Elementorganik birikmalar


Download 491.8 Kb.
bet2/5
Sana09.03.2023
Hajmi491.8 Kb.
#1255084
1   2   3   4   5
Bog'liq
Elementorganik birikmalar

Element Elektromanfiylik

Aksincha, uglerod elektrmanfiyligi kam bo’lgan element bilan bog’lansa, masalan metall, u holda elektron zichligi uglerod tomonga siljigan bo’ladi.

Elektrostatik potensialdan foydalanib, metilftorid (CH3F) va metillitiy(CH3Li) o’rtasidagi elektron zichlikni farqini ko’rish mumkin. Manfiy zaryadlangan uglerod bo’lgan anion karbanion deb ataladi.
Yuqorida keltirilgandek, metallorganik birikmalarda kovalent bog’lanish karbanion hususuyatga ega. Metall ko’proq elektromusbat bo’lgani uchun, uglerod-metall bog’lanish yaqqol ion bog’lanishga ega.
Natriyorganik va kaliyorganik birikmalarda uglerod-metall bog’lanish ionli, litiyorganik va magniyorganik birikmalarda esa kovalentga yaqin, ammo yaqqol qutbliligi uglerod-metall bog’lanishlar karbanion hususuyatga ega ekanligini tasdiqlaydi. Karbanion hususuyatga ega ekanligi uchun ushbu birikmalarni sintetik reagentlar sifatida qo’llaniladi.

Metilftorid Metillitiy
2. Metallorganik birikmalarning olinishi

Litiyorganik va boshqa 1 guruh metallorganik birikmalari galogenalkilga tegishli metalni ta’sir ettirib olinadi.
RX + 2 M RM + M+X- galoid guruh guruh galoid metall alkil metali metalorganik birikmasi dietilefir
(CH3)3CCl + 2 Li (CH3)3CLi + LiCl
Uchlamchi litiy uchlamchi litiy butilxlorid butillitiy (75%) xlorid
Galoidalkillar birlamchi, ikkilamchi yoki uchlamchi bo’lishi mumkin. Alkilyodidlar, bromid va xloridlarga nisbatan faol reaksiyaga kirishadi. Ftoridlar esa ularga nisbatan faol emas.
Turli hil ajralish va nukleofil almashinish reaksiyalarida, litiy organik birikmalar hosil bo’lishi uchun galogen sp3- gibridlangan uglerodga birikkan bo’lishi shart emas. Galogen sp2- gibridlangan uglerod atomiga bog’langan vinilgalogen va arilgalogenga o’xshash birikmalarda ham reaksiya alkilgaloidlarga o’xshash usul bo’yicha ketadi, ammo sekinroq kechadi.

Ayrim hollarda litiyorganik birikmalar olinishida pentan va geksan kabi uglevodorodli erituvchilar, ammo asosan etil efiri ishlatiladi. Bunda erituvchi albatta suvsiz bo’lishi kerak. Oz miqdorda suv yoki spirt bo’lsa litiy ular bilan reaksiyaga kirishib, erimaydigan litiy gidroksid yoki litiy alkoksidni hosil qilib, metall yuzasini qoplaydi va galoid alkil bilan reaksiyaga kirishishiga to’sqinlik qiladi. Undan tashqari, litiyorganik birikmalar kuchli asos bo’lib kuchsiz proton manbai bo’lgan uglevodorodlar bilan tez reaksiyaga kirishadi.
Muammo: Keltirilgan har bir bromidga mos keladigan olinish reaksiya tenglamasini yozing
(a) Litiyizopropenil (b) ikkilamchi- Butillitiy
Echim namunasi: (a) Organik galoidlardan litiyorganik birikmalar olinishida litiy galoidni o’rnini egallab, uglerod bilan bog’lanadi. Shuning uchun izopropenilbromiddan izopropenillitiy hosil bo’lishi kerak.

Izopropenil bromid Litiy Litiyizopropenil Litiybromid
Galoidalkillar bilan reaksiyalar metall yuzasida ketadi. Birinchi bosqichda elektron metaldan galoid alkil tomoniga siljiydi.

Alkilgalogen Litiy Anion radikali Litiy kationi
Bitta elektron qabul qilgan galoid alkil endi manfiy zaryadlanadi va toq elektron soniga ega bo’ladi. U anion radikali bo’ladi. Qo’shimcha elektron antibog’langan orbitalni egallaydi. Ushbu anion radikalining fragmentidan alkil radikal va galoid anioni hosil bo’ladi.
Anion radikali Alkil radikali Galogen anioni
Keyingi fragmentatsiyalarda alkil radikali litiy atomini oson biriktirib, metalorganik birikmani hosil qiladi.

Download 491.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling