Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Rezistorlarning chastota xossalari


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Rezistorlarning chastota xossalari. Rezistorlar chastotalar
diapazonida ishlaganida ularning qarshiligi o‘zgarmas tok holidagi
nominalga nisbatan o‘zgarishi mumkin. Bu o‘zgarishlar, ayniqsa,
megagers chastotalar diapazoni uchun detsibellarni tashkil etishi
mumkin.
Umumiy holda rezistorning yuqori chastotalar uchun sodda-
lashtirilgan ekvivalent sxemasi o‘zining R aktiv qarshiligidan
tashqari reaktiv tashkil etuvchilar —

PAR
L


PAR
L
induktivliklar
va C
PAR
sig‘imni o‘z ichiga oladi (6.6-rasm). Rezistorning chastota
xossalarini yomonlashtirgani sababli 

PAR
L


PAR
L
va C
PAR
larni
6.6-rasm. Yuqori chastotalarga mo‘ljallangan rezistorlarning
ekvivalent sxemasi.
L
par
R
C
par
L
par


118
parazit kattaliklar deyiladi. Turli rezistorlarda parazit induktivlik va
sig‘im turlicha yuzaga keladi, shuning uchun ularni kamaytirish
choralari ham turlicha bo‘ladi. Bular haqida rezistor turlarini
bayon etayotganda to‘xtalib o‘tamiz.
Sim rezistorlarda parazit induktivlik o‘tkazgich chulg‘amida
o‘ramlar orasida paydo bo‘ladi. Simli rezistorlarning yuqori
chastotaviylik xususiyati simsiz rezistorlarnikiga nisbatan yomon
bo‘lganligidan maxsus choralar ko‘rmasdan ulardan foydalanish
o‘zgarmas tok sohasi va tovush chastotalari diapazoniga qarab
chegaralangan bo‘ladi.
Ma’lumki, chastota ortishi bilan umumiy qarshilikning induk-
tiv tashkil etuvchisi ortadi, sig‘im tashkil etuvchisi esa kamayadi.
Shuning uchun sim rezistor qarshiligi, umuman olganda,
induktivlik u yoki bu tarafga o‘zgarishi mumkin. Biroq chastota
ortishi bilan sim rezistor qarshiligi ham doim ortadi. Bu holat
sirtqi effekt asosida tushuntiriladi.
O‘zgaruvchan maydon chastotasining ortishi bilan o‘tkaz-
gich ichida tok (Fuko toklari) induksiyalanadi. U o‘tayotgan
o‘zgaruvchan tokni o‘tkazuvchining amaldagi kesimi uning
o‘zgarmas tok uchun kesimi (to‘la kesim)ga nisbatan kamayadi va
doiraviy kesimli o‘tkazgichlarda halqa shaklini oladi. Bu halqa
simning tashqi diametri d va dx
E
 — diametr orasidagi farq asosida
hosil bo‘ladi (6.7-rasm).
)
/(
2
1




f
э
kattalik yuqori chastotali tokning o‘tkaz-
gichga kirish chuqurligi (mm) deyiladi (bu yerda,  — solish-
tirma hajmiy qarshilik (Om m/mm
2
); f — o‘zgaruvchan tok chas-
totasi (MHz);  — nisbiy magnit o‘tkazuvchanlik). Chastota
qanchalik yuqori bo‘lsa, x
e
va halqa yuzasi shunchalik kichik, simli
rezistor qarshiligi esa, shunchalik katta bo‘ladi.


119
Simsiz rezistorlarda sirtqi effekt ta’sirini e’tiborga olmasa ham
bo‘ladi, chunki ular donador tuzilishga ega va donalar diametri,
odatda, kirish chuqurligidan ancha kichik bo‘ladi. Ular uchun
qarshilikning chastotaga bog‘liqligi, asosan, parazit sig‘im va
induktivlik bilan belgilanadi. Spiralsimon kesimsiz (kichik Omli)
simsiz rezistorlarda qarshilik chastota bilan birga kattalashadi,
chunki ularning ekvivalent sxemalarida parazit sig‘im yo‘q, para-
zit induktivlik esa bor. Spiralsimon kesimli simsiz rezistorlarda esa,
aksincha, parazit induktivlik ta’sirini e’tiborga olmasa ham bo‘ladi.
Qarshilikning kamayishiga kesim o‘yiqlarida tarqalayotgan sig‘im
ko‘rinishida paydo bo‘luvchi parazit sig‘imning shuntlovchi ta’siri
sabab bo‘ladi (6.8- rasm). Sig‘im tok o‘tkazuvchi qatlam qanchalik
qalin, qatlamning dielektrik o‘tkazuvchanligi qanchalik yuqori va
kesim o‘ramlarining soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, parazit sig‘im
shunchalik katta va rezistorning chastota xossalari shunchalik
yomon bo‘ladi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling