijorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishda va ularning ijrosini ta’minlashda ishtirok etadi;
elektron tijorat sohasidagi tadqiqotlarni va monitoringni tashkil etadi.
5.O’zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish masalalari .

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirishda, shu jumladan, elektron tijoratni rivojlantirishda muayyan natijalarga erishish imkonini berdi. Shunga qaramay, mamlakatda elektron tijoratning to‘laqonli bozorini yaratishga, tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishiga to‘siq bo‘layotgan qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Xususan: birinchidan, elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning amaldagi tizimi soha taraqqiyotining jadal sur’atlardagi o‘zgarishlariga mos kelmaydi va o‘z navbatida aholi keng qatlami va tadbirkorlik subyektlari uchun elektron tijoratdan foydalanish imkonini ta’minlamaydi; ikkinchidan, mahalliy tadbirkorlik subyektlariga tashqi bozorlarda to‘liq raqobatlashish, shuningdek, xarajatlarni optimallashtirish imkonini bermayotgan elektron tijorat orqali tovarlar (xizmatlar)ni eksport qilishning eskirgan byurokratik to‘siqlari saqlanib qolmoqda; uchinchidan, elektron tijoratni rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish jarayoni lozim darajada yo‘lga qo‘yilmagan, bu esa iqtisodiyotni raqamlashtirish va tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining to‘xtab turishiga olib kelmoqda; to‘rtinchidan, mahalliy to‘lov tizimlarining mashhur xorijiy analoglari bilan integratsiyasi yo‘qligi, mamlakat tadbirkorlik subyektlarining elektron tijorat sohasidagi yetakchi xorijiy tashkilotlar bilan to‘liq xalqaro hamkorlikda ishlashlariga, shuningdek, mahalliy bozorning eksport salohiyati va raqobatbardoshligiga ta’sir qilmoqda;



Download 58.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling