Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Tolali rezistorlar. Tolali rezistorlar temperaturaga nisbatan
yuqori barqarorlikka va termochidamlilikka ega. Bu rezistorlarning
asosiy kamchiligi — qarshiliklari diapazonining cheklanganligi
(bir necha yuz kOm largacha) va bahosi nisbatan yuqoriligidir.
C5-35, C5-36, C5-37V rezistorlari yuqori sochilish quvva-
tiga (100 W gacha), katta massaga (300 g gacha) va o‘lchamlarga
ega bo‘lib, kuch qurilmalari (masalan, to‘g‘rilagichlar) da
ishlatiladi.
C5-31 (mikrotolali, mikrokichik) rezistorlari mikroelek-
tron apparaturada, masalan, radio qabul traktlarida, hisoblash
qurilmalarida qo‘llaniladi va bevosita gibrid IS lar asoslariga
o‘rnatiladi.
O‘zgaruvchan rezistorlar. Radioeshittirish va televizion ap-
paratlarda ovoz balandligini, tembrni, ravshanlikni, kontrastlik-
ni, qatorlar va kadrlar chastotasini, televizion tasvir o‘lcham-
larini rostlagich sifatida va boshqa maqsadlarda umumiy ishlarga
mo‘ljallangan o‘zgaruvchan rezistorlardan foydalaniladi. Bundan
tashqari, bu rezistorlar ishlab chiqarish, tibbiyot va boshqa
maxsus apparatlarda o‘tayotgan tok yoki olinadigan kuchlanishga
bog‘liq bo‘lgan parametrlarni rostlagich bo‘lib xizmat qiladi.
Barcha hollarda ular apparatlarni ishlatishda zarur bo‘lgan


125
rostlagich elementlar rolini bajarganligi sababli ulardan foyda-
lanishda qulay bo‘lishlik, qarshilikning induktivlik yoki bu qonun
(chiziqli, logarifmik, eksponensial) bo‘yicha bir tekis o‘zgarishi,
ishonchli bo‘lishi va tuzatish ishlarida tezda almashtiradigan
bo‘lishi talab etiladi. Umumiy ishlarga mo‘ljallangan rostlovchi
o‘zgaruvchan rezistorlardan tashqari ko‘plab ishlab chiqarilgan
radioapparatlarni sozlash va rostlash uchun moslanuvchi kichik
o‘lchamli rezistorlar qo‘llaniladi. Bu rezistorlar, odatda, radioapparat
korpusining ichiga o‘rnatiladi va induktivlik sozlanib va rostlangandan
so‘ng rezistorlar o‘qlarining holati nitroemal yordamida belgilab
(cheklab) qo‘yiladi. Shu yo‘l bilan mexanik va va boshqa ta’sirlar ostida
qarshilik o‘zgarishining oldi olinadi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling