Elektronika 1


Osma elementlarni tanlash


Download 1.08 Mb.
bet21/31
Sana03.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1690697
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31

Osma elementlarni tanlash


GIS da osma elementlarni ishlatish platada joyni iqtisod qilish fikrlar bilan aniqlanadi yoki plyonkali elementlarni talab qilingan aniq tavsiflarni ta’minlash bilan bog‘liq. Bizning holatda GIS ni osma elementlari sifatida korpussiz tranzistorlarni ishlatamiz. Gibridli plyonkali mikroshemalarda osma elementlar sifatida mitti yarimo‘tkazuvchi asboblarni keng qo‘llashadi: tranzistorlar, diodlar va h.k.


GIS ning bu komponentlarga qo‘yiladigan muhim talablar – kichik o‘lchamlari va og‘irligi (vazni).
Egiluvchan uchli asboblarning kamchiligi – GIS korpusida ularni yig‘ish jarayonini avtomatizatsiyalash qiyinligi. Uchlari zaldirli asboblarni qo‘llash yig‘ish jaraynini nazorat qilishni qiyinlashtiradi. Uchlari to‘sinli (balkali) bo‘lgan asboblar qimmat, ammo yig‘ishni avtomatizatsiyalash va o‘rnatish zichligini oshirishga imkon tug‘diradi.


Yaratish texnologiyasi


Fotolitografiya yordamida yupqa plyonkali gibridli IMT tayyorlashni asosiy bosqichlarini ko‘rib chiqamiz.


Birinchi navbatda plataga rezistiv materialdan yaxlik plyonka changlatiladi, uning ustidan esa tok o‘tkazuvchi materialdan yaxlit plyonka yopiladi. So‘ng fotorezist suriladi, unga fotoshablon orqali yorug‘lik tushiriladi, rasmi chiqariladi va nusxalantiriladi. Topologik chizmagpa asoslanib platani yuzasi bo‘sh qolgan uchastkalardan fotorezistordagi darcha orqali zaharlovchi modda bilan o‘tkazuvchi va rezistivli plyonka olib tashlanadi.
Keyin ikkinchi fotolitografiya o‘tkaziladi, uning natijasida rezistivli plyonka yuzasidan selektivli –zaxarlovchi bilan rezistorlar bo‘ladigan joylardan o‘tkazuvchi plyonka olib tashlanadi.
Plataga tok o‘tkazuvchi plyonkalarni adgezatsiyasini yaxshilashda rezistiv plyonkalar qatlam osti rolini o‘ynaydi.
Plyonkali kondensatorning dielektriklari va yuqori qobug‘ining o‘tkazuvchi plyonkasi maskalar orqali changlatiladi. Buni ishonchli selektiv zaxarlovchilar yo‘qligidan tushuntirsa bo‘ladi, ular bo‘lganida pastga joylashgan o‘tkazuvchilarni buzmasdan faqat dielektrik plenkalarga ta’sir ko‘rsatilar edi. Osma komponentlarni yig‘ish ularni turli yelimlar, saqichlar, komponentlar yordamida plataga mahkamlashdan iborat va keyinchalik plataning kontaktli maydonchalari bilan ular uchlarini ulanishini yaratishdir. Komponetlarni mahkamlash uchun ТКL1, VK-9 va b. yelimlar ishlatiladi. Elektr ulanishlar va komponentlar egiluvchan uchlarini mustahkam mahkamlash elektr kontaktli payvandlash yoo‘li bilan bajariladi.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling